Olive Jiru A Seriya 8-tur ramziy jamoasiga darvozabon sifatida kirdi
10 okt 2023 08:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/766520_original.jpg)
![](/upload/storage/766520_220.jpg)
Olive Jiru A Seriya 8-tur ramziy jamoasiga darvozabon sifatida kirdi
“Milan” hujumchisi Olive Jiru Italiya A seriyasining 8-turi ramziy terma jamoasiga darvozabon sifatida kiritildi.
Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi. A Seriyaning 8-tur jamoasi:
Darvozabon: Olive Jiru («Milan»).
Himoyachilar: Federiko Gatti («Yuventus»), Ilario Monterizi («Frozinone»), Leonardo Spinaccola («Roma»).
YArim himoyachilar: Matias Vesino («Lacio»), Djakomo Bonaventura («Fiorentina»), Leandro Paredes («Roma»), Reynier («Frozinone»).
Hujumchilar: Valentin Kastelyanos («Lacio»), Romelu Lukaku («Roma»), Matias Soule («Frozinone»).
Eslatib o'tamiz, “Milan” — “Jenoa” uchrashuvining 90 daqiqasida Menyana qizil kartochka oldi. Milanliklarda o'yinchi o'zgartirish imkoni qolmagani sababli darvozaga Jiru turgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar