So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Oliy liga 14-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga 14-tur ramziy terma jamoasi

Kuni kecha oliy ligada 14-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra o'tgan tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Darvozabon
Javohir Ilyosov "Mashal"


Darvozaga Muborakning "Mashal" klubi posboni Javohir Ilyosovni tanladik. Sababi yosh darvozabon Buxoroda o'tgan bahsda raqibning bir qator zarbalarini qaytarib o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishdi. "Mashal" bu mavsumda safardagi o'yinda ilk bor g'alaba qozonishida aynan Ilyosovning xissasi katta bo'ldi.



Himoyachilar
Xurshid G'iyosov "Obod"
Dilmurod Karimov "Metallurg"
Georgiy Kvesieshvili "Qizilqum"
Jahongir Mehmonov "Neftchi"


"Obod" klubi ham bu mavsumda safarda ilk bor zafar quchdi. Jamoa Andijonda "Andijon"ni mag'lub etib qaytdi. SHu kuni toshkentliklar safida qanot himoyachisi Xurshid G'iyosov juda faol bo'ldi va Norxonovga golli to'p uzatishni amalga oshirdi.

"Metallurg" klubi Bekobodda "Lokomotiv" bilan 3:3 hisobida durang o'ynadi. Maydon egalari safida himoyachi Dilmurod Karimov juda yaxshi o'ynadi. U birinchi golga hammualliflik qilgan bo'lsa oradan ko'p o'tmay jarima to'pidan Nesterov qo'riqlayotgan darvozaga gol urishga ham muvaffaq bo'ldi.

"Qizilqum" va "Neftchi" klublari Navoiyda 0:0 hisobida durang o'ynashdi. Ikkala jamoa hujumchilari gol ura olishmadi. Bunda mezbonlar safida legioner Georgiy Kvesieshvili, mehmonlar tarkibida Jahongir Mehmonovning xissasi katta bo'lganini takidlash lozim.



Yarim himoyachilar
Dostonbek Hamdamov "Bunyodkor"
SHerzod Karimov "Paxtakor"
Jamshid Hasanov "Mashal"
Islom Rashidxonov "Nasaf"


"Bunyodkor" bu tur Namanganda "Navbahor"ni mag'lub etdi. "Qaldirg'ochlar" safida o'tgan yil Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan Dostonbek Hamdamov faol bo'ldi. Aynan Hamdamovning zarbasidan so'ng Pishur avtogol qayd etdi, Dostonbekning to'p uzatishidan so'ng Nurmatov raqib darvozasini ishg'ol qildi.

"paxtakor"ning "Olmaliq" ustidan g'alaba qozonishida SHerzod Karimovning xissasi katta bo'ldi. U o'z jamoasi safida eng faol o'ynagan o'yinchilardan biri bo'ldi. Birinchi bo'lim oxirida SHerzod Sergeevga golli pas oshirdi, ushbu gol yakunda "sherlar"ga g'alaba keltirdi.

"Mashal" yarim himoyachisi Jamshid Hasanov "Buxoro" bilan o'tgan o'yin qahramoniga aylandi. U 85-daqiqa o'tib borayotganda qarshi hujumda darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib darvozani ishg'ol qildi. Ushbu gol "Mashal"ga muhim g'alabani taqdim etdi.

"Nasaf"dan har yili yosh futbolchilar etishib chiqishi odat tusiga kirib bormoqda. Bu yil shunday yoshlardan biri yarim himoyachi Islom Rashidxonov. "So'g'diyona" bilan o'yinda Rashidxonov uchrashuvdagi hisobni ochishga erishdi. Uning zarbasidan so'ng darvozabon xatoga yo'l qo'di va Bolevich ikkinchi bor mehmonlar darvozasiga gol urdi. SHu bois yosh yarim himoyachini ramziy terma jamoaga loyiq ko'rdik. Biroq u o'z ustida ishlashni to'xtatib qo'ysa keyingi turlarda ramziy termalardan o'rin ololmasligi mumkin. SHu bois mehnat qilishdan charchmaslik kerak.



Hujumchilar
Nosir Otaqo'ziev "Qo'qon-1912"
Igor Sergeev "Paxtakor"


"Qo'qon-1912"ning 10 o'yinlik g'alabasiz seriyasiga 14-turga kelib barham berildi. "SHo'rtan" bilan bahsda Nosir Otaqo'ziev juda yaxshi o'ynadi. U g'uzorliklar darvozasiga ikki bor to'p kiritib jamoasining g'alabasiga zamin yaratib berdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

O'tgan yilgi mavsum to'purari Igor Sergeev oxirgi turlarda juda kam gol urayotgandi. "Paxtakor" hujumchisi "Olmaliq" bilan bahsda mavsumdagi o'zining uchinchi dublini rasmiylashtirdi va gollari sonini 10taga etkazib oldi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика