So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  236 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

Oliy liga-2016 yakunlari. Sariq va qizil kartochkalar haqida Yangiliklar

Oliy liga-2016 yakunlari. Sariq va qizil kartochkalar haqida

Bu yilgi oliy ligamizda bo'lib o'tgan 240 ta o'yin davomida hakamlar 48 marta futbolchilarni maydondan chetlatishgan.

Har bir o'yinga o'rtacha 0,2tadan qizil kartochka to'g'ri kelmoqda. Yani har beshinchi o'yinda bitta qizil kartochka ko'rsatilgan deganidir.

Oliy ligamizda jamoalar soni o'zgarib borgani va shu baroborida o'yinlar soni turlicha bo'lgani tufayli chetlatishlarning o'rtacha ko'rsatkichiga qarab baho berish to'g'ri deb o'ylaymiz. So'nggi 13 yillikni oladigan bo'lsak oliy ligamizda har bir o'yinga o'rtacha 0,2 tadan qizil kartochka to'g'ri keladi. Eng yuqori ko'rsatkichlar 2006 va 2010 yillarga to'g'ri keladi. SHu yillarda har bir o'yinga o'rtacha 0,24 tadan chetlatish to'g'ri kelgan. Ancha “sokin” o'tgan 2011 yilda esa eng kam qizil kartochka ko'rsatilgan, har bir o'yinga o'rtacha 0,14 tadan. O'tgan yilgi mavsumga qaraganda 2016 yilda qizil kartochkalar soni 5taga kamaydi. Bir mavsum oldin hakamlar futbolchilarni 1000 martadan ortiq ogohlantirishgan.



Ogohlantirishlar ham o'tgan yilga nisbatan kamaydi – 923ta (o'rtacha 3,85tadan sariq). So'nggi 13 yillikda o'rtacha eng kam sariq kartochka 2013 yilda ko'rsatilgan. 2010 yilda eng ko'p sariq kartochka ko'rsatilgan – har bir o'yinga o'rtacha 4,24 tadan.

So'nggi 13 mavsum davomidagi qizil va sariq kartochkalar

1               

2            

3           

4            

5            

6           

2004

182

40

0,22

654

3,59

2005

182

38

0,21

680

3,74

2006

240

58

0,24

894

3,72

2007

240

39

0,16

861

3,59

2008

240

43

0,18

852

3,55

2009

240

54

0,22

908

3,78

2010

182

43

0,24

772

4,24

2011

182

26

0,14

642

3,53

2012

182

42

0,23

693

3,81

2013

182

29

0,16

629

3,46

2014

182

34

0,19

673

3,7

2015

240

53

0,22

1005

4,19

2016

240

48

0,2

923

3,85


Izoh: 1 – yil, 2 – jami o'yinlar soni, 3 – qizil kartochkalar, 4 – o'rtacha qizil kartochkalar soni, 5 – sariq kartochkalar, 6 – o'rtacha sariq kartochkalar soni.

SHu yilning o'ziga to'xtaladigan bo'lsak “So'g'diyona” himoyachisi Akmal Xolmurodov 3 marta qizil kartochka yagona futbolchi bo'ldi. Tajribali futbolchi 2009 yildan buyon oliy ligada o'ynab kelmoqda. Oldingi 6 yil davomida Xolmurodov jami 4 marta maydondan chetlatilgan ekan. Bu yil esa o'zining 6 yillik natijasini deyarli takrorlab qo'ydi. Qizig'i himoyachi mavsumning birinchi o'yinidayoq “Metallurg” bilan bahsning birinchi bo'limida qizil kartochka bilan “siylangan” edi. Bir o'yinlik diskvalifikaciyani o'tagan Xolmurodov 3-turda “Navbahor” bilan o'yinda ham qizil oldi. Oltinchi turda “Andijon”dagi uchrashuvda futbolchi navbatdagi bor o'yini sheriklaridan ancha barvaqt tugatishga majbur bo'ldi. SHundan keyin murabbiylar himoyachi bilan yaxshilab gaplashib olishgan shekilli qolgan 24ta turda Akmal faqat ikki marta sariq kartochka oldi xolos.



Uch nafar futbolchi bu yil 2 martadan qizil kartochka olishdi. “Neftchi” himoyachisi Alisher Samatov vodiy derbisida “Andijon” bilan bahsning so'nggi daqiqasida maydondan chetlatilgandi. 10-turda “Paxtakor” bilan Toshkentdagi o'yinda Samatov mavsumda o'zining ikkinchi qizil kartochkasini oldi.

“SHerlar” yarim himoyachisi Javohir Sohibov ham bu yil ikki marta chetlatildi. Qizig'i futbolchi ikkala qizilni ham “Nasaf” bilan bahslarda oldi. Toshkentdagi o'yinning 81-daqiqasida Sohibov ikkinchi sarig'ini olib maydonni tark etgandi. Yarim himoyachi Qarshidagi uchrashuvda atiga 39 daqiqa harakat qilgan. Aynan shu daqiqada Zokir Qodirov unga ikkinchi bor sariq kartochka ko'rsatib maydondan chetlatgan edi.

Ikkinchi davrada oliy ligaga qaytgan SHavkat Mullajonov “Buxoro”dan safiga qo'shilgandi. Etiborlisi himoyachi o'zining birinchi uchrashuvidayoq, “Olmaliq” bilan bahsda Ravshan Ermatov tomonidan maydondan chetlatilgan edi. Namanganda “Navbahor”ga qarshi uchrashuv tanaffusida bosh hakam bir yo'la to'rt nafar futbolchiga qizil kartochka ko'rsatgandi. Ular orasida SHavkat Mullajonov ham bor edi.  

2016 yilda “Paxtakor” himoyachisi Kamoliddin Tojiev oliy ligada eng ko'p sariq kartochka olgan futbolchiga aylandi. Tajribali futbochli bu yil hakamlar tomonidan 11 marta ogohlantirildi. Bundan tashqari Tojiev bir marta qizil kartochka ham oldi. 10 marta sariq kartochka olgan Yurica Bulyat (“Bunyodkor”) bu borada ikkinchi bo'ldi. “Andijon” vakili Ibrohim Otaxonov va “Neftchi” himoyachisi SHukurali Po'latov 9 marta ogohlantirish olishdi.

Jamoalarni oladigan bo'lsak “Olmaliq” klubidan 6 nafar futbolchi mavsum davomida eng ko'p qizil kartochka oldi. Keyingi o'rinlarda 5 martadan qizil kartocha olgan “Paxtakor” va “Buxoro”. “Olmaliq” va “Buxoro” futbolchilari esa 4 martadan chetlatish ishlab olishgan. “Mashal”, “Bunyodkor” va “Nasaf” klubi futbolchilari faqat bir martadan qizil kartochka olishdi.

Sariq kartochkalar borasida “Nasaf” boshqalarga namuna bo'ldi (40ta). “Neftchi” futbolchilari esa 69 marta ogohlantirilishdi.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика