So’nggi yangiliklar

02:20А Серия. "Рома" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Ювентус" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади  1 02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  3 01:40Лига 1. "Лилль"ни ПСЖга қарши ўйиндаги мағлубиятдан Мбаппе қутқариб қолди  5 01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  1 23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  13 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  10 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  11 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  172 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  18 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  2

Oling quda, bering quda... Yangiliklar

Oling quda, bering quda...

Teglar :  Koronavirus
Afsuski, koronavirus tasir qilmagan soha qolmadi.

Sport ham bundan mustasno emas. Klublar yaqin o'tmishda bo'lmagan o'ta qiyin holatga tushib qolganlar. Ularning moliyaviy qiyinchiliklari haqida ozmi-ko'pmi hozirdanoq bilib ulgurdik. Xavfsizlik nuqtai nazaridan kamida shu yilning oxirigacha muxlislarsiz o'ynash darkor - bu yana ishlab topilmagan pullar degani. SHu sababdan jamoalar oyliklarni vaqtinchaga bo'lsa-da, kamaytirish, o'ta kerak bo'lmagan futbolchilardan qutilish niyatidalar. Bu vaziyat esa transfer bozorida o'zgacha yo'l tutishga turtki bo'ladi. Yani futbolchini sotib olish emas, balki uni boshqasiga alishtirish varianti yuzaga keladi. 

Mutaxassislar yaqin vaqtlar ichida transfer bozorida pullar emas, aynan futbolchilarni almashtirish usuli hukmronlik qilishini taxmin qilishmoqda.

Xo'sh, oldinda kutayotgan transfer oynasida qanday "rokirovkalar" bo'lishi mumkin?

Aslini olganda, tarixda chinakam katta almashuvlar deyarli bo'lmagan ekan. 2009 yil "Inter" va "Barselona" amalga oshirgan transfer ishi yodingizdami? Uning natijasida Samuel Eto`O Milanga, Zlatan Ibragimovich esa "Kamp Nou"ni zabt etishga yo'l olgandi. Vaziyat shuni taqozo qilmoqda, klublar holatdan chiqish uchun ijodiy yondashuvni talab qilmoqda. Misol uchun, deysizmi? Marhamat!


Rakitich, Vidal va Koutino ("Barselona") - Lautaro Martines ("Inter")

Kataloniyaning "Barselona" klubi ushbu transfer oynasida faol bo'ladiganga o'xshamoqda. Aynan "ko'k-anorranglilar" 11 yil oldin "Inter" bilan o'ziga xos almashuvni amalga oshirib, Ibragimovich - Eto`O transferini amalga oshirgandilar. 

"Barselona"ning moliyaviy axvoli haqidagi xabarlar koronavirusgacha ham quloqqa chalinayotgandi, bu qo'shimcha bo'ldi. Endi moliyaviy inqiroz klub rahbariyatini yanada qiyinroq vaziyatga solib qo'ymoqda. SHularni inobatga olsak, Neymarni PSJdan qaytarishni unutsa ham bo'ladi chog'i. SHuning uchun kataloniyaliklar bo'ladigan gapni gapirib — yoshi o'tib borayotgan Suaresga o'rinbosar topishsa yaxshiroq bo'lardi.

"Barsa" "Inter"dan Lautaro Martinesni olib kelishni juda istamoqda. Hamyurtining transferini Messi ham qo'llab-quvvatlamoqda. Biroq "ko'k-anorranglilar"ning 460 million evro qarzlari bor, "Inter" esa o'z futbolchisi uchun 111 mln so'ramoqda. "Barselona" vakillari "Inter"ga Koutino (60 mln), Rakitich (20) va Vidal (15) transfer huquqlarini berish orqali ushbu summaning katta qismini yopishni niyat qilishgan. Biroq "neradzurri" barqaror o'yin namoyish eta olmayotgan braziliyalikni bu narxga baholashlari qiyin masala. Qizig'i, Kout Italiyada, aynan "Inter" safida to'p tepgan.


Beyl va Yovich ("Real") - Xarri Keyn ("Tottenxem")

"Real" hujum chizig'ida Mbappe va Xolandni ko'rishni istaydi, ammo keraksiz bo'lib turgan Beyl va Yovichning o'rniga Keynni olishni imkoni paydo bo'lsa, yo'q demasa kerak. Xarri "qaymoqranglilar"ga foydasi tegishi aniq. "Tottenxem" Keynning transferini 220 million evroga baholamoqda, lekin bu "Real" uchun ham "nereal" summa. Hozirgi moliyaviy vaziyatda ushbu raqamni hech bo'lmasa ikkiga bo'lish kerak.

Xarri "Tottenxem"da o'ynashdan charchayotgandek tasavvur tuyulmoqda, u yanada o'sishni va muhimi sovrinlar yutishni istaydi, Garet yaxshi pul berishsa, sobiq jamoasiga qaytishga qarshi bo'lmasa kerak. Luka yaqin vaqtlar ichida "tushirgan qovunlari" tufayli ham ortiqcha oyoq tirab turib olmasligi tabiiy. 


David Alaba ("Bavariya") - Leroy Sane ("Manchester Siti")

"Bavariya" anchadan buyon Leroy Sane bilan bog'liq vaziyatni kuzatadi. O'tgan mavsum Sane jiddiy jarohat olganidan keyin ham myunxenliklarning qiziqishi yo'qolmadi. O'z navbatida, Gvardiola chap qanot uchun ideal himoyachi qidirmoqda. Sababi, Mendi va Zinchenko o'ta talabchan Xosepni doim ham xursand qila olishmayapti. David Alaba faoliyatiga yaxshigina tasir ko'rsatgan murabbiy Gvardiola qo'l ostida yana o'ynashga qarshi emas. Ammo "Bavariya" avstriyalik futbolchining o'rniga Alfonso Devisni topib qo'yib bo'lgan.


Pol Pogba (MYU) - Paulo Dibala yoki Aleks Sandro + Aaron Remzi ("Yuventus")

"Yuventus" Pol Pogbani Turinga qaytarish niyatida, jahon chempionining o'zi esa MYUni tark etish harakatiga tushib qolgan. Qo'shimchasiga, "Keksa sinora"da "qizil iblislar"ni qiziqtira oladigan futbolchilar etarli. "Manchester Yunayted" agar "Yuve" francuzni Paulo Dibalaga alishishni taklif qilsa yoki chap qanot himoyachisi Sandro va Remzini, yarim himoyachi bevosita Pogbaning joyini egallashga qodir, ushbu taklifni jiddiy o'ylab qolishi turgan gap. Jamoada o'ynagisi kelmayotgan har qanday futbolchi faqatgina ichki muhit buzilishiga sababchi bo'ladi. Ustiga-ustak agar u Pogbadek xarakterli bo'lsa...


Tomas Parti ("Atletiko") - Aleksandr Lyakazett ("Arsenal")

Barchasi oddiy: "Atletiko"ga hujumchi kerak, "Arsenal"ga esa ishonchli tayanch yarim himoyachi. Parti kuchini APLda sinab ko'rish niyati borligini intervyularidan birida aytib o'tgandi. "Kanonirlar" anchadan buyon afrikalik futbolchi atrofida aylanishadi, lekin yana cho'rt kesarlik etishmayapti. Sekin-sekin bu odatga aylanib qolmoqda chog'i. Ammo Lyakazettning transferining boshqa tomoni ham mavjud. Franciyalik hujumchi londonliklar sardori va asosiy yulduzi Per-Emerik Obameyangning yaqin do'sti va Aleksandr ketsa, gabonlik forvard ham shartnomasini uzaytirmasligi deyarli aniq bo'lib qoladi.


Kepa Arrisabalaga ("CHelsi") - Janluijji Donnarumma ("Milan")

"CHelsi" futbol tarixidagi eng qimmat darvozabonning o'yinidan norozi. Kepani dunyoning eng qimmat darvozaboni ekanligi biroz ajablanarli-a? "Milan" esa hozirgi holatida Evropaning eng iqtidorli posbonlaridan biri bo'lmish Jijjiga ko'p narsa vada qila olmaydi. Donnarumma besh yildan buyon "rossoneri" sharafini himoya qilmoqda. Biroq hozir "Milan"da to'p tepib dunyoning eng yaxshisi bo'lish imkonsiz. "Aristokratlar" "Milan"ni Donnarummani qo'yib yuborishga, Kepani esa Italiyaga yo'l olishga ko'ndirish harakatidalar. Arrisabalagaga qo'shib Italiyaga Viktor Mozes yoki Davide Zappakostani jo'natishlari ham mumkin.


Nelson Semedu ("Barselona") - Joau Kanselu ("Manchester Siti")

"Barselona" va "Manchester Siti"da jamoadagi holatidan qoniqmayotgan bittadan qanot himoyachilari bor. Qizig'i, har ikkisi portugal, o'rtada bir yosh farq, transfer narxi ham deyarli bir xil. "Barselona" hali u transferga, hali bunisiga Nelsonni qo'shib yuborolmay halak, "Man Siti" ham o'z navbatida Kanselu bilan xayrlashishga qarshi emas. Agar bu oldi-berdi o'xshasa, hamma yutadi.


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика