So’nggi yangiliklar

17:10Месси экофаоллардан 50 минг евро талаб қилди  0 16:46"Бунёдкор" стадионидаги иккита баҳс "Дўстлик Арена"га кўчирилди  1 16:40АПЛ қайтди. "Ипсвич" - "Ливерпуль"  3 16:36Энцо Мареска: "Менга ЕЧЛга чиқиш вазифаси қўйилмаган. Шунчаки тўғри йўналишдалигимизни сезсак етарли – бу яхши мақсад"  0 16:19ПСЖ 50 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  0 15:25Пичоқланган Ямалнинг отасига нима бўлди?  0 15:23Жаҳон чемпиони "Сепахон"га ўтишга яқин  0 14:52Англия премьер-лигаси. Қолган 10 та клуб билан таништирамиз   1 14:40"Рома"нинг яна бир ҳужумчиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин. Римликлар ушбу трансфердан 20-25 млн евро ишлаб олмоқчи  1 14:15Беллингем дунёнинг машҳур бренди элчисига айланди  0 13:50Ла Лига старти — 4 та ўйинда 3 та дуранг. "Барселона" ўз ўйинини бугун, "Реал" эса эртага ўтказади  2 13:27МЮ футболчида жароҳат мойиллик борлигини била туриб уни харид қилди  1 13:16Ўзбекистон - КХДР учрашувини Олмалиққа кўчирсак бўлмайдими?  29 12:32"Динамо" ОКМКни таслим қилган баҳсдаги футболчи, мураббий ва мухлислар ҳиссиётлари  4 12:23“Трастбанк” ходимлари ўртасида ўтказилаётган “Спартакиада – 2024” спорт мусобақаларининг очилиш маросими бўлиб ўтди  0

Oliy liga. 11-tur. "Mashal"dan 5:0 va boshqa o'yinlar Yangiliklar

Oliy liga. 11-tur. "Mashal"dan 5:0 va boshqa o'yinlar

Teglar :  Oliy liga11-tur
Bugun oliy liganing 11-turidan o'rin olgan 4ta o'yin bo'lib o'tdi.


Bekoboddagi o'yinning 21-daqiqasida bekobodliklar qarshi hujumga o'tishdi. Aniqrog'i Toshmatov chap qanotdan katta tezlikda oldinga o'tib bordi va kuchli zarba yo'llab, Xurshid Xodjaev qo'riqlayotgan darvozaning uzoq pastki burchagini aniq nishonga oldi - 1:0.

42-daqiqada Isoqjonov chap qanotda jarima maydoni ichida to'pni egallab olib, darvozaning uzoq pastki burchagini aniq nishonga oldi - 1:1.

69-daqiqada Hikmat Hoshimovning o'ng qanotdan havolatib uzatib bergan to'pini jarima maydoni ichida Dilmurod Karimov boshi bilan darvozaga aniq joylab qo'ydi - 2:1.

75-daqiqada Javohir Esonqulov o'ng qanotda raqiblaridan qochib ketdi va to'pni Abdullaevga juda qulay tarzda etkazib berdi. Zohid esa qiyinchiliksiz to'pni darvozaga aniq joylab qo'ydi - 3:1.


Metallurg (Bekobod) – Andijon (Andijon) 3:1
10 iyun 2016. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 18:15
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
UzPFL vakili: V. Letkin.

Gollar: 1:0 – Murodjon Toshmatov (22, pas Dilmurod Karimov), 1:1 – Islombek Isoqjonov (43), 2:1 – Dilmurod Karimov (72, pas Hikmat Hoshimov), 3:1 – Zohid Abdullaev (74, pas Javohir Esonqulov).

“Metallurg”: 32. Suhrobjon Sultonov, 4. (s) Hikmat Hoshimov, 6. Dilmurod Karimov, 7. Doniyor Odilov (77. Saidjon Abdujabborov, 58),  8. Ayubxon No'monov, 13. Javohir Esonqulov, 14. Davronbek Karimqulov, 15. Zohid Abdullaev (9. Farhod Namozov, 86), 17. Mirg'iyos Sulaymonov, 22. Murodjon Toshmatov, 70. Jahongir Abdumo'minov (10. Jasur Hakimov, 67).
Zahira: 91. Zafar Safoev, 19. Ergash Ismoilov, 20. Ulug'bek Xudoyberdiev, 50. SHohnazar Norbekov.

“Andijon”: 46. Xurshid Xo'jaev, 2. Tursunboy Husanov (24. Ibrohimjon Rahimov, 32), 3. Davron Tursunov, 4. Azamat Isroilov, 10. Anvar Berdiev (32. Alisher Abduvohidov, 74), 13. Rustam Azamov (77. G'ulom O'runov, 83), 14. Islombek Isoqjonov, 18. Farhodbek Bekmurodov, 26. Baxtiyorjon Qosimov, 27. Robbimjon Hasanov, 89. Boburjon Akbarov.
Zahira: 1. Akmal Tursunboev, 12. Nodirjon Ashurmatov, 17. Timur Vasilev, 28. Jahongir Maqsudov.

Ogohlantirish: Tursunboy Husanov (3).



Muborakdagi o'yinning 13-daqiqasida mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. Sanjar To'raqulov penaltini ijro etdi. Javohir Ilyosov darvozaning yuqori burchagidan to'pni olib chiqishni uddaladi va hisob ochilmay qoldi. 40-daqiqada Mirzohid G'ofurovni chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga oshirib berilgan to'pini Erkinov boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi - 1:0. 

45-daqiqada Mirzohid G'ofurov jarima to'pini ajoyib tarzda darvozaga joylab qo'ydi - 2:0. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada Agalievning markazdan to'p oshirishidan so'ng G'ofurov tezkorlik bilan himoyachilarni ortda qoldirdi va darvozani ishg'ol etdi - 3:0.

48-daqiqada Tursunmurod Hamdamov darvozaga zarba berdi darvozabondan qaytgan to'pga Erkinov birinchi etib borib zarba berdi va hisobni oshirdi - 4:0.

71-daqiqada Zohir Qo'ziboev maydon markazida o'ziga vaziyat yaratdi va tezkorlik bilan birga-bir vaziyatga chiqib, to'pni darvozaga joylab qo'ydi - 5:0.

80-daqiqada "Mashal" tomon belgilangan ikkinchi penaltini ham Javohir Ilyosov qaytardi. Bu safar SHerzod Jalilov zarba bergandi.


Mashal (Muborak) – Obod (Toshkent) 5:0 LIVE
10 iyun 2016. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 19:00
Hakamlar
: I. Tantashev (Buxoro), S. Hakimov (Samarqand), S. Eremeev (Toshkent), SH. Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
UzPFL vakili: N. Lutfulin.

Gollar: SHahboz Erkinov 40, - 1:0 (Mirzohid G'ofurov). Mirzohid G'ofurov 45, - 2:0. Mirzohid G'ofurov 45+2, - 3:0 (Avaz Agaliev). SHahboz Erkinov (Tursunmurod Hamdamov). Zohir Qo'ziboev 71, - 5:0.

Amalga oshirilmagan penalti: Sanjar To'raqulov 14 (darvozabon), SHerzod Jalilov 80 (darvozabon)

Mashal: 35.Javohir Ilyosov, 2.Iskandar SHaykulov, 9.Humoyun Murtozaev, 13.SHahzod SHaymanov (10.Jamshid Hasanov, 70), 18.Abbos SHodmonov (c), 19.Mirzohid G'ofurov, 20.SHahboz Erkinov (7.Zohir Qo'ziboev, 62), 21.Tursunmurod Hamdamov (6.Sardor Abduraimov, 54), 22.Siroj Hamroev, 27.G'ulom Haydar G'ulomov, 55.Avaz Agaliev.
Zaxira: 30.Botir Nosirov, 11.Firdavs Asadov, 25.Ixtiyor Toshpo'latov, 96.SHohjahon Qilichev.

Obod: 91.Davronbek Jo'raqulov, 2.Abror Husinov, 4.Xurshid G'iyosov, 5.G'ayrat Umirov, 6.SHerzod Jalilov, 7.Javohir Qahramonov (29.SHuhrat Majidov, 65), 8.Doniyor Hasanov (c), 9.Pavel Salomin (13.Umidjon Matmusaev, 51), 11.SHohruz Norxonov, 18.Sarjar To'raqulov (20.Alisher Mirzaev, 71), 23.Javlon Iskandarov.
Zaxira: 1.Umidjon Yorbekov, 3.Ilhom Komilov, 10.Alisher Azizov, 19.Abbos Ikromov,  .


Farg'onadagi o'yinning 19-daqiqasida hisobni ochildi. Qanotdan o'zatilgan to'pni jarima maydonchasi ichida qabul qilib olgan Nosir Otaqo'ziev “Neftchi” darvozasiga aniq yo'llab hisobni ochdi – 0:1.

43-daqiqada burchakdan oshirilgan to'pni SHukurali Po'latov darvozaga yo'lladi - 1:1.


Neftchi (Farg'ona) – Qo'qon-1912 (Qo'qon) 2:1
10 iyun 2016. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:00
Hakamlar
: V. Agishev (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
UzPFL vakili: B. Haydarov.

Gollar: Nosir Otaqo'ziev 19, - 0:1. SHukurali Po'latov 43, - 1:1. SHukurali Po'latov 62 penalti, - 2:1.

"Neftchi": 1. O'tkir Yusupov, 2. Sardor Qulmatov, 3. SHukurali Po'latov, 7. Mansur Saidov, 8. Umid Qodirov, 9. SHerzod Hakimov, 10. Murod Bobojonov, 11. Abbos Maxsitaliev, 18. Javohir Rasulov, 20. Dilyorbek Ermatov, 32. Jahongir Mehmonov.
Zaxira: 35. Abdumavlon Abdujalilov, 21. Muhsin Ubaydullaev, 25. Ibrohim No'monov, 26. Otabek Isroilov, 44. Islom Toshpo'latov, 46. Xurshid Asqaraliev, 51. Abduqodir Ortiqov.

“Qo'qon-1912”: 16. Andrey Baklanov, 4. Mirjalol Qurbonov, 5. Jalil Kimsanov, 6. Bahodir Akramov, 7. Otabek Zokirov, 9. Nosir Otaqo'ziev, 17. Aziz To'xtaboev. 20. Doston Tursunov, 22. Orif Mamajonov, 28. Abdullox Olimov. 31. Oybek Nurboev.
Zaxira: 21. G'ayrat Hasanov, 8. Nodir Qo'ziboev, 10. Otabek Haydarov, 11. Navro'z Olimov, 15. Maruf Zokirjonov, 24. Ilya Ilin, 25. Alisher Ziyavuddinov.

Uchrashuvning 77-daqiqasida Hamdamovning to'pni qabul qilib olgan Alempievich kutilmaganda darvozaning yaqin pastki burchagini ishg'ol qildi - 1:0.

80-daqiqda Akromjon Komilovning chap qanotdan erlatib uzatgan to'pini Nasimov darvozaga to'g'rilab, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.


Bunyodkor (Toshkent) – Qizilqum (Navoiy) 2:0
10 iyun 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
UzPFL vakili: A. Inoyatov.

Gollar: Aleksandr Alempievich 77, - 1:0 (Dostonbek Hamdamov). Bahodir Nasimov 80, - 2:0 (Akromjon Komilov)

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal SHorahmedov (S), 3.Akromjon Komilov 6.Anvar G'ofurov, 9.Sato Minori, 10.Eldor SHomurodov (16.Dilshod Ahmadaliev 87), 11.SHahzodbek Nurmatov (14.Bahodir Nasimov, 72), 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Zabihillo O'rinboev (8.Javlon Ibrohimov, 54), 22.Rustamjon Ashurmatov, 71.Aleksandr Alempievich
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 33.Vyacheslav Purak, 54.Mirahmadov 77.Viktor Karpenko

“Qizilqum”: 1.Erkin Jabborov, 5.Georgiy Kvesiashvili 8.Akmal Rustamov 9.G'ayrat Jumaev (17.Otabek Narzullaev, 69), 10.Bahriddin Vahobov (18.Samandar SHodmonov, 76), 20.Vyachelsav SHevchenko (91.Elyor Akbarov, 63), 23.SHerali Jo'raev, 25.Azizbek Usmonov, 27.Ilhom Yunusov, 33.Andrey Derkach 99.Alisher Yusupov
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 7.Sarvar Xolmatov, 14.Fayzulla Qambarov, 71.Sobir Usmonxo'jaev,


OLIY LIGA. Musobaqa jadvali


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика