So’nggi yangiliklar

10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  1 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  3 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  1 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  8 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  13 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  8

Oliy liga-2017 yakunlari. Darvozabonlar statistikasi Yangiliklar

Oliy liga-2017 yakunlari. Darvozabonlar statistikasi

Yakuniga etgan mavsum haqidagi malumotlarni berishda davom etamiz. Bu safar jamoalarning darvozabonlari haqida so'z yuritamiz. Zero darvozabon - yarim jamoa hisoblanadi.

2017 yilgi mavsumda oliy ligada jami 39 nafar darvozabon maydonga tushdi.

"Paxtakor", "Olmaliq", "Buxoro", "So'g'diyona" va "Obod" safida eng ko'p to'rt nafardan posbon maydonga tushdi. "Qizilqum", "Qo'qon-1912" va "Metallurg" jamoalarida uch nafardan darvozabonlar o'yinlarda ishtirok etishdi. Faqat "Mashal" mavsumning boshidan to oxirigacha bir posbonga ishonch bildirdi.

Muborakliklar darvozaboni Javohir Ilyosov jamoa o'tkazgan barcha 29ta o'yinda ("Obod" bilan o'yinda texnik g'alaba yozildi) maydonga tushib to'liq o'ynadi.

Undan keyingi o'rinlarni "Paxtakor"dan Aleksandr Lobanov (27ta o'yin), "Navbahor"dan Asilbek Omonov (26) va "Lokomotiv"dan Ignaiy Nesterov (25) band etishdi.  


To'rt nafar posbon mavsum davomida bir marta maydonga tushishdi. Bular SHoxrux Raimov "Paxtakor", Temur To'ychiev "Metallurg", Xojiakbar Jo'raev "Paxtakor" va Botirali Ergashev "Paxtakor".  

Maydonga tushgan eng yosh darvozabon 2000 yilda tug'ilgan Xojiakbar Jo'raev bo'ldi. 1982 yilda tavallud topgan Mamur Ikromov yakuniga etgan mavsumning eng faxriy darvozaboniga aylandi.


SHoxrux Eshbo'taev, Erkin Jabborov, Muzaffar Abdullaev, Suhrobjon Sultonov, SHirinboy Abdullaev, Sarvar Karimov, Dilshod Hamroev va Eldorbek Suyunov 2017 yilgi mavsumni ikki klub safida o'tkazgan darvozabonlar bo'lishdi.  

Eng ko'p quruq o'yinni Sanjar Quvvatov o'tkazdi. "Ajdarlar" posboni 20ta o'yinning 13tasida o'z darvozasidan gol o'tkazmadi. "Lokomotiv" posboni Ignatiy Nesterov va "Mashal" darvozaboni Javohir ilyosov 12tadan o'yinda o'z darvozasiga "qulf solib qo'yishdi".


Aleksandr Lobanov 11, Xurshid Xodjaev 9 marta quruq o'yin o'tkazishdi.

7 nafar posbon bu mavsum umuman quruq o'yin qayd etishmadi. Ular Roman Abdulov (7 marta maydonga tushgan), Azamat Ahmeov (3), Sarvar Karimov (3), Timur G'aniev (2), Muhiddin Xudoyorov (2), Temur To'ychiev (1) va Botirali Ergashev (1).

2017 yil oliy ligada eng ko'p golni "Navbahor" darvozaboni Asilbek Omonov o'tkazib yubordi. U 26ta uchrashuvda jami 32 marta o'z darvozasidan to'p olib chiqishga majbur bo'ldi. "Mashal" posboni Javohir Ilyosov 29ta o'yinda
31ta gol o'tkazdi. SHoxrux Eshbo'taevni raqiblar 19 uchrashuvda 31 bor ranjitishdi. Bittadan o'yin o'tkazgan ikki posbon Xojiakbar Jo'raev va SHoxrux Raimov bu mavsum umuman gol o'tkazishmadi.  


O'rtacha gol o'tkazish borasida Temur G'aniev "peshqadam" bo'ldi. Tajribali posbon 2ta uchrashuvda maydonga tushib 9ta gol o'tkazdi (o'rtacha bitta o'yinda 4,5tadan gol to'g'ri keldi). Azamat Ahmedov (o'rtacha 4) va Srvar Karimov (2,67) keyingi o'rinlarni band etishdi.

Xurshid Xodjaev o'rtacha har bir o'yinda 0,18ta gol o'tkazib boshqalarga o'rnak bo'ldi. Sanjar Quvvatovda bu ko'rsatkich 0,35ga, Ignatiy Nesterovda 0,6 va Murodjon Zuhurovda 0,95ga teng bo'ldi.

Daqiqalar bo'yicha olsak ham Xurshid Xodjaev boshqalardan yaqqol ustunlik qildi. U o'rtacha har 495 daqiqada gol o'tkazdi. Sanjar Quvvatov har 257, Ignatiy Nesterov har 150, Murodjon Zuhurov esa har 94 daqiqada o'z darvozasidan to'p olib chiqdi.


Temur G'aniev har 17 daqiqada o'z darvozasidan gol o'tkazgan. Azamat Ahmedovda bu ko'rsatkich 22 daqiqa, Sarvar Karimovda 34 daqiqaga teng bo'ldi.

"Navbahr" posboni Asilbek Omonov qo'riqlagan darvozaga eng ko'p 9 marta penalti belgilandi. U mana shu 9ta zarbadan faqat bittasini qaytara oldi xolos. "Mashal" azosi Javohir Ilyosov darvozasi tomon 6ta penalti belgilashdi. Ularning faqat uchtsi golga aylantirildi.  


Penalti qaytarish borasida ikki posbon boshqalarga o'rnak bo'lishdi. Ilyosov bu mavsum eng ko'p 3ta penalti qaytargan darvozabon bo'ldi. "Nasaf" azosi Sanjar Quvvatov esa 3ta penaltidan 2tasini qaytardi.

2017 yilgi mavsumda ro'yxatdan o'tgan lekin umuman maydonga tushmagan mashhur darvozabonlar: Botir Nosirov ("Mashal"), Nikita SHkvirin ("Qizilqum"), Ruslan Matniyazov ("Neftchi"), Nodirjon Ashurmatov ("Navbahor") va Rustam Toshturdiev ("Dinamo").


Darvozabon

Klub

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Ilyosov Javohir

"Mashal"

29

2610

12

31

1,07

84

6

3

3

Lobanov Aleksandr

"Paxtakor"

27

2430

11

27

1

90

2

0

0

Omonov Asilbek

"Navbahor"

26

2340

8

32

1,23

73

9

1

1

Nesterov Ignatiy

"Lokomotiv"

25

2250

12

15

0,6

150

3

1

1

Zuhurov Murod

"Bunyodkor"

22

1980

8

21

0,95

94

3

1

1

Quvvatov Sanjar

"Nasaf"

20

1800

13

7

0,35

257

3

2

1

Naumov Mixail

"Dinamo"

20

1800

7

25

1,25

72

2

0

0

Safrev Zafar

"Metallurg"

19

1710

5

27

1,42

63

2

1

1

Eshbo'taev SHoxrux

"So'g'diyona" /"Obod"

19

1647

3

31

1,63

53

2

0

0

Tursunboev Akmal

"Buxoro"

19

1644

6

21

1,11

78

4

1

0

Jabborov Erkin

"Buxoro" /"Qizilqum"

18

1620

3

30

1,67

54

1

1

1

Sultonov Suhrobjon

"Metallurg" /"Bunyodkor"

17

1530

5

18

1,06

85

1

0

0

Abdullaev Muzaffar

"Qo'qon-1912" /"So'g'diyona"

17

1516

4

24

1,41

63

3

0

0

Tojiboev Eldor

"SHo'rtan"

17

1506

5

24

1,41

63

3

0

0

Ashurov Aziz

"Qo'qon-1912"

17

1485

5

24

1,41

62

0

0

0

Abdujalilov Abdumavlon

"Neftchi"

16

1405

5

21

1,31

67

0

0

0

Abdullaev SHirinboy

"Obod" /"So'g'diyona"

15

1274

2

23

1,53

55

2

0

0

Makosin Artem

"Qizilqum"

14

1260

4

17

1,21

74

4

1

0

Yusupov O'tkir

"Neftchi"

14

1205

1

27

1,93

45

2

0

0

Turobov Alibek

"SHo'rtan"

13

1103

1

28

2,15

39

4

1

1

Xodjaev Xurshid

"Olmaliq"

11

990

9

2

0,18

495

1

0

0

Suyunov Eldorbek

"Nasaf" /"Paxtakor"

10

900

3

11

1,1

82

2

1

1

Ribkin Nikita

"Qo'qon-1912"

10

855

1

19

1,9

45

3

1

1

Jo'raev Timur

"Dinamo"

9

810

3

10

1,11

81

1

1

1

Abdulov Roman

"Olmaliq"

7

630

0

10

1,43

63

0

0

0

To'raev Akbar

"Olmaliq"

7

630

1

12

1,71

52

3

0

0

Ziyovuddinov Nizomiddin

"Olmaliq"

5

450

1

8

1,6

56

0

0

0

Ikromov Mamur

"Lokomotiv"

5

450

2

5

1

90

1

1

1

Xonimqulov Umid

"Qizilqum"

5

450

1

6

1,2

75

1

1

1

Hamroev Dilshod

"Bunyodkor" /"Navbahor"

4

360

1

5

1,25

72

0

0

0

Ahmedov Azamat

"Obod"

3

270

0

12

4

22

2

0

0

Karimov Sarvar

"So'g'diyona" /"Lokomotiv"

3

270

0

8

2,67

34

1

0

0

Xudoyorov Muhiddin

"Buxoro"

2

180

0

3

1,5

60

0

0

0

Nasimov SHoxjahon

"Buxoro

2

156

1

3

1,5

52

0

0

0

G'aniev Timur

"Obod"

2

153

0

9

4,5

17

0

0

0

Raimov SHoxrux

"Paxtakor

1

90

1

0

0

0

0

0

0

To'ychiev Temur

"Metallurg"

1

90

0

2

2

45

0

0

0

Ergashev Botirali

"Paxtakor"

1

90

0

1

1

90

0

0

0

Jo'raev Xojiakbar

"Paxtakor"

1

1

1

0

0

0

0

0

0


Izoh: 1 - o'yinlar soni, 2 - daqiqa, 3 - "quruq o'yin"lar soni, 4 - o'tkazilgan gol, 5 - o'rtacha o'tkazilgan gol, 6 - o'rtacha nechi daqiqada gol o'tkazgan, 7 - penalti belgilangan, 8 - qaytarilgan penalti, 9 - qaytarilmagan penalti.  


Narzulla Saydullaev

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика