So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  25 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Olimpiyachilarimiz mart oyiga qadar 8ta yig'in o'tkazadi Yangiliklar

Olimpiyachilarimiz mart oyiga qadar 8ta yig'in o'tkazadi

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi kelgusi yilning mart oyida Toshkentda U-23 Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi.

Olimpiyachilarimiz ushbu saralash bahslariga qadar 8ta yig'in o'tkazadi. Biz har bir yig'in muddati va o'tkazilish joyini o'quvchilarimizga batafsil malumot berishga qaror qildik.

Birinchi, 12-21 noyabr kunlari futbolchilarimiz Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etiladigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi. "Dubai Cup - 2018" turnirida
O'zbekistondan tashqari mezbon BAA, Yaponiya va Kuvayt olimpiya terma jamoalari ishtirok etadi.

Ikkinchi, 10-17 dekabr kunlari Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkaziladi. Mavsum tugaganidan keyingi birinchi yig'in poytaxtda tashkil etiladi. Ob-havo noqulay kelmasa albatta nazorat uchrashuvlari o'tkazilishi mumkin.


 


Uchinchi, 18-28 dekabr kunlari Ispaniyada Yangi yil bayrami oldi xorijiy yig'in tashkil etiladi. Mazkur yig'in doirasida bir qator xorij jamoalariga qarshi nazorat bahslari o'tkaziladi. Albatta, Ispaniyada dekabr oyida ob-havo O'zbekistonga nisbatan anchagina issiq bo'ladi.

To'rtinchi, Yangi yil bayrami o'tganidan keyin olimpiyachilarimiz yana Toshkentda yig'ilishadi. Bu safargi o'quv-mashg'ulot yig'ini 4 yanvardan 10 yanvarga qadar davom etadi. Bu yig'in ham xorij yig'iniga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

Beshinchi, 10-25 yanvar kunlari oralig'ida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida yig'in o'tkazadi. Bu safargi xorijiy yig'inda ham terma jamoamiz nazorat uchrashuvlarida maydonga tushadi. Yanvar oyida Antaliyada ajoyib ob-havo hukm surayotgan bo'ladi va Evropaning qator klublari yig'in o'tkazishlari urfga kirgan.




Oltinchi, qisqa tanaffusdan so'ng olimpiyachilarimiz fevral oyining dastlabki 10 kunligida poytaxtda yig'ilishadi. Bu yig'inda nazorat uchrashuvi rejalashtirilmagan.

Ettinchi, Toshkentdagi 9 kunlik yig'in ham xorijiy yig'inga ulanib ketadi. Hozircha 10-24 fevral kunlari oralig'ida bo'ladigan yig'in qaerda bo'lishi aniq emas. Ikkita variant bor: Ispaniya yoki Turkiya.

Sakkizinchi, 3-17 mart kunlari O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazadi. Mazkur yig'in U-23 Osiyo chempionati saralashidan oldingi eng so'nggi yig'in bo'ladi. Ikki haftalik yig'inda vakillarimiz nazorat o'yinlarini o'tkazishadi.




To'qqizinchi, 18-26 mart oralig'ida Toshkentda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'rin olgan U-23 Osiyo chempionati saralash guruhi o'yinlar bo'lib o'tadi. Saralash bahslariga kecha, 7 noyabr kuni qura tashlandi. Raqiblarimiz Tojikiston, Hindiston va Pokiston bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionatining amaldagi chempioni hisoblanadi. 2018 yil yanvar oyida Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz Xitoyda o'tgan qita chempionatida g'olib bo'lgandi. 2020 yilgi U-23 Osiyo chempionatiga Tailand mamlakati mezbonlik qiladi. Musobaqa 2020 yilning 8-26 yanvar kunlari bo'lib o'tadi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика