Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida
02 dek 2015 12:18
Yangiliklar


Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida
Navbat bu yil bronza medalini qo'lga kiritgan Qarshining "Nasaf" klubiga etib keldi.
Mavsum
Qarshining "Nasaf" klubi dastlabki davrada bir nechta tur davomida peshqadam bo'lib turdi. Olmaliqda "Olmaliq"qa, Qarshida "Metallurg"ga va Toshkentda "Paxtakor"yutqazib qo'yildi. Birinchi davrani to'rtinchi o'rinda tugatgan "ajdarlar" ikkinchi davra boshida 3-o'ringa chiqib olishdi va mavsum oxirigacha uni hech kimga berishmadi. "Nasaf" bu mavsum 5ta g'alabali va 7ta mag'lubiyatsiz seriyani qayd etdi.
Murabbiy
Ro'ziqul Berdiev uchinchi yil "Nasaf" bilan to'liq mavsumni o'tkazdi. Natija o'tgan yillardagidan farq qilgani yo'q, yana bronza medali. Lekin klub aynan mana shu yil o'z tarixida ilk bor O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi. Berdiev jamoaga yulduz futbolchilarni taklif qilmadi. Jamoa o'zagi deyarli o'zgargani yo'q. Bor imkoniyatdan unumli foydalanishga odatlangan Ro'ziqul Berdiev o'z shogirdlari bilan chempionatni uchinchi o'rinda yakunladi. Berdiev ikki marta PFL tomonidan oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Etakchi
Artur Gevorkyan. Barcha bu tanlovimizga qo'shilsa kerak. To'g'ri turkmanistonlik legioner futbolchi o'tgan yildagidek ko'p gol ura olmadi, lekin jamoani aynan u ortidan ergashtirishda davom etdi. Bir nechta o'yinni jarohat tufayli o'tkazib yuborgan Gevorkyan "Andijon" va "Navbahor" bilan o'yinlarda dubl rasmiylashtirdi. O'zbekiston kubogi finalida urgan goli esa qarshilik hech bir futbol muxlisining yodidan chiqmasa kerak.
Kashfiyotlar
O'tgan yil Odil Hamrobekov 7ta o'yinda maydonga tushib ko'pchilikning nazariga tushgandi. Bu yil Hamrobekov jamoaning asosiy futbolchisiga aylanib oldi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azosi bo'lgan futbolchi 19ta o'yinda ishtirok etdi. Yana bir kashfiyot sifatida 1998 yilda tug'ilgan Azizjon G'anievni aytishimiz mumkin. Ketma-ket ikkinchi yil oliy ligada maydonga tushgan eng yosh futbolchi nomini aynan Azizjon G'aniev qo'lga kiritmoqda. Barchaga malumki Ro'ziqul Berdiev yoshlarga ishonishi bilan nom qozongan. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azosi bo'lgan G'aniev bir nechta muhim o'yinlarda zaxiradan maydonga tushdi. "Dinamo" bilan bo'lgan bahsda esa to'liq harakat qildi. Aziz ham keyingi yil xuddi Odil singari yanada ko'proq o'yinda maydonga tushadi. Bunga hech kimda shubha bo'lmasa kerak.
Eng yaxshi o'yin
"Neftchi" - "Nasaf" 0:1
"Nasaf"ning eng yaxshi o'yini sifatida "Lokomotiv" bilan qarshida bo'lgan o'yinni ham tanlashimiz mumkin edi. Biroq "ajdarlar" bu mavsum Farg'onada "Neftchi"ni 17143 tomoshabin qarshisida mag'lub etishni uddalashdi. Mana shu o'yin 2015 yil eng ko'p tomoshabin kelgan o'yin sifatida tarixda qoldi. Mana shu bahsdan oldin "Neftchi" 20 ochko bilan peshqadam, "Nasaf" 19 ochko bilan ikkinchi o'rinda edi. O'yinning ahamiyati qanday bo'lganini anglash qiyin emas. Bahs taqdirini Artur Gevorkyan tomonidan 76-daqiqada urgan gol hal qilgan - 0:1.
Eng yaxshi futbolchi
Ilhom SHomurodov. Bu tanlovimizga ko'pchilik qo'shilmasligi mumkin. Lekin SHomurodov bu yil jamoa hujumida muntazam va stabil o'yin namoyish eta oldi. Mavsum boshida klubga taklif etilgan Oleksandr Koblash 3ta turdan keyin o'z yurtiga jo'nab ketdi. Kenja To'raev va Azamat Allaniyozov jarohatlar tufayli maydonga tusha olishmasdi. SHu vaziyatda Ilhom ham Osiyo chempionlar ligasi, ham O'zbekiston chempionati o'yinlarida ishtirok etdi. Hujumchi ikkala davrada 6tadan gol urib jami 12ta gol bilan "Nasaf" to'purariga aylandi. SHomurodov bu yil "ajdarlar" safida eng ko'p (29ta) o'yin o'tkazgan futbolchiga ham aylandi.
Kim qancha o'ynadi?
Futbolchi | Amp |
Tug'.sana | O'yin |
Daqiqa |
Gol |
SK |
QK |
SHomurodov Ilhom | Huj | 28.03.1984 |
29 | 2454 | 12 | 2 | 0 |
Abdurahimov Bahrom | Yahm | 11.12.1988 | 28 | 2089 | 2 | 8 | 2 |
Sayfiev Farrux | Yahm | 17.01.1991 | 27 | 2143 | 2 | 6 | 0 |
Gadoev SHoxrux | Huj | 31.12.1991 | 27 | 1834 | 5 | 7 | 1 |
Azamov SHerzod | Him | 14.01.1990 | 26 | 2325 | 1 | 4 | 0 |
Gevorkyan Artur | Yahm | 22.11.1984 | 26 | 2280 | 11 | 2 | 0 |
Karimov Maqsud | Him | 02.03.1985 | 26 | 2275 | 2 | 3 | 0 |
Boydullaev Erkin | Yahm | 04.10.1984 | 26 | 2273 | 0 | 6 | 0 |
Muhammadiev SHuhrat |
Him | 24.06.1989 | 23 | 1970 | 0 | 5 | 0 |
Suyunov Eldorbek | Dar | 12.04.1991 | 21 | 1889 | 0 | 1 | 0 |
Hamrobekov Odiljon | Him | 13.02.1996 | 19 | 1545 | 0 | 3 | 0 |
Bahriddinov Akrom | Yahm | 02.10.1992 | 15 | 485 | 1 | 0 | 0 |
Karimov Hamza | Him | 10.12.1980 | 13 | 1006 | 0 | 1 | 0 |
Allaniyozov Azamat | Huj | 15.10.1989 | 13 | 878 | 6 | 1 | 0 |
Yusupov Alisher | Him | 07.03.1988 | 13 | 584 | 0 | 1 | 0 |
Rok Roy | Him | 08.10.1986 | 12 | 974 | 1 | 1 | 0 |
Yunusov Ilhom* | Yahm | 03.05.1982 | 12 | 525 | 0 | 2 | 0 |
Yusupov O'tkir | Dar | 04.11.1991 | 10 | 811 | 0 | 0 | 0 |
G'aniev Azizjon | Yahm | 22.02.1998 | 9 | 270 | 0 | 0 | 0 |
Narzullaev Doniyor | Yahm | 11.04.1995 | 8 | 145 | 0 | 0 | 0 |
Qoraev Botir* | Him | 08.04.1980 | 7 | 438 | 0 | 1 | 0 |
To'raev Kenja | Huj | 01.03.1989 | 7 | 116 | 0 | 0 | 0 |
Muhiddinov SHarof | Yahm | 14.07.1997 | 5 | 31 | 0 | 0 | 0 |
Koblash Oleksandr* | Huj | 05.09.1989 | 3 | 253 | 2 | 0 | 0 |
Abduxoliqov Bobur | Huj | 23.04.1997 | 1 | 7 | 0 | 0 | 0 |
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar

"Nasaf-2015" mavsum statistikasi
O'yinlar | 30 |
Gollar | 46 |
Uydagi gollar | 29 (63,04%) |
Mehmondagi gollar | 17 (36,96%) |
O'tkazilgan gollar | 20 |
Uyda o'tkazilgan gollar | 7 (35%) |
Mehmonda o'tkazilgan gollar | 13 (65%) |
O'rtacha gol | 1,53 |
O'rtacha o'tkazilgan gol | 0,67 |
Uydagi ochkolar | 35/45 (77,78 %) |
Mehmondagi ochkolar | 27/45 (60 %) |
Eng yirik g'alaba | 5:1 - "Navbahor" |
Eng yirik mag'lubiyat | 1:3 - "Paxtakor" |
"Quruq" o'yinlar | 13 (43,33%) |
Gol ura olmagan o'yinlar | 8 (26,67%) |
Irodagi g'alaba | 2 |
Yirik g'alabalar | 3 |
Yirik mag'lubiyatlar | 0 |
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan) | 1/1 |
Ogohlantirishlar (o'rtacha) | 54 (1,8) |
CHetlatishlar (o'rtacha) | 3 (0,1) |
Maydonga tushganlar (legioner) |
25 (3 - 12%) |
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha) | 173850 / 5795 |
Narzulla Saydullaev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar