Olive Jiru faoliyatini MLSda davom ettirishni rejalashtirmoqda

Alisher
18 mar 2024
"Milan" hujumchisi Olive Jiru faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Luka Byankinning xabariga ko'ra, 37 yoshli francuz kelasi mavsumda Nyu-York yoki Los-Anjeles klublaridan biriga o'tishi mumkin.

Jiru 2021 yildan beri "Milan"da o'ynaydi. U joriy mavsum "qizil-qoralar" safida 35ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 9ta assist qayd etdi.

Jiru bunga qadar "Chelsi", "Arsenal", "Monpele", "Tur" va "Grenobl" safida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport