So’nggi yangiliklar

01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  3 00:39Иван Бошкович: "120 дақиқа курашиш икки жамоа учун ҳам осон бўлмади. Ушбу таркибга ишонганим сабаб кўп трансферларга қўл урмадик"  3 00:32Сардор Рашидов жиддий жароҳат сабаб бир неча ойга сафдан чиқди  11 00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  4 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  0 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  3 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  7 23:15Тимур Кападзе Париждаги ташкилотчилик ҳақидаги гаплари нотўғри талқин қилинаётганини айтди  20 22:50Ўзбекистон Кубоги. Жиззахдаги йил ўйинида "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни ютди ва ярим финалга чиқди  100 22:20Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" 0:3. Highlights  1 22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  24 21:35Ўзбекистонлик футболчи ўртоқлик ўйинида "Атлетико Мадрид" дарвозасига гол урди  7 21:10"Ал Насср" "Манчестер Юнайтед" вингерини сотиб олишни жиддий мақсад қилди  2 20:47УЕФА Родри ва Моратани жазолади!  1 20:28"Норвич" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0

Oliy liga-2015 yakunlari. "Mashal" haqida Yangiliklar

Oliy liga-2015 yakunlari. "Mashal" haqida

Teglar :  Mashal
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida malumot berishni davom ettiramiz.

Bugun Muborakning "Mashal" klubi haqida malumot beramiz.

Mavsum
Muborakliklar uchun mavsum ajoyib boshlandi. Namanganda "Navbahor", o'z maydonida "Andijon" mag'lub etildi va oliy ligada peshqadam bo'lib oldi. Biroq keyin mag'lubiyatlar va ochkolar yo'qotila boshlandi. Dastlabki davrani "Mashal" 10-pog'onada tugatdi. Ikkinchi davrada safarda "Olmaliq", Muborakda "Neftchi", "Bunyodkor" va "Nasaf" mag'lub etildi. 



Murabbiy
Aleksandr Xomyakov ikkinchi yil jamoa bilan oliy ligada ishladi. Rossiyalik murabbiy boshchiligida "Mashal" o'tgan yil 5-o'rinni olgandi. Bu yil esa natija pastroq bo'ldi. Murabbiy keyingi yil ham muborakliklar ustozi sifatida ishlashga yaqin turibdi. 



Etakchi
Jahongir Jiyamurodov
Tajribali futbolchi bu yil "Mashal"ning etakchisi bo'ldi. Yangi futbolchilar va yosh o'yinchilarga ham maydonda, ham uning tashqarisida o'rnak bo'lgan Jiyamurodov 26ta o'yinda maydonga tushdi. Murabbiy undan ko'proq qanot himoyachisi sifatida foydalandi. 



Kashfiyot
Humoyun Murtazoev
To'g'ri Humoyun Murtazoev yosh futbolchi emas. Biroq 24 yoshli hujumchi bu mavsum oliy ligada rostakamiga o'zini ko'rsata oldi. Futbolchi 21ta o'yinda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 6ta gol urdi. Ayniqsa Olmaliqda "Olmaliq"qa qarshi kechgan bahs uning benefisiga aylanib ketdi. O'sha o'yinda Murtazoev 7 daqiqa ichida dublga erishgandi. 



Eng yaxshi o'yin
"Mashal" - "Bunyodkor" 3:2
24-turda "Bunyodkor"ni qabul qilgan "gazchilar" tarixiy g'alabani qo'lga kiritishdi. O'sha kunga qadar Muborak ulbi "Bunyodkor" bilan xatto durang o'ynay olmagandi. Uchrashuvning 10-daqiqasida SHaker Zuagi hisobni ochdi, oradan ikki daqiqa o'tgach Mikita Bukatkin hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo'limda "Mashal"ning sobiq hujumchisi Eldor SHomurodov maydon egalari darvozasini ishg'ol qildi. Ikkinchi bo'limda Siroj Hamroevning urgan goli muvozanatni tikladi. Xayrulla Karimov maydondan chetlatilgach Zafar To'raev to'p kiritib "Mashal"ga "Bunyodkor" ustidan dastlabki g'alabani keltirgandi - 3:2.  



Eng yaxshi futbolchi
Zafar To'raev
"Gattuzo" bu yil "Mashal" safida eng yaxshi futbolchi bo'la oldi. 25 yoshli yarim himoyachi mavsum davomida jamoa safida eng ko'p maydonga tushgan futbolchi 29ta uchrashuvda 7ta gol urdi. Yarim himoyachi oliy ligada bir mavsumda eng ko'pi bilan 5ta gol urgandi. Demak u bu yil o'zining shaxsiy rekordini yangilay oldi. Etiborlisi Zafar To'raev "Olmaliq" va "Paxtakor"ga qarshi ikkala o'yinda bittadan gol urishga erishdi.



Kim qancha o'ynadi?

Futbolchi Amplua T.sana. O'yin     
Daqiqa   
Gol   
SK   
QK   
To'raev Zafar Yahm 01.07.1990 29 2168 7 5 0
Bukatkin Mikita Yahm 07.03.1988 27 2299 2 11 0
Fayziev SHerzod Yahm 06.02.1992 27 2199 2 3 0
Qo'ziboev Zohir Huj 11.03.1986 26 2257 4 3 0
Jiyamurodov Jahongir Yahm 04.11.1987 26 1916 0 7 0
Hasanov Jamshid Huj 03.09.1988 26 1732 4 2 0
SHaymanov SHahzod Him 02.04.1992 26 1649 1 5 0
Komilov G'iyosjon Him 11.03.1989 25 2200 1 5 0
SHodmonov Abbos Him 06.11.1988 21 1720 0 4 0
Murtazoev Humoyun Huj 08.11.1992 21 1348 6 0 0
Nosirov Botir Dar 11.06.1985 18 1541 0 3 0
Hamroev Siroj Him 26.05.1990 18 1541 2 5 2
Quvvatov Sanjar Dar 08.01.1990 12 1069 0 0 0
Ivanov Vladislav* Huj 24.01.1986 12 947 5 0 0
G'ofurov Mirzohid** Yahm 22.09.1988 12 831 1 2 0
Omonov Abbos Yahm 28.01.1988 12 733 0 4 0
Bahodirov Qahramon* Yahm 07.08.1988 12 639 0 1 0
Toshpo'latov Ixtiyor Huj 04.03.1993 12 367 1 2 1
Dostonov SHoxrux Huj 20.09.1993 11 494 1 1 0
Xolmurodov Xolmurod Yahm 29.06.1994 11 443 0 2 0
Abibullaev Dilyaver** Yahm 04.03.1987 10 612 0 2 0
Abdurahmonov Doston* Yahm 05.05.1990 9 232 0 0 0
Nabiev Abdulla Huj 27.09.1993 7 139 0 0 0
Boboxonov Iqbol* Him 19.03.1989 4 192 0 2 0
Rahmatullaev Sirojiddin       
Yahm        
22.01.1993       
2 129 0 0 0
Allaev Sirojiddin Him 03.04.1993 2 108 0 0 0
Ilyosov Javohir Dar 06.02.1994 1 90 0 0 0
Hamdamov Tursunmurod* Yahm 04.02.1995 1 45 0 0 0

Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar



"Mashal-2015" mavsum statistikasi
O'yinlar 30
Gollar 37
Uydagi gollar 24 (64,86%)
Mehmondagi gollar 13 (35,14%)
O'tkazilgan gollar 42
Uyda o'tkazilgan gollar 17 (40,48%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar 25 (59,52%)
O'rtacha gol 1,23
O'rtacha o'tkazilgan gol 1,4
Uydagi ochkolar 26/45 (57,78 %)
Mehmondagi ochkolar 12/45 (26,67 %)
Eng yirik g'alaba 3:0 - "Qo'qon-1912"     
Eng yirik mag'lubiyat 0:4 - "Bunyodkor"
"Quruq" o'yinlar 7 (23,33%)
Gol ura olmagan o'yinlar 9 (30%)
Irodagi g'alaba 3
Yirik g'alabalar 1
Yirik mag'lubiyatlar 2
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan) 0/1
Ogohlantirishlar (o'rtacha) 69 (2,3)
CHetlatishlar (o'rtacha) 3 (0,1)
Maydonga tushganlar (legioner)            
28 (2 - 7,14%)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha) 122081 / 4069

Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Neftchi" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Olmaliq" haqida

Narzulla Saydullaev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика