So’nggi yangiliklar

01:55ПСЖ финалда "Интер"га жавобсиз 5та гол урди ва ўз тарихида биринчи марта ЕЧЛ бош совринига эга чиқди  138 00:51Сарри Римга қайтишга яқин  2 00:21"Ал Ҳилол" Зиданга йилига 100+ млн евро таклиф қилганди. Мураббий эса...  2 23:10Раҳмоналиев экстра-таймларда майдонга тушган ўйинда "Сабаҳ" "Қорабоғ"ни енгиб, Озарбайжон кубоги соҳиби бўлди! Клуб Европа лигаси саралашида иштирок этади  0 22:50Баҳром Ҳайдаров: "Селекция ишлари ҳар бир жамоада мунтазам давом этади"  1 22:33Виталий Левченко: "Чемпионатда танаффус юзага келганида шу каби ўртоқлик ўйинлари жамоа учун фойдали бўлади"  1 22:05CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон 120 дақиқа давом этган финалда Тожикистонга аламли тарзда ютқазди  59 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  2 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  1 20:22Бугун финал! УЕФА Чемпионлар Лигаси бош соврини кимга насиб қилади?  36 20:11ОФК вакиллари 2 юлдузли "Бунёдкор" академиясига қандай баҳо беришди?  2 20:00Холид Ал Данҳани: "Бор эътиборимиз Ўзбекистон билан ўйинга қаратилган"  3 18:50Ўзбекистон Кубоги финали олдидан: "Оил Стар" ва БМБ бош мураббийлари қандай фикр билдирди? (тўлиқ матбуот анжумани)  1 18:43"Реал" дарвозабони клубни тарк этишга яқин  1 18:10ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Улитау"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0

Oliy liga. 17-tur. Bugungi barcha o'yinlar yakunlandi Yangiliklar

Oliy liga. 17-tur. Bugungi barcha o'yinlar yakunlandi

Teglar :  Oliy liga
Bugun oliy liganing 17-turidan o'rin olgan dastlabki 6ta o'yin bo'lib o'tdi.


Bekoboddagi o'yinning 10-daqiqasida maydon egalari hujumchisi Zohid Abdullaev raqib darvozaboni bilan yakkama yakka chiqqanida unga nisbatan o'yin qoidasi buzildi va uchrashuv bosh hakami Javohir Ilyosovni maydondan chetlatdi. Humoyun Murtozoev o'rniga maydonga chiqqan Botir Nosirov esa mezbonlarning jarimadan amalga oshirgan kombinaciyasi oldida ojiz qoldi. Oshirib berilgan to'pga hammadan oldin to'pga etib kelgan Murodjon Toshmatov hisobni ochdi – 1:0.

21-daqiqada Dilmurod Karimov o'zining individual mahoratini namoyish etdi va ikki o'yinchi orasidan yorib o'tib, darvoza tomon zarba berdi. To'p darvoza to'sini ustidan yuqorilab o'tib ketdi.

40-daqiqada maydon egalarining markaz bo'ylab amalga oshirgan yana bitta tezkor hujumi gol bilan yakunlandi. “Metallurg” to'purari Zohid Abdullaev o'zining chempionatdagi 11-golini kiritdi – 2:0.

Birinchi taymning so'nggi soniyalari o'tib borayotgan bir paytda Dilmurod Karimovning o'ng qanot bo'ylab amalga oshirgan reydi gol bilan yakunlandi - 3:0.

Ikkinchi bo'lim boshida Murodjon Toshmatov dublini rasmiylashtirdi - 4:0. Uchrashuv tugashiga 3 daqiqa qolganida Doniyor Odilov beshinchi golni "Mashal" darvozasiga urdi - 5:0. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Zohid Abdullaev ham dublga erishdi - 6:0.


17:45 - Metallurg (Bekobod) – Mashal (Muborak) 6:0
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), D. Muhtorov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).

Gollar:
1:0 – Murodjon Toshmatov (11), 2:0 – Zohid Abdullaev (41), 3:0 – Dilmurod Karimov (45), 4:0 – Murodjon Toshmatov (46), 5:0 – Doniyor Odilov (87, pas - Ergash Ismoilov), 6:0 – Zohid Abdullaev (90, pas Hikmat Hoshimov).

“Metallurg”:
32. Suhrobjon Sultonov, 4. (s) Hikmat Hoshimov, 6. Dilmurod Karimov (11. Farrux SHotursunov, 60), 7. Doniyor Odilov  8. Ayubxon No'monov, 14. Davronbek Karimqulov, 15. Zohid Abdullaev, 22. Murodjon Toshmatov (19. Ergash Ismoilov, 65), 23. SHerzod Jalilov, 70. Jahongir Abdumo'minov (40. Islomjon Qobilov, 76), 77. Saidjon Abdujabborov.
Zaxira: 91. Zafar Safoev, 9. Farhod Namozov, 19. Ergash Ismoilov, 27. Muhammadodil Qahramonov, 40. Islomjon Qobilov.

“Mashal”:
35. Javohir Ilyosov, 2. Iskandar SHoyqulov, 5. G'iyosjon Komilov (22. Siroj Hamroev, 46), 6. Sardor Abduraimov, 7. Zohid Qo'ziboev, 8. Mirzakamol Kamolov, 9.Humoyun Murtozoev (30. Botir Nosirov, 11), 10. SHamshod Hasanov, 13. SHahzod SHaymanov, 18. Abbos SHodmonov, 55. Avaz Agaliev.
Zaxira: 17. Vladislav Pavlenko, 19. Mirzohid G'ofurov, 22. Siroj Hamroev, 33. Andrey Derkach, 90. Zafar To'raev.

Ogohlantirishlar: Avaz Agaliev (27), Saidjon Abdujabborov (63).
CHetlatish: Javohir Ilyosov (10)




O'yinning 20-daqiqasida bosh hakam Kamoliddin Tojievning qo'liga tekkan deb hisoblab mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. Nosir Otaqo'ziev 11 metrli jarima to'pidan hisobni ochdi - 1:0.

SHerzod Karimovning burchakdan oshirgan to'pini Andrey Sidorov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:1

18:00 - Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Paxtakor (Toshkent) 1:1
Hakamlar
: T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Gollar: Nosir Otaqo'ziev 20 penalti, - 1:0. Andrey Sidorov 80, - 1:1.
”Qo'qon-1912”: 12. Aziz Ashurov,  9. Nosir Otaqo'ziev (7. Otabek Zokirov, 65), 14. Avazxon Mamatxo'jaev (28. Abdullox Olimov, 54),  20.  Doston Tursunov,  22. Orif Mamajonov,  29. Iqbol Malikjonov,  55. Darko Gojkovich, 70. Sobir Xamidov (49. SHoxrux Xolmatov, 79), 75. Ibrohim Rahimov, 83. Nikola Valentich, 90. Suhrob Berdiev.
Zaxira: 1. Ruslan Matniyazov,  6. Bahodir Akramov, 15. Maruf Zokirjonov, 89. Mirto'ra Akbarov.

“Paxtakor”:  16. Aleksandr Lobanov, 4. Adnan Oraxovac,  5. Akbar Ismatullaev (51. Andrey Sidirov, 50), 7. Azim Ahmedov, 8. SHerzod Karimov, 9. Jamoliddin  Masharipov, 10. Jamshid Iskanderov, 15. Javohir Sohibov (14. Jamshid Boltaboev, 61), 21. Kamoliddin Tojiev (s), 24. Davron Hoshimov, 28. Stanislav Andreev.
Zaxira: 50. Umid Hamroev, 6. Abbos Otaxonov, 17. Akobir To'raev, 48. Timur Tolipov,  55. Jasur Hakimov.



Namangandagi bahsning 40-daqiqasida hisob ochildi. Otabek Isroilov Nikita Pavlenko bilan devor usulida o'ynadi va deyarli davrozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi - 0:1.

Islombek Isoqjonov ikkinchi bo'lim boshida hisobni tenglashtirdi - 1:1.  Uchrashuvning 64-daqiqasida Akram Bahritdinov jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasini Yusupov qaytarishga ojizlik qildi - 2:1.

18:30 - Navbahor (Namangan) – Neftchi (Farg'ona) 2:1
Hakamlar
: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).
Gollar: Otabek Isroilov 40, - 0:1. Islombek Isoqjonov 46, - 1:1. Akram Bahritdinov 64, - 2:1.
"Navbahor": 34. Artur Parvanov, 7. Akram Bahritdinov, 10. Alisher Mahmudov, 19. Vladislav Aleksin (88. Vladislav Nuriev, 69), 21. Azam Aliev, 26. Qahramon Mahammadjonov, 27. Murod To'ychiboev, 33. Tohir SHamsitdinov, 44. Alisher Ziyaviddinov (28. Islombek Isoqjonov, 46), 50. Abdumalik Abdullaev, 99. Ruslan Vagapov (48. Azizbek Turg'unboev, 77).
Zaxira: 12. Aleksandr Korneychuk, 14. Hojiakbar Yunusov, 24. Ilhom Boydedaev, 35. Bilol SHarofiddinov.

"Neftchi": 1. O'tkir Yusupov, 3. SHukurali Po'latov, 7. Mansur Saidov, 8. Umid Qodirov, 10. Murod Bobojonov (27. Nikita Pavlenko, 25), 11. Abbos Maxsitaliev, 18. Javohir Rasulov, 20. Dilyorbek Irmatov, 21. Muhsin Ubaydullaev (88. Akmal Xolmatov, 79), 26. Otabek Isroilov (6. Baxtiyor Yoqubov, 62), 33. Sardor Rahmonov.
Zaxira: 35. Abdumavlon Abdujalilov, 2. Sardor Qulmatov, 4. Furqat Hasanboev, 22. Alisher Samatov.



Buxorodagi o'yin boshlandi. 34-daqiqada Anvar Rajaboev o'ng qanotdan etkazib berilgan to'pni himoyachidan balandroq sakrab, darvozaga joyladi - 1:0.

19:00 - Buxoro (Buxoro) – Obod (Toshkent) 1:0
Matnli translyaciya
Hakamlar
: V. Ceytlin (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), D. Akmalov (Toshkent)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
Gol: Anvar Rajabov 34, - 1:0.
"Buxoro": 20.Sardor Qobuljonov, 8.Salamat Quttiboev, 10.SHavkat Salomov, 16.Artyom Filiposyan, 18.Bahodir Pardaev, 19.Jasur Hasanov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Boburjon Omonov, 71.Anvar Rajabov, 85.Ruslan Melziddinov, 87.Alisher Sanoev.
Zaxira: 1.Muhiddin Xudoyorov, 7.Suhrob Nematov, 11.Sanat SHixov, 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 30.Asilbek Omonov, 60.Aziz Ibragimov, 93.Maksimilyan Fomin.

"Obod": 12.Dilshod Hamroev, 2.Abror Xusinov, 4.Xurshid G'iyosov, 5.G'ayrat Umirov, 8.Doniyorbek Hasanov, 9.Pavel Solomin, 11.SHohruz Norxonov, 20.Alisher Mirzaev, 55.Sardor Qahhorov, 60.Anvar G'ofurov, 88.Sardor Sobirxo'jaev.
Zaxira: 1.Umidjon Yorbekov, 3.Ilhom Komilov, 7.Javohir Qahramonov, 13.Umidjon Matmusaev, 35.Farhod Miraahmatov, 70.Temur Hakimov, 77.Alisher SHog'ulomov.


Toshkentdagi o'yinning 19-daqiqasida hisob ochildi. Belgilangan jarima to'pini Server Jeparov aniq amalga oshirdi - 1:0. Ikkinchi bo'lim boshida Sanjar SHoahmedov ajoyib zarba bilan supergol muallifiga aylandi - 2:0.

59-daqiqada Smolyachenkoning pasidan so'ng Ro'zimboy Ahmedov hisobni qisqartirdi - 2:1. Biroq oradan ko'p o'tmay Jeparov o'z dublini rasmiylashtirdi va yakuniy hisobni o'rnatdi - 3:1.

19:30 - Lokomotiv (Toshkent) – Andijon (Andijon) 3:1
Hakamlar
: D. Pislegin (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), V. Lushin (Guliston), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
Gollar: Server Jeparov 19, - 1:0. Sanjar SHoahmedov 53, - 2:0. Ro'zimboy Ahmedov  59, - 2:1 (Pavel Smolyachenko). Sanjar SHoahmedov 72, - 3:1.
"Lokomotiv": 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze, 8. Server Jeparov, 11. Temurxo'ja Abduxoliqov, 13. Nemanya Yanichich, 17. Salim Mustafoev, 18. Timur Kapadze, 22. Sanjar SHoahmedov, 33. Oleg Zoteev (10. Marat Bikmaev, 62), 37. SHerzod Fayziev (20. Islom To'xtaxo'jaev, 76), 71. Artur Gevorkyan (28. Ikrom Aliboev, 68).
Zaxira:  12. Mamur Ikromov, 4. Boburbek Yuldashev, 7. Sadriddin Abdullaev, 15. Sardor Mirzaev.

"Andijon": 1.Akmal Tursunboev, 6.Ibrohim Otaxonov, 18.Farhod Bekmurodov, 19.Denis Ilesku, 21.Javlon Guseynov, 22.Ro'zimboy Ahmedov, 29.Obid Jo'raboev, 55.Dilshod Jo'raev, 88.Andrey Bugnyak (8.Elman Tagaev, 53), 89.Boburjon Akbarov, 90.Pavlel Smolyachenko.
Zaxira: 16.Davronbek Jo'raqulov, 4.Azamat Isroilov, 17.Timur Vasilev, 26.Baxtiyor Qosimov, 60.Azamat Bobojonov, 91.Alibobo Rahmatullaev.


Qarshidagi o'yinning 30-daqiqasida SHerzod Azamov o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi - 0:1. Keyingi daqiqada Azamat Allaniyozov hisobni tenglashtirdi - 1:1.

58-daqiqada Islom Rashidxonov gol urdi - 2:1.

20:00 - Nasaf (Qarshi) – Olmaliq (Olmaliq) 2:1
Hakamlar:
O. Talibdjonov (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), S. Eremeev (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: SHerzod Azamov 30 avtogol, - 0:1. Azamat Allaniyozov 31, - 1:1. Islom Rashidxonov 58, - 2:1.

“Nasaf”: 25.Eldor Suyunov, 23.SHerzod Azamov (s), 22.Igor Golban, 7.SHuhrat Muhammadiev (27.Islom Rashidxonov, 42), 31.Saydullo Rahmatov, 28.Fozil Musaev, 18.Bahrom Abdurahimov, 34.Farruh Sayfiev, 21.Azamat Allaniyozov, 24.Ognen Krasich, 69.Dragan CHeran.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov, 5.Ildar Mamatkazin, 33.Odil Hamrobekov, 38.Doniyor Narzullaev, 15.SHaxboz Erkinov.

“Olmaliq”:  16.Umid Xonimqulov, 3.Saidkomil Akbarov, 4.Abduqahhor Xojiakbarov, 5.Evgeniy Gogol, 9.Muydin Mamazulumov, 11.Zohir Pirimov, 25.Doston Abdurahmonov (14.Doniyor Ismoilov, 32) (21.Doniyor Usmonov, 38), 28.Murod Rajabov, 33.Oybek Nurboev, 94.Xurshid Muxtorov, 99.SHoxnazar Norbekov.
Zaxira: 12.Roman Abdulov, 6.Rahmatillo Berdimurodov, 17.Muhammad Isaev, 23.Timur Usmonov, 77.Diyor Turopov.


OLIY LIGA. MUSOBAQA JADVALI



Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика