So’nggi yangiliklar

16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  0 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  1 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  5 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  1 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  3 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  4 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  2 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  3 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  1 10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  4 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  24 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  20 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0

Oliy liga. 15-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 15-tur ramziy terma jamoasi

Oliy liganing 15-tur o'yinlarida o'zini ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzildi.
Darvozabon
Murodjon Zuhurov "Bunyodkor"


Turning eng markaziy uchrashuvida “Lokomotiv” va “Bunyodkor” to'qnash kelishdi. O'yinda “qaldirg'ochlar” darvozaboni Murodjon Zuhurov o'z jamoasini kamida ikki marta muqarrar goldan qutqarib qoldi. Birinchi taymda Bikmaevning bosh bilan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni darvoza to'sini ostidan qaytargan Zuhurov uchrashuvning oxirgi daqiqasida Nagaevning yo'llagan zarbasini qaytarib “qaldirg'ochlar”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.



Himoyachilar
Evgeniy Gogol "Olmaliq"
SHukurali Po'latov "Neftchi"
Sarvar Jo'raev "So'g'diyona"
Tohir SHamsitdinov "Navbahor"
G'iyosjon Komilov "Mashal"

 
“Olmaliq” himoyachisi Evgeniy Gogol yana bir bor ramziy terma jamoaga kiritildi. Sababi “Olmaliq” o'z uyida “Qo'qon-1912”ni mag'lub etilishida aynan rossiyalik himoyachining xissasi katta bo'ldi. Gogol burchakdan oshirilgan to'pni raqib darvozasiga yo'llab o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.

“Neftchi” himoyachisi SHukurali Po'latov ham bu turda gol urdi. Aynan uning goli tufayli birinchi davra kashfiyoti bo'lgan “Metallurg” klubi Farg'onadan mag'lubiyat bilan qaytishga majbur bo'ldi. Po'latov esa haqli tarzda ramziy termaga kiritildi.

“So'g'diyona” birinchi davrani o'z uyidagi g'alaba bilan tugatishi mumkin edi. “Qizilqum” bilan o'yinda himoyachi Sarvar Jo'raev hisobni ochishga erishdi. Biroq so'nggi daqiqalarda mehmonlar ham gol urib hisobni tenglashtirishdi.



“Navbahor” vodiy derbisida “Andijon”ni mag'lub etdi. SHu kuni mezbonlar o'ng qanot himoyachisi Tohir SHamsitdinov jamoa tarkibida juda faol bo'ldi. Aynan unga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun belgilangan jarima to'pidan so'ng hisob ochildi. Ikkinchi golga Tohirning o'zi samarali pas oshirdi.

“Mashal” esa Qashqadaryo derbisida “Nasaf”dan ustun keldi. Muboraklklar safida himoyachi G'iyosjon Komilov ancha yaxshi o'ynadi. U qarshiliklarning hujumlarini qaytarishda jonbozlik ko'rsatdi va jarima to'plarini amalga oshirib turdi.



Yarim himoyachilar
Temur Kapadze "Lokomotiv"
SHerzod Karimov "Paxtakor"
Eldor Boymatov "SHo'rtan"
SHahzod SHaymanov "Mashal"


“Lokomotiv” Toshkent derbisida “Bunyodkor” bilan durang o'ynadi. “Temiryo'lchilar” safida Temur Kapadze xuddi o'tgan o'yinlarda bo'lgani kabi faol harakat qildi. Uning maydon markazidagi harakatlarini hujumchilar samarali yakunlay olishmadi xolos. Tajribali futbolchi hamon hech bir yosh futbolchidan kam o'ynamasligini isbotlab berdi.

“Paxtakor” ham derbida o'ynadi. “Obod” mehmoni bo'lgan “sherlar” yirik g'alabani tantana qilishdi. Amaldagi chempion safida yarim himoyada SHerzod Karimov juda yaxshi o'ynadi. Uning jarimadan yo'llagan zarbasi hech kimga tegmay darvozaga borib tushdi. SHerzodning jarimadan oshirgan to'pini Sergeev darvozaga yo'lladi. Ikkinchi bo'limda ham yarim himoyachi faol bo'ldi.

Mavsumni ketma-ket 6ta mag'lubiyat bilan boshlagan “SHo'rtan” so'nggi turlarda raqib kim bo'lsa ham undan ochko olib qo'ymoqda. Bu safar G'uzorga “Buxoro” tashrif buyurdi. O'yinning birinchi bo'limida Eldor Boymatov 30 metrlardan belgilangan jarima to'pini qoyilmaqom tarzda buxoroliklar darvozasiga joylab qo'yib hisobni ochdi. Biroq uchrashuv oxirida mehmonlar javob to'pini kiritishdi.

O'tgan mavsum oxirida “Mashal” o'z uyida “Nasaf”ni SHahzod SHaymanovning urgan goli evaziga mag'lub etgandi. Qizig'i bu safar ham SHaymanov to'p kiritdi va “Mashal” qo'shnisini mag'lub etdi.



Hujumchi
Igor Sergeev "Paxtakor"


Bu turda hujumchilarimiz ko'p ham gol urishmadi. Faqat o'tgan mavsum to'purari Igor Sergeev “Obod” bilan o'yinda to'p kiritdi va ikkita gol urilishiga sababchi bo'ldi. SHu bois ham ramziy terma jamoaning hujum chizig'iga Sergeevni o'zini qo'ydik xolos.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика