“Oliver Kan akademiyasi” ijrochi direktori va menedjeri O'FAda seminar o'tkazishdi

Narzulla Saydullayev
18 mar 2018, 13:00
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda futbolni yuqori bosqichga olib chiqish, futbolni rivojlantirishning samarali tizimini yo'lga qo'yish borasida xorij tajribasidan keng qamrovli foydalanish maqsadida turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashuv chog'ida yurtimizga Yevropaning kuchli akademiyalari vakillarini olib kelish va ularning tajribasini o'rganish borasida yordam berishni so'ragan va FIFA prezidenti bu borada amaliy yordam berishga vada qilgandi.

Ana o'sha vadaga ko'ra, bugun 18 mart kuni Germaniyaning afsonaviy darvozaboni, Yevropa chempioni va Jahon chempionati kumush medali sovrindori Oliver Kanning akademiyasi ijrochi direktori Moric Mattes  va menedjeri Robert Niemann yurtimizga tashrif buyurishdi.

Germaniyalik mutaxassislar O'zbekiston futbol assotsiatsiyasida milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublarda faoliyat olib borayotgan darvozabonlar murabbiylari uchun seminar o'tkazishdi.


Seminar davomida Moric Mattes “Oliver Kan akademiyasi”ning talim tizimi, murabbiylarni tayyorlash uslubi haqida yig'ilganlarga batafsil tushuntirish berib o'tdi.  Shuningdek, darvozabonlar bilan o'tkaziladigan mashg'ulotlarning o'ziga xos jihatlariga to'xtalib o'tdi.

Seminar davomida darvozabonlar murabbiylari o'zlarini qiziqtirgan savollar yo'llab, tegishli javoblar olishdi.



Bugun nemis mutaxassislari O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com