So’nggi yangiliklar

08:54Вирц “Ливерпул“га ўтиб, тарихдаги учинчи энг қиммат трансферга айланди  0 08:26Конте тарихий натижани қайд этди  3 07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  1 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  1 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  0 01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  1 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  25 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  8 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  3 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  6 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  7 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  4 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1

Oliy liga. 17-turning ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 17-turning ramziy terma jamoasi

O'tgan dam olish kunlari 17-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatimizga ko'ra o'tgan turning ramziy terma jamoasini tuzdik.

Bu safargi ramziy terma jamoadan "Andijon", "Lokomotiv", "Nasaf", "Dinamo", "SHo'rtan", "Neftchi", "SHo'rtan" va "Bunyodkor" klublari futbolchilari o'rin olishdi.

Darvozabon:
Gennadiy Moshnyaga  ("Andijon")

Darvozadan "Andijon" posboni Gennadiy Moshnyaga o'rin oldi. Legioner posbon "Mashal"ga qarshi o'yinda raqibning bir qator zarbalaridan so'ng to'pni qaytardi. Bundan tashqari 88-daqiqada Zohir Qo'ziboevning penaltidan bergan zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi va jamoasining g'alaba qozonishi uchun katta xissa qo'shdi.



Himoyachilar:
Bobur Yo'ldoshev  ("Lokomotiv")
SHerzod Azamov  ("Nasaf")
Ildar Mamatkazin  ("Dinamo")
Botir Qoraev  ("SHo'rtan")

Himoyadan "Lokomotiv" himoyachisi Bobur Yo'ldoshevga joy berdik. Birinchi davrani asosan zaxirada o'tkazgan himoyachi Farg'onadagi bahsda ajoyib o'ynadi. Raqibning keskin hujumlarini qaytarishda faol bo'ldi. Natijada "Loko" vodiyda kuchli raqib maydonidan g'alaba bilan qaytdi.



Qarshining "Nasaf" klubi himoyachisi SHerzod Azamov "Olmaliq"qa qarshi o'tkazgan o'yini bilan ramziy terma jamoaga kiritildi. Himoyachi shu kuni Igor SHkvirin jamoasi hujumlarini qaytarishda faol harakat qildi. Havodan oshirilgan to'plarni qaytarishda ham boshqalarga o'rnak bo'ldi.

"Nasaf"ning ko'p yillik sardori Botir Qoraev ikkinchi davrani "SHo'rtan" safida boshladi. Tajribali futbolchi G'uzor klubida ham sardor sifatida o'ynamoqda. Jamoa Jizzaxda "So'g'diyona" mehmoni bo'lib 2:0 hisobida zafar quchdi. O'yinda Qoraev o'z qanotida etakchi bo'ldi va raqiblarga deyarli imkon bermadi.

"Dinamo" himoyachisi Ildar Mamatkazin "Buxoro" bilan principial bahsda tezkor gol urishga muvaffaq bo'ldi. Himoyachi o'z vazifasini bajarish bilan birga hujumchilarga ham yordam berdi. SHu kuni "Dinamo"ning sobiq futbolchilari bilan to'ldirilgan "Buxoro" Samarqand klubi darvozasini ishg'ol qila olmadi.



Yarim himoyachilar:
Abbos Maxstaliev  ("Neftchi")
Vladimir Kozak  ("Paxtakor")
Dilshod Rahmatullaev  ("Lokomotiv")
Akmal Xolmatov  ("Neftchi")

Yarim himoyaga "Neftchi"dan ikki nafar futbolchini kiritishga qaror qildik. Farg'onaliklar safida Abbos Maxstaliev va Akmal Xolmatov juda faol harakat qilishdi. Ikkala futbolchi toshkentliklarga "tinchlik" berishmadi. Tajribali Xolmatov bir necha marta gol urishi mumkin edi, biroq ozgina omad etishmadi.



"Paxtakor" vakili Vladimir Kozak "Qo'qon-1912" bilan bahsda dublga erishdi va so'nggi golga hammualliflik qildi. Yarim himoyachi vodiy klubi bilan bahsda juda faol harakat qildi. Uning birinchi goli chiroyli chiqqani ham takidlash lozim. 

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Dilshod Rahmatullaev o'tgan turda "Metallurg" darvozasiga to'p kiritgandi. Futbolchi bu safar Farg'onada "Neftchi" bilan bahsda ham faol o'ynadi va Temurxo'ja Abduxoliqov gol urgan vaqtda unga to'p uzatdi. Turkiyada o'ynab qaytgan Dilshod birinchi davrada kuchli raqobat tufayli asosiy tarkibda o'ynamayotgandi. Biroq Abramovga asosiy tarkibga loyiq ekanini isbotlashga erishdi.



Hujumchilar:
Zafar Polvonov  ("SHo'rtan")
Eldor SHomurodov  ("Bunyodkor")

"SHo'rtan" hujumchisi Zafar Polvonov dastlabki davrada 11ta o'yinda maydonga tushib bironta to'p kirita olmadi. Ikkinchi davraning ilk turida u "Neftchi"ga bitta gol urdi. Jizzaxda "So'g'diyona" bilan o'yinda esa Polvonov o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi. Hujumchi o'ziga kelayotganidan g'uzorlik muxlislar xursand bo'lsalar ajab emas.

Yangi Zelandiyadagi mundialda qatnashib qaytgan Eldor SHomurodov so'nggi turlarni ajoyib o'tkazmoqda. 20 yoshli hujumchi klubining oxirgi uchta o'yinida 4ta gol urdi. "Qizilqum" bilan kechgan bahsda SHomurodov birinchi bo'limning o'zida ikkita to'p kiritdi. Uning birinchi goli chiroyli chiqdi. Ikkinchisi esa jamoaga g'alaba keltirdi.



Turning eng chiroyli goli: Navro'zbek Alimov "Qizilqum" VIDEO


Bosh murabbiy: Baxtiyor Ashurmatov ("Navbahor")
Namanganning "Navbahor" klubi 2010 yildan buyon Bekobodda g'alaba qozonish tugul gol ham ura olmayotgan edi. "Lochinlar" o'zlari uchun noqulay raqib maydonidan to'rt yillik tanaffusdan so'ng g'alaba bilan qaytishdi. Bunda shubhasiz "Navbahor" ustozi Baxtiyor Ashurmatovning xissasi katta bo'ldi. Ikkinchi davraning ikkita o'yinini safarda o'tkazgan namanganliklar 4 ochko jamg'arishdi. O'tgan turda jamoa Muborakdan durang bilan qaytgan edi.  
 


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика