Olimpiya terma jamoamiz ertaga Vetnamga yo'l oladi
09 mar 2015 16:28
Yangiliklar

Olimpiya terma jamoamiz ertaga Vetnamga yo'l oladi
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'rtoqlik o'yini o'tkazish maqsadida ertaga Vetnamga uchib ketadi.
Baxtiyor Ashurmatov boshqaruvidagi jamoa u erda Vetnam olimpiyachilariga qarshi maydonga tushadi. Aslida Vetnamga borishdan maqsad ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib qaytish edi. Biroq keyinchalik bitta o'yin bo'lib o'tishi malum bo'ldi va bu uchrashuv 14 mart kuni o'tkaziladi.
7 mart kuni olimpiya terma jamoamiz "Jar" stadionining qo'shimcha maydonida "Olmaliq"qa qarshi nazorat bahsida maydonga tushib, 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Vetnamga qarshi bahs Bangladeshda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga saralash bosqichidan oldin tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Eslatib o'tamiz, saralashdagi raqiblarimiz Bangladesh, Suriya va Hindiston bo'lib, guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoa kelasi yil Qatarda o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga yo'llanma oladi. Hozircha Vetnamga yo'l oladigan yakuniy tarkib borasida to'liq malumotga ega emasmiz, bu xaqda O'FFda tarkibni kutib qolamiz.

Fikrlar