So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Oliy liga. 10-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 10-tur ramziy terma jamoasi

Oliy liganing 10-tur bashlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Darvozaga uzoq o'ylanishlardan so'ng "Qizilqum" posboni Artyom Makosinni tanladik. Jamoasi mag'lub bo'lgan va uning o'zi ikkita gol o'tkazib yuborgan bo'lsa ham Makosin "Loko" bilan bahsda ancha yaxshi o'ynay oldik. Darvozabonning bir qator seyvlari bo'lmaganida "Qizilqum" yirik hisobda yutqazishi hech gap emasdi. Ikkita goldan biri penaltidan urildi.



Himoyaga "SHo'rtan"ning bir yo'la ikki futbolchisi joylashtirildi. Umar Eshmurodov "Bunyodkor" bilan o'yinda hal qiluvchi yagona golni urishga muvaffaq bo'ldi. O'sha golga pasni Otabek Narzullaev oshirib bergandi. Bahs davomida bu ikki himoyachi "qaldirg'ochlar" hujumchilariga deyarli imkoniyat berishmadi. Natijada "Bunyodkor" yangi murabbiy qo'l ostidagi ilk o'yinda mag'lubiyatga uchradi.



"Dinamo" bu turda Samarqandda "Nasaf"ni qabul qildi. Uchrashuvda jamoa chap qanot himoyachisi Jasur Azimov faol harakatlari bilan boshqalardan ajralib turdi. Aynan uning goli jamoasiga bir ochko taqdim etdi. Bundan tashqari Azimov tajribali Akmal SHorahmedovni qo'riqlashdek vazifani uddalay oldi.



"Metallurg" o'z uyida "So'g'diyona" ustidan g'alabaga erishishida himoyachi Doston Tursunovning xizmatlari katta bo'ldi. Tursunov himoyada mustahkam o'ynashdan tashqari jizzaxliklar darvozasini ishg'ol qilishga erishdi.



"Olmaliq" Muborakda "Mashal" bilan nursiz durang qayd etdi. Bu o'yinda Viktor Kumikov jamoasi safida qanot himoyachisi Islom Inomov o'zining yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi. Futbolchi "Mashal"ning hujumlarini qaytarishda faol bo'ldi.



"Lokomotiv" o'z maydonida "Qizilqum"ni mag'lub etdi. Jamoa yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov doimgidek uchrashuvda o'zini ko'rsatdi. Uning tezkor harakatlari raqiblarni shoshirib qo'ydi. Yakunda Masharipovning urgan goli bahsdagi intrigani o'ldirdi va "Loko" g'alabaga erishdi.



"Paxtakor" Jasur Abduraimov qo'l ostida bir tekisda o'ynay olmayapti. Bu turda "sherlar" "Buxoro"ni 2:1 hisobida taslim qilishdi. Uchrashuvda qaysidir futbolchi ajralib turgani yo'q. Biroq Vladimir Kozak biroz faolroq ko'rindi. U faqat gol urgani uchungina emas maydonda sheriklaridan ko'ra ko'proq to'p bilan muomala qilgani hamda xavfli hujumlar yaratishda ishtirok etgani uchun ramziy termadan o'rin oldi.



"Nasaf" Samarqandda mag'lub bo'lmasligida Aziz G'anievning xizmatlari katta bo'ldi. Yosh yarim himoyachi jarima to'pidan chiroyli gol urib "Nasaf"ga bir ochko taqdim etdi.



"Navbahor" vodiy derbisida "Qo'qon-1912" bilan durang qayd etdi. Uchrashuvda namanganliklar safida eng yaxshi o'yinchi bu albatta tomoshabinlar bo'lgani aniq. SHu kun stadionga kelgan 20 mingdan ortiq muxlis o'z jamoasini fantastik tarzda qo'llab turdi. Futbolchilar orasida esa legioner hujumchi Nemanya Yovanovich gol urdi va ramziy termadan o'rin oldi.



"Neftchi" hujumchisi Mo'ydin Mamazulumov "Obod"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushib jamoasiga g'alaba keltirdi. Agar Mamazulumov maydonga tushmaganida katta ehtimol bilan uchrashuv 0:0 hisobida tugashi mumkin edi.




Championat.asia talqiniga ko'ra 10-tur ramziy terma jamoasi: 

Darvozabon
Artyom Makosin "Qizilqum"

Himoyachilar
Jasur Azimov "Dinamo"
Umar Eshmurodov "SHo'rtan" (2-marta ramziy terma jamoada)
Doston Tursunov "Metallurg"
Rahmatullo Berdimurodov "Olmaliq"
Otabek Narzullaev "SHo'rtan"

Yarim himoyachilar
Jaloliddin Masharipov "Lokomotiv" (2)
Vladimir Kozak "Paxtakor"
Aziz G'aniev "Nasaf"

Hujumchilar
Nemanya Yovanovich "Navbahor"
Mo'ydin Mamazulumov "Neftchi"



Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика