So’nggi yangiliklar

08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  0 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  7 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  11

Oliy liga. 15-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 15-tur ramziy terma jamoasi

Oliy ligada 15-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Saytimiz vakillari odatga ko'ra tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi.

Darvozaga "Mashal" posboni Javohir Ilyosovni munosib ko'rdik. Yosh darvozabon "Dinamo" bilan o'yinda o'z jamoasini bir qator gollardan saqlab qolishga erishdi va bu mavsumda to'rtinchi bor ramziy terma jamoadan o'rin oldi.



"Buxoro" bu tur Jizzaxda "So'g'diyona" ustidan g'alaba bilan qayta oldi. SHu kuni buxoroliklar safida himoyachi Artyom Filiposyan raqib hujumchilariga deyarli imkoniyat bermadi va jamoasi g'alabasiga katta xissa qo'shdi.

"Olmaliq" va "Qo'qon-1912" uchrashuvida ikkala jamoa himoyachilari faol bo'lishdi. Maydon egalari safida Islom Inomov, mehmonlardan Murod Xolmuhammedov ishonchli o'ynashdi. Natijada ikkala jamoa hujumchilari gol ura olishmadi va o'yin 0:0 hisobida yakunlandi.



"Bunyodkor" - "Lokomotiv" uchrashuvida ishtirok etgan ikki nafar himoyachi ham ramziy termaga kiritildi. Mezbonlar safida markaziy himoyachi Rustam Ashurmatov shu kuni hamshaharlarga qarshi juda yaxshi va sifatli o'ynay oldi. So'nggi daqiqalarda Ashurmatov jarohat olib maydonni tark etdi, ammoa jamoasi g'alabani saqlab qoldi. Qizig'i shu o'yinda qatnashib jarohat olgan SHuhrat Muhammadievni ham ramziyga kiritdik. To'g'ri jamoasi markaziy o'yinda yutqazdi, ammo Muhammadiev jarohat olmaguniga qadar o'z qanotida hech bir raqibga imkoniyat qoldirgani yo'q.

"Qizilqum" birinchi davraning oxirgi o'yinida o'z uyida "SHo'rtan"ni mag'lub etdi. Maydon egalari tajribali yarim himoyachisi Ilhom Yunusov faol o'ynadi va so'nggi golni urishga erishdi.



"Nasaf"ning chap qanotiga javobgar bo'lgan Farrux Sayfiev "Navbahor" bilan o'yinda odatdagidan ko'ra faolroq bo'ldi. U o'z qanotidan bir necha bor xavfli hujumlar uyushtira oldi.

"Bunyodkor"ning asosiy o'yinchisiga aylanib qolgan Mirjamol Qosimov oldingi bahslarga qaraganda "Loko" bilan o'yinda anchagina samarali harakat qildi va raqibga deyarli imkoniyat bermadi.



"Metallurg" Farg'onadan g'alaba bilan qaytishida so'nggi paytlarda o'yini "ochilib" ketgan Zohid Abdullaevning xissasi katta bo'ldi. Hujumchi o'yindagi hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi.

"Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev birinchi davra oxiriga kelib gollar urishni boshlab yubordi. Bir tur oldin "Nasaf"ga bitta gol urgan hujumchi "Obod" darvozasiga ikkita to'p kiritdi.



championat.asia sayti talqiniga ko'ra 15-turning ramziy terma jamoasi:

Darvozabon
Javohir Ilyosov "Mashal" (4-marta ramziy terma jamoa)

Himoyachilar
Artyom Filiposyan "Buxoro" (2)
Murod Xolmuhammedov "Qo'qon-1912" (2)
Rustam Ashurmatov "Bunyodkor"
SHuhrat Muhammadiev "Lokomotiv" (2)
Islom Inomov "Olmaliq"

Yarim himoyachilar
Ilhom Yunusov "Qizilqum" (3)
Farrux Sayfiev "Nasaf"
Mirjamol Qosimov "Bunyodkor"

Hujumchilar
Zohid Abdullaev "Metallurg" (2)
Igor Sergeev "Paxtakor"


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика