So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Oliy liga-2017. Legionerlar birinchi davrani qanday o'tkazishdi? Yangiliklar

Oliy liga-2017. Legionerlar birinchi davrani qanday o'tkazishdi?

Oliy ligada birinchi davra o'yinlari deyarli yakuniga etdi. Biz dastlabki davrada klublarimiz safida o'ynagan legionerlarning qanday harakat qilishganiga etibor qaratdik.



"Lokomotiv"
Kaxi Maxaradze (Gruziya) – 14ta o'yin 1ta gol
Muhammad Kone (Kot'D-Ivuar) – 10ta o'yin
Gnoxere Krizo (Kot'D-Ivuar) – 2ta o'yin

Bir necha yillardan buyon O'zbekistonda o'ynab kelayotgan gruziyalik Kaxi Maxaradzening mahoratiga hech kimga shubha bo'lmasa kerak. Tayanch yarim himoyachisi bo'lgan Kaxi “Lokomotiv” safida universal futbolchiga aylanib bo'ldi. U vaziyat taqozo etgan paytda markaziy himoyachi vazifasini ham bajara oladi. Ko'plab o'yinlarda aynan shu nuqtada harakat qilganiga guvohi bo'ldik. Maxaradze birinchi davrada o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi va himoya chizig'idagi muammolarni hal qilishda murabbiylarga yordam berdi.

Mavsum oldidan “temiryo'lchilar” o'z saflariga ikki nafar afrikalik futbolchini qo'shib olishdi. Himoyachi Muhammad Kone har holda jamoa asosiy tarkibida maydonga tushib turdi, ammo hujumchi Gnoxere Krizo haqida bunday deya olmaymiz. Krizoning transferi klub uchun xato qaror bo'ldi desak hech kim xafa bo'lmasa kerak. Har holda jamoa bosh murabbiyi Andrey Miklyaev bir necha bor matbuot anjumanlarida nima uchun Krizo maydonga tushmayapti degan savollarga hujumchi o'z ustida kam ishlayotganini va raqobatda yutqazib qo'yganini takidladi. Birinchi davra tugamasdanoq Krizo jamoani tark etganini qo'shimcha qilish lozim. Katta ehtimol bilan Kone ham yozda klubdan ketishi mumkin.



"Bunyodkor"
Dushan Michich (Serbiya) – 5ta o'yin
Vadim CHemirtan (Moldaviya) – 7ta o'yin 2ta gol

“Bunyodkor” bu mavsum oldidan o'z tarkibiga ikki nafar legionerni ro'yxatdan o'tkazdi. Serbiyalik Dushan Michich oliy ligamizga birinchi marta tashrif buyurdi va o'zidan yaxshi taassurot qoldira olmadi. Aslida tayanch yarim himoyachisi bo'lgan Michichni Sergey Lushan majburan himoya markazida o'ynatdi. Bosh murabbiy “Dinamo” bilan o'yindan so'ng “Michich bilan jiddiy gaplashib olamiz. U qishki yig'inlarda namoyish etgan o'yinlarini umuman ko'rsatmayapti. Unda jarohat bo'lgan ekan, ammo buni bilmasdik. SHu sababli bo'lsa kerak o'z o'yinini ko'rsata olmayapti” degandi.

O'tgan mavsum “Buxoro”ga kelib ketma-ket gollar urishga erishgan moldaviyalik hujumchi Vadim CHemirtan qishda “Bunyodkor”ga ko'chib o'tdi. Biroq bu o'tish ham futbolchi, ham klub uchun foydali bo'lgani yo'q. CHemirtan Lushchan qaroriga ko'ra asosan zaxiradan maydonga tushdi, asosiy tarkibda tushganida esa deyarli gol ura olmadi. Bundan tashqari OCHL doirasidagi “Al Ahli” bilan o'yinda qizil kartochka olib diskvalifikaciya qilingandi. Mirjalol Qosimov jamoaga kelganida esa hujumchi qo'lini sindirib oldi va maydonga tushmaslikda davom etdi.


"Nasaf"
Igor Golban (Rossiya) – 13ta o'yin
Dragan CHeran (Serbiya) – 13ta o'yin 8ta gol

“Nasaf”ning legionerlari esa birinchi davrada ishonchni oqlashdi. O'tgan yildan buyon “ajdarlar” safida o'ynab kelayotgan rossiyalik himoyachi Igor Golban markazda ancha foydali o'yin namoyish etib berdi. Serbiyalik hujumchi Dragan CHeran esa jamoaning asosiy to'purariga aylanib oldi. U o'tgan mavsum ikkinchi davrada klubga kelib ko'plab gol urishga erishdi. Bu mavsumda esa birinchi davrada 8ta gol urib to'purarlar orasida bormoqda. CHeran birinchi davrada eng ko'p gol urgan legionerga aylandi.



"Buxoro"
Vladimir Baenko (Ukraina) – 14ta o'yin 1ta gol
Kirill Pasichnik (Qozog'iston) – 12ta o'yin 1ta gol
Ivor Veycer (Xorvatiya) – 9ta o'yin 3ta gol
 
“Buxoro” mavsumni uch nafar legioner bilan boshladi. Ukrainalik markaziy himoyachi Vladimir Baenko xattoki jamoa sardoriga aylanib oldi. U bir necha o'yinlarda raqib hujumlarini qaytarishda faol bo'ldi. Yana bir himoyachi Kirill Pasichnik esa bir necha bahslarda maydonga tushdi. Biroq birinchi davra tugamasdan sog'ligidagi muammolar tufayli jamoani tark etdi. Xorvatiyalik yarim himoyachi Ivor Veycer anchagina mahoratli futbolchi ekanligini ko'rsatdi. U raqiblar darvozasini bir necha bor ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. Uning zarbasi oldida uncha muncha posbonlar ojiz qolishdi. Biroq birinchi davra o'rtasida u jiddiy jarohat olib bir qator bahslarni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. 



"Paxtakor"
Adnan Oraxovac (CHernogoriya) – 12ta o'yin 2ta gol
Yurica Bulyat (Xorvatiya) – 9ta o'yin

Adnan Oraxovac bir necha mavsumdan buyon “Paxtakor”da o'ynab kelayotgani barchaga malum. O'rtacha darajagi himoyachi bo'lgan Adnan uchun bu mavsum boshi klubi singari bir tekis boshlangani yo'q. Bir nechta o'yinlarda xatolar kuzatildi, qaysidir bahslarda esa gol urishga erishdi. O'tgan yil "Bunyodkor"da o'ynagan Yurica Bulyat 2017 yilgi mavsumni "Paxtakor"da boshladi. Biroq ochig'ini aytish kerak Bulyat "sherlar" safida deyarli o'zini ko'rsata olmadi. Sanoqli o'yinlarda maydonga tushgan xorvatiyalik futbolchi birinchi davra oxirida Jasur Abduraimov tomonidan xatto qaydnomaga ham kiritilmayapti.



"Qizilqum"
Artur Gevorkyan (Turkmaniston) – 15ta o'yin 3ta gol
Andrey Derkach (Ukraina) – 1ta o'yin

O'zbekistondan bir necha yillardan buyon muntazam va bir tekisda o'ynab kelgan Artur Gevorkyan bu yilgi mavsumni Navoiyning "Qizilqum" klubida boshladi. Turkmanistonlik legioner birinchi davrada jamoaning asosiy futbolchisi bo'ldi deb ayta olmaymiz, lekin maydonga tushgan o'yinlarida faol bo'lishga intildi.

Ukrainalik Andrey Derkach esa asosan zaxiradan maydonga tushirilmoqda. Derkach "Qizilqum"ga deyarli foyda keltirmayapti desak to'g'ri bo'ladi.



"Mashal"
Umidjon SHaripov (Tojikiston) – 6ta o'yin
Igor Timanyuk (Belorussiya) – 5ta o'yin
Vladislav Pavlenko (Ukraina) – 5ta o'yin

"Mashal"ning bu yilgi legionerlari haqida iliq fikr bildirish qiyin. Sababi belorussiyalik Igor Timanyuk, tojikistonlik Umidjon SHaripov va ukrainalik Vladislav Pavlenkoning hech biri "gazchilar"ning asosiy futbolchisi hisoblanmaydi. Aleksandr Xomyakov bu o'yinchilarni maydonga tushirsa ham asosan zaxiradan bu ishni amalga oshirmoqda. Bir og'iz so'z bilan legionerlar mahalliy futbolchilardan bir bosh baland emas.


"SHo'rtan"
Aleksandr Pishur (Ukraina) – 3ta o'yin
Akmal Xolmatov (Tojikiston) – 4ta o'yin

G'uzorning "SHo'rtan" klubi ushbu mavsum legioner tanlashda juda ham qattiq adashdi. Sababi bir necha yil oldin "Bunyodkor"da yorqin o'yin ko'rsatib gollar urgan ukrainalik Aleksandr Pishur bu yilni "SHo'rtan" safida boshladi. Biroq Volkov dastlabki turlardan so'ng istefoga chiqqach Pishur deyarli maydonga tushgani yo'q. Uning jismoniy tayyorgarligi yangi murabbiylar shtabiga maqul kelmadi. Natijada birinchi davra o'rtalarida ukrainalik futbolchi jamoani tark etib bo'ldi. Bundan tashqari bir necha yillardan buyon yurtimizda o'ynab kelayotgan Akmal Xolmatov bu mavsumni “SHo'rtan”da boshladi. Biroq tajribali futbolchi Pishur singari deyarli o'yinlarda maydonga tushmadi. Davra oxiriga kelib klub ikkala legioner bilan shartnomani bekor qilganini elon qildi.



"Neftchi"
Dmitriy Komarovskiy (Belorussiya) – 12ta o'yin 2ta gol
Sergey Koncevoy (Belorussiya) – 8ta o'yin
Terentiy Lucevich (Belorussiya) – 5ta o'yin

Andrey Fyodorovning taklifiga ko'ra Farg'onaning "Neftchi" klubiga bu yil boshida Belorussiyadan bir yo'la uch nafar legioner tashrif buyurdi. Ulardan faqat Dmitriy Komarovskiy nisbatan o'zini ko'rsatishga harakat qildi. Mavsum boshida bir nechta muhim gollarga urishga muvaffaq bo'lgan Komarovskiy birinchi davra oxiriga kelib Koncevoy va Lucevich kabi soyada qola boshladi. Natijada klub yangi bosh murabbiyi Vadim Abramov ular haqida dastlabki matbuot anjumanidayoq iliq fikr bildirgani yo'q: "Legionerlarni mashg'ulotlarda ko'rishim bilan bir qarorga keldim. Ularning saviyasi bizning chempionatda legioner maqomida o'ynash uchun etarli emas. SHu sabab bugun ularni maydonga tushirmadim". Davra oxirida esa Abramov legionerlar bilan xayrlashilganini malum qildi.



"Qo'qon-1912"
Filipp Rayevac (Serbiya) – 15ta o'yin 6ta gol
Darko Gojkovich (Serbiya) – 8ta o'yin 1ta gol

Darko Gojkovich o'tgan yildan buyon oliy liga muxlislariga yaxshi tanish. Markaziy himoyachi bu mavsumni ham qo'qonliklar safida boshladi. To'g'ri u o'tgan yildagi kabi ko'p ham maydonga tushmayapti. Biroq o'ziga imkon berilganida to'laqonli ravishda foydalanib qolishga urinmoqda. Filipp Rayevac esa No'mon Hasanovning haqiqiy topilmasi bo'ldi desak bo'ladi. Sababi mavsum avvalida Rayevac gol sezish qobiliyati qanchalik yuqori ekanligini ketma-ket o'yinlardagi gollari bilan ko'rsatishga erishdi. Uning muhim gollari "Qo'qon-1912"ning g'alabalariga zamin yaratib berdi. Natijada Hasanov shogirdlari birinchi davra oxiriga kelib peshqadamlar orasida borishmoqda.



"Olmaliq"
Igor Yelich (Serbiya) – 14ta o'yin 2ta gol
Vladislav Kosminin (Belorussiya) – 13ta o'yin 2ta gol
SHota Grigalashvili (Gruziya) – 11ta o'yin
Farxat Musabekov (Qirg'iziston) – 8ta o'yin

"Olmaliq" birinchi davrada legionerlar limitidan to'liq foydalangan yagona klub bo'ldi. Markaziy himoyachi Vladislav Kosminin va yarim himoyachi Igor Yelich anchagina mahoratli futbolchi ekanligini ko'rsata olishdi. Ular bir necha gol urib va golli pas oshirib "Olmaliq"ning g'alabalariga katta xissa qo'sha olishdi. Grigalashvili va Musabekov haqida bunday deya olmaymiz. Gruziyalik va qirg'izistonlik futbolchilar asosiy vaqtni zaxirada o'tkazishdi.

Yil boshida tanishtiruv marosimi vaqtida Kumikov legionerlar haqida shunday fikr bildirgandi: "Belorussiyalik Vladislav Kosminin markaziy himoyada o'ynaydi. U bo'ydor, havodagi kurashlarni yutadi, bundan tashqari maydonni yaxshi ko'ra oladi. Igor Yelich esa tayanch yarim himoyada o'ynaydi. Barchaga malumki markaziy himoya va tayanch yarim himoyachilar tanqis. Gruziyalik SHota Grigalashvili hujumchi ortida, qanotda va tayanch yarim himoyachi rolini bajara oladi. Bizga shunday universal futbolchi kerak edi. Muammoli joylarni legionerlar orqali to'ldirishga harakat qildik".



"Navbahor"
Nemanya Yovanovich (Serbiya) – 15ta o'yin 5ta gol
Darko Stanoevich (Serbiya) – 13ta o'yin

Ilhom Mo'minjonov mavsum boshida "Navbahor"ga ikki nafar serbiyalik futbolchini olib keldi. Ikkalasi ham o'tgan yillarda boshqa klublar safida oliy ligada faoliyat olib borishgan. Darko Stanoevich markaziy himoyada ishonchli o'ynay oldi. Hujumchi Nemanya Yovanovich ham bir qator gollar urib "lochinlar"ning muxlislari yoqimtoyiga aylanib oldi. Bir so'z bilan ikkala futbolchi ham jamoaning muhim azolari hisoblanishadi.


"Dinamo"
Radu Rogak (Moldaviya) – 11ta o'yin 1ta gol

"Dinamo" mavsumni birgina legioner bilan boshladi. Moldaviyalik Radu Rogak Samarqand klubiga safida foyda keltirmoqda. Himoyachining Toshkentda "Paxtakor" darvozasiga urgan golini eslashning o'zi kifoya. O'sha gol "Dinamo"ga muhim g'alabani keltirgandi. Ammo Rogak bir nechta o'yinlarda asosiy tarkibda ko'rinish bergani yo'q.



Narzulla Saydullaev

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика