So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Oliy liga. 16-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 16-tur ramziy terma jamoasi

2-3 avgust kunlari oliy ligamizda 16-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Ananamizga sodiq qolgan holda o'tgan turning ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Bu termadan "Nasaf", "Andijon", "Metallurg", "Paxtakor", "Bunyodkor", "SHo'rtan", "Qo'qon-1912" va "Navbahor" klublaridan futbolchilar o'rin olishdi.



Darvozabon:
Eldorbek Suyunov "Nasaf"


Darvozani "Nasaf" posboni Eldorbek Suyunovga ishonib topshirdik. Posbon vodiyda kechgan shiddatli bahsda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Turda faqat "ajdardar" gol o'tkazishmadi. Suyunov Lochin Solievning birga bir vaziyatda yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni qaytarganini ham takidlash lozim.



Himoyachilar
Ibrohim Otaxonov "Andijon"
Farruh Sayfiev "Nasaf"
Javlon Mirabdullaev "Metallurg"


Himoyadan "Andijon" vakili Ibrohim Otaxonov o'rin oldi. Tajribali himoyachi "ajdarlar"ga qarshi bahsda himoyada ishonchli o'ynadi va sheriklarini qo'llab quvvatlab turdi. Mehmonlar yagona golni penaltidan urishdi. Qolgan vaziyatlarda Otaxonov boshchiligidagi himoyachilar ularga imkon berishmadi.

Xuddi shu o'yinda qarshiliklar safida Farruh Sayfiev chap qanot himoyasida o'ynadi. Terma jamoami azosi Roy Rokning o'rnini munosib ravishda to'ldirdi. Sayfiev himoyadan hujumlarga ham faol tarzda qo'shilib turdi.

"Metallurg" himoyachisi Javlon Mirabdullaev Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi bahsda himoyada ishonchli o'ynadi. Tajribali raqib futbolchilarning reydlarini to'xtatishda Javlon ancha faol harakat qildi.



Yarim himoyachilar
Ruslan Vagapov "Metallurg"
Kaxi Maxaradze  "Paxtakor"
Dostonbek Hamdamov "Bunyodkor"
Eldor Boymatov "SHo'rtan"


"Bunyodkor"ning yosh yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov navbatdagi goli bilan jamoasiga g'alaba keltirdi. O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan yarim himoyachi "Buxoro" bilan bahsda mavsumdagi beshinchi golini urdi.

"Metallurg" yarim himoyachisi Ruslan Vagapov "Lokomotiv" bilan bahsda juda chiroyli gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bundan tashqari o'z qanotida faolligi bilan boshqalardan ajralib turdi. Natijada Bekobod klubi "Loko" maydonidan 1 ochko bilan qaytdi.

"Paxtakor" yarim himoyachisi va sardori Kaxi Maxaradze "Olmaliq" bilan bahsda penaltidan hisobni ochdi. O'yin davomida hujumchilarni ajoyib paslar bilan taminlab turdi. "SHerlar"ning kuchli raqib ustidan mehmonda g'alaba qozonishida Kaxining xissasi katta bo'ldi.

"SHo'rtan" vakili Eldor Boymatov "Neftchi"ga qarshi o'yinda faol harakat qildi. U o'z hisobiga gol yozib qo'yishdan tashqari sheriklariga ham ko'plab imkoniyatlar yaratib berdi. Raqibning hujumlarini buzishda ham yaxshi o'ynadi.



Hujumchilar
Igor Taran  "SHo'rtan"
Nosir Otaqo'ziev  "Qo'qon-1912"
SHaxboz Erkinov "Navbahor"


"Qo'qon-1912"ning tajribali hujumchisi Nosir Otaqo'ziev "Dinamo" bilan bahsda o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi. Tajribali futbolchining gollari evaziga Rustam Abdullaev boshchiligidagi jamoa 7ta o'yinlik g'alabasiz seriyasiga barham berdi.

"SHo'rtan" klubi hujumchisi Igor Taran "Neftchi" bilan bahsda o'z hisobiga 2ta gol va 2ta golli pas yozib qo'ydi. G'uzorliklar ikkinchi davrani 4:1 hisobidagi g'alaba bilan boshladi esa Taran ushbu o'yindan so'ng o'z hisobidagi gollar sonini 7taga etkazib oldi.

"Mashal" - "Navbahor" uchrashuvida mehmonlar hujumchisi SHahboz Erkinov faol o'ynadi. Hujumchi Muborakda gol urishdan tashqari golli pas ham oshirdi. Uning ham gollari soni xuddi Taran kabi 7taga etdi.

Bosh murabbiy
Rustam Mirsodiqov "Metallurg"

Bekobodning "Metallurg" klubi safarda "Lokomotiv"ga qarshi o'ynadi. Rustam Mirsodiqov boshchiligidagi jamoa chempionlik uchun kurashayotgan jamoa maydonidan durang bilan qayta oldi. Dastlabki davrada Bekobodda o'tgan bahsda ham durang kuzatilgandi. TTYMIda kechgan bahsda bekobodliklar 1:1 hisobini qayd etishdi. Ramziy terma jamoa bosh murabbiyligini aynan Rustam To'xtamurodovichga topshirdik.
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика