So’nggi yangiliklar

20:36Суперлига. 26-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 20:13Ҳарри Кейн орзусидаги жамоани тузди  1 20:04Рой Кин: "Агар "Манчестер Юнайтед" бугунгидек ўйнаса, Аморим яна 3 йил ишлайди"  0 19:43Эндрик "Реал"дан Лига 1 клубига ўтадими?  0 19:23"Насаф" "Шабаб Ал Аҳли" билан қандай рангдаги либосларда ўйнашига аниқлик киритилди  1 19:11Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Арал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 18:38Азмун "Насаф"га қарши ўйнамайди  3 18:10"Нефтчи" Фарғонада ОКМК устидан минимал ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:49Заид Таҳсин: "БААни енгиб, мундиалга йўл оламиз..."  9 17:27"Ал Ҳалдия" Ўзбекистонга етиб келди  10 17:00Ван Дейк "Манчестер Юнайтед"дан учралган мағлубият ҳақида: "Иккинчи голни эҳтиётсизлик туфайли ўтказиб юбордик"  6 16:31Юрген Клопп нима учун "Манчестер Юнайтед"ни бошқаришни истамаган?  10 16:03Алонсо: "Реал" Мбаппега боғланиб қолганми? Мен бундай демаган бўлардим"  7 15:35"Навбаҳор"га санкция қўлланади  13 15:03Швеция терма жамоасига бош мураббий тайинланди  1

"Olimpik" futbolchisi Abdurauf Bo'riev - Buskets va Xavi, Evropadan taklif bo'lgani, Jahon chempionati haqida Yangiliklar

"Olimpik" futbolchisi Abdurauf Bo'riev - Buskets va Xavi, Evropadan taklif bo'lgani, Jahon chempionati haqida

Futbolda ko'proq gol uradigan hujumchilar, gollardan saqlab qolgan darvozabonlar diqqat markaziga ko'proq tushadi.

Ammo, maydonda "qora" ishni bajaruvchi poziciya vakillariga har doim ham etibor markazida bo'lavermaydi. Ular ko'rinmas ish qilsalarda, jamoaning asosiy "miyasi" hisoblanadi. Kecha 2022 yilning ramziy terma jamoasidan o'rin olgan Abdurauf Bo'riev "Olimpik" klubi va O'zbekiston olimpiya terma jamoasining muhim bo'lagi sifatida yutuqlarga munosib ulush qo'shdi. 


— Yil ramziy terma jamoasiga kirganimdan xursand bo'ldim. Ichimda qandaydir ramziyga tushaman, degan hissiyot bor edi. To'g'ri bu chiziqda raqobat kuchli. Lekin bundan qo'rqmaslik kerak. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi.

— Poziciyamga kelsak, birinchi navbatda jamoamga foydam tegishini istayman. To'g'ri poziciyam tashqaridan qaraganda ko'zga ko'rinmaydigan. Biroq asosiy vazifani bajarib beradi. Hujumni ham, himoyani ham nazorat qiladigan nuqta hisoblanadi. 


— Joriy yilgi musobaqalarning har biridan tajriba oldim. Fikrimcha, Osiyo chempionati ko'proq narsa berdi. CHunki xalqaro o'yin doim qiyin kechadi. Masuliyati ham yuqori bo'ladi. 

— Ispaniyalik Serxio Busketsga o'xshatishadi. Menimcha, har bir futbolchi yoshligida Messi yoki Ronalduga muxlislik qilgan. SHular orasida men futbolni tushuna boshlaganim sari Buskets va Xavini kuzatganman. Ular kumirlarim. 

— Jahon chempionatida ikkita terma jamoaga muxlislik qilmoqdaman. Ular Argentina va Ispaniya. Messi jamoasi o'z o'yinini sekin tiklab olmoqda. Bu terma jamoa keyingi bosqichga chiqadi, deb o'ylayman. Ispaniya - Germaniya, zo'r o'yin bo'ladi. Nemislarga ayni paytda g'alaba suv va havodek zarur. Nima ham derdim, kuchlisi g'alaba qozonsin.


— Keyingi rejalarim "Olimpik" bilan bog'liq. Yurtimizda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatidan keyin xorij jamoalari, Evropa, Osiyodan ham takliflar kelib tushdi. Ammo hozir "Olimpik"da qolishga qaror qildim. 


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика