So’nggi yangiliklar

19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  1 18:38Слот "Арсенал" билан дуранг нега орқага ташланган қадам эмаслигини тушунтирди  1 18:14Мармуш "Сити"дан кетмоқчи эмас  2 17:45Жаҳон чемпионатининг тўртта юлдузли иштирокчиси март ойида АҚШда учрашади  1 17:18Куни кеча "Сурхон"дан кетган мураббий Зейтуллаев штабида иш бошлади  1 16:57"Арсенал" етакчиси муаммога дуч келди  0 16:35Миржалол Қосимов: "Жон сақлаш учун курашгандан кўра ўйнамаган яхши"  5 16:17Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубоги ўйинида ишлайди  1 15:50Саудия Арабистони гранди Брунуга йирик битим таклиф этмоқда  4 15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  2 14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  1 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  5 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  4 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  11 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  7

Olimpiya terma jamoasi yig'inga kirishdi Yangiliklar

Olimpiya terma jamoasi yig'inga kirishdi

Camvel Babayan qo'l ostida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi birinchi yig'inga kirishdi.

Yanvar oyida Qatarda o'tkaziladigan Osiyo Kubogida ishtirok etadigan olimpiya terma jamoasi bugundan 2016 yil Rio-de-Janeyroda o'tadigan Olimpiadada ishtirok etish uchun yo'llanma beradigan musobaqaga tayyorgarlikni boshladi. Toshkentda ikki kun shug'ullanilgach, 2 dekabr kuni yig'inni davom ettirish BAAning Ajman amirligiga yo'l olinadi. 2-14 dekabrda Ajmanda va 19-28 dekabr kunlari Dubayda yig'in o'tkaziladi. 2-9 yanvar kunlariga mo'ljallangan yakuniy yig'in ham Dubayda o'tishi rejalashtirilgan. Keyin olimpiyachilarimiz Doxaga yo'l oladi va 13 yanvarda Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasiga qarshi uchrashuv bilan Osiyo Kubogidagi ishtirokini boshlaydi.

Nazorat o'yinlaridagi raqiblar va o'yinlar sanalari quyidagicha:

7 dekabr - "Al Vasl" (BAA)
13 dekabr - Yaponiya
20 dekabr - KXDR
23 dekabr - BAA
27 dekabr - Qatar
4 yanvar - Xitoy
6 yanvar – Iordaniya

Yig'inga jalb etilgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibi quyidagicha:

Darvozabonlar: Abdumavlon Abdujalilov (“Neftchi”), Javohir Ilyosov (“Mashal”), Alibek Turobov (“Nasaf”), Asilbek Omonov (“Paxtakor”)

Himoyachilar: Sardor Rahmonov (“Neftchi”), Bobur Yo'ldoshev (“Lokomotiv”), Maksimilian Fomin (“Buxoro”), Javlon Mirabdullaev (“Metallurg”), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Abdulloh Olimov (“Andijon”), Diyor Turopov (“Olmaliq”)

Yarim himoyachilar: Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Odil Hamrobekov (“Nasaf”), Otabek SHukurov (“Buxoro”), Javohir Rasulov (“Neftchi”), Doniyor Ismoilov (“Olmaliq”), Abbos Maxstaliev (“Neftchi”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Jahongir Abdumo'minov (“Olmaliq”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Temur Hakimov (“Oqtepa”)

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Paxtakor”), Eldor SHomurodov (“Bunyodkor”), Jasur Hakimov (“So'g'diyona”), SHohnazar Norbekov (“Metallurg”)

Zaxira: Muhsin Ubaydullaev (“Neftchi”)

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика