So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  28 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  3 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  1 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  8 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  1 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  59 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  25 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  11 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  19

Oliy liga 12-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga 12-tur ramziy terma jamoasi

Oliy liganing 12-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatimizga ko'ra o'tgan tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Ramziy terma jamoa darvozasiga Erkin Jabborovni joylashtirdik. Sababi ushbu posbon "Navbahor"ga qarshi bahsda juda ishonchli o'ynadi va jamoasining quruq o'yin o'tkazishiga yordam berdi. Navoiy klubi o'z uyida 1:0 hisobida zafar quchdi.

Darvozabon
Erkin Jabborov "Qizilqum"



Himoyachilar
Murodjon Toshmatov "Metallurg"
Evgeniy Gogol "Olmaliq"
Artyom Filiposyan "Buxoro"

"Metallurg" himoyachisi Murodjon Toshmatov "Bunyodkor" bilan o'yinda himoyada ishonchli o'ynashidan tashqari raqib darvozasiga gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. "Olmaliq"ning rossiyalik vakili Evgeniy Gogol "Andijon" bilan uchrashuvda penaltidan to'p kiritishga erishdi. Gogol boshchiligidagi himoyachilar jamoa gol o'tkazmasligini taminlab berishdi. "Buxoro" klubi ham o'z uyida "Neftchi"ga qarshi bahsda gol o'tkazmadi. Ushbu o'yinda mezbonlar himoyachisi Artyom Filiposyan boshqalarga o'rnak bo'la oldi.



Yarim himoyachilar
Jamshid Boltaboev "Paxtakor"
Abbos Omonov "SHo'rtan"
Aziz Ibragimov "Buxoro"
Diyor Turopov "Olmaliq"
Muzaffar Muzaffarov "So'g'diyona"

"Paxtakor" yosh futbolchisi Jamshid Boltaboev "Mashal" bilan uchrashuvda tayanch yarim himoyada o'ynadi. Boltaboev hisobni ochishga erishdi va Sergeev tomonidan urilgan penaltini ishlab berd. Bundan tashqari futbolchi o'yin davomida ham faol bo'ldi. "SHo'rtan" bu turni Toshkentda "Obod" uyidan g'alaba bilan qaytdi. Abbos Omonov uchrashuvda ikkita golli pas oshirdi va g'alabaga katta xissa qo'shdi.

"Buxoro"ning "Neftchi"ni mag'lub etishida Aziz Ibragimov muhim rol o'ynadi. Yarim himoyachi uchrashuvda juda faol bo'ldi va ikkinchi golga mualliflik qildi. "Olmaliq" vodiyda "Andijon"ni 2:0 hisobida mag'lub etib keldi. Diyor Turopov mehmonlar safida yaxshi o'ynadi va bahsdagi oxirgi golni urdi. Turopov golni chamasi 60 metrlardan urdi! Bu vaziyat videosi yaqin vaqt ichida saytimizda taqdim etamiz. "So'g'diyona" ham vodiydan 3 ochko bilan qaytdi. Mehmonlar yarim himoyachisi Muzaffar Muzaffarov "Qo'qon-1912" darvozasiga supergol urishga muvaffaq bo'ldi.



Hujumchilar
SHoxruz Norxonov "Obod"
Temurxo'ja Abduxoliqov "Lokomotiv"

Hujum chizig'iga turda dubl qayd etgan ikki futbolchini qo'ydik. "Obod" hujumchisi SHoxruz Norxonov "SHo'rtan"ga qarshi bahsda o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'yishga erishdi. "O'zbek Neymari" oliy ligadagi gollari sonini 5taga etkazib oldi.

"Lokomotiv" to'purari Temurxo'ja Abduxoliqov esa Qarshida "Nasaf" bilan markaziy o'yinda ikkita gol urdi. SHunday qilib hujumchining gollari 9taga etdi va oliy liga to'purarlari poygasida birinchi o'ringa chiqib oldi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика