Oliy liga-2015. Eng yosh va eng faxriy futbolchilar

Narzulla Saydullayev
27 noya 2015, 17:06
2015 yilgi mavsumda maydonga tushgan eng faxriy futbolchi "Bunyodkor" posboni Pavel Bugalo bo'ldi.

1998 yilda tug'ilgan "Nasaf" yarim himoyachisi Azizjon G'aniev esa maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi. Qizig'i 2014 yilda ham Bugalo va G'aniev mana shu yo'nalishda rekordchi bo'lishgandi.



Dostonbek Hamdamov ikkita yo'nalishda (gol urish va sariq kartochka olish) eng yosh bo'ldi. Eldor Shomurodov qizil kartochka olgan eng yosh futbolchiga aylandi.



"Neftchi" yarim himoyachisi Akmal Xolmatov gol urgan, sariq va qizil kartochka olgan eng faxriy futbolchiga aylandi.



Eng yosh gol muallifi - Dostonbek Hamdamov - 18 yosh 266 kun

Eng faxriy gol muallifi - Akmal Xolmatov - 39 yosh 82 kun

Eng yosh maydonga tushgan - Azizjon G'aniev - 17 yosh 38 kun

Eng faxriy maydonga tushgan - Pavel Bugalo - 41 yosh 89 kun

Eng yosh sariq kartochka olgan - Dostonbek Hamdamov - 18 yosh 266 kun

Eng faxriy sariq kartochka olgan - Akmal Xolmatov - 39 yosh 214 kun

Eng yosh qizil kartochka olgan - Eldor Shomurodov - 19 yosh 299 kun

Eng faxriy qizil kartochka olgan - Akmal Xolmatov - 39 yosh 214 kun


Izoh: Futbolchilar mana shu natijani qayd etgan kun hisobga olingan. Masalan Akmal Xolmatov golni boshqa o'yinda urgan, kartochkalarni boshqa o'yinda olgan.


Narzulla Saydullaev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia