"Olimpik" bilan o'yinda mahoratning o'zi kamlik qiladi - Superliga 8-tur oldidan mutaxassis fikri yoxud "Neftchi"ga nima etishmayapti?
10 may 2022 10:13
Yangiliklar
"Olimpik" bilan o'yinda mahoratning o'zi kamlik qiladi - Superliga 8-tur oldidan mutaxassis fikri yoxud "Neftchi"ga nima etishmayapti?
So'nggi o'yinlarda mag'lubiyatlar "girdobi"ga tushib qolgan "Neftchi" o'z maydonida "Olimpik"ni qabul qilsa, "Metallurg" Toshkentga "Bunyodkor" maydoniga safar uyushtiradi. Boshlanajak tur oldidan mutaxassis fikriga quloq tutish maqsadida sobiq futbolchi Abdumajid Toirovga yuzlandik.
— Farg'ona shahri klubi yaxshi tarkibga ega va jadvaldagi hozirgi egallab turgan o'rni vaqtinchalik. Jamoaga qandaydir hamjihatlik etishmayotgandek. Balki sababi ichki muhitdadir. "Olimpik" bilan o'yinda g'alaba qozonish uchun mahoratning o'zi kamlik qiladi. Taktik jihatdan ideal o'yin ko'rsatish kerak. CHunki Timur Kapadzening jamoasi tezkor o'yin namoyish qiladi. Taktik jihatdan ancha raqiblarni qiynab qo'ymoqda. Bugun yaxshi va sifatli futbol ko'ramiz. Taxminimcha, o'yin durang natija bilan yakunlanadi.
Bunyodkor Umarali Rahmonaliyev - 18' |
Superliga. 8-tur 10/05/2022, 19:00 1
:
1
Tugadi
|
Metallurg Damir Temirov - 67' |
— "Bunyodkor" jamoasi bugungi kunda o'yin tomondan ham, jadvalda ham "Metallurg"dan oldinda hisoblanadi. Bahs Toshkentda bo'lishini ham inobatga olsak maydon egalari g'alaba qozonishini taxmin qilishim mumkin.
Qizilqum SHon Pol Komolafe - 55' Superliga. 8-tur 11/05/2022, 19:00
OKMK Martin Boake - 45', Sardor Rahmonov - 54', Siyavash Haqnazariy - 82', Xurshid G’iyosov - 90'
— Mazkur to'qnashuvda "Qizilqum" nominal mezbon bo'lishiga qaramay Olmaliqda to'p tepadi. Demak o'z-o'zidan ustunlik AGMK tomonida. O'yin tomonlama ham Mirjalol Qosimov shogirdlari raqibidan bir bosh balandroq. AGMK avvalgi turda o'z maydonida "So'g'diyona"ni engdi. "Paxtakor"ga munosib qarshilik ko'rsatib haqli bir ochko ishladi.
Lokomotiv Xurshid Muxtorov - 58' |
Superliga. 8-tur 11/05/2022, 19:00 2
:
1
Tugadi
|
Qo’qon-1912 Anvar Hojimirzaev - 19', Javohir Sidiqov - 90' |
— "Temiryo'lchilar" oxirgi ikki o'yindagi g'alabadan so'ng ayni paytda yaxshi kayfiyatda. Fikrimcha, "Qo'qon-1912" bilan bahsda g'alabali seriyasini davom ettiradi. Bir narsani aytish joiz, Baxtiyor Ashurmatov boshchilik qilayotgan jamoa osonlikcha yutqazmaydi. Ular "Nasaf", "Surxon"ga qarshi sifatli futbol ko'rsatdi. Faqat omad etishmayapti.
Dinamo |
Superliga. 8-tur 11/05/2022, 19:00 1
:
0
Tugadi
|
Navbahor Rustam Ashurmatov - 90' |
— Samarqandliklar so'nggi ikki uchrashuvda durang natija qayd etdi. Bu safargi raqib esa — "Navbahor". Qaysidir manoda "Dinamo"ga oxirgi uchrashuvlardagi taktikasi ish berishi mumkin. Biroq o'z muxlislari oldida baribir hujum qilishi kerak bo'ladi. Bunga "Navbahor" imkon berarmikan? Nima bo'lganda ham stadionga kelgan muxlislar ajoyib futbol guvohiga aylanishadi. Yakunda "Navbahor" g'alabada qozonadi, deb o'ylayman.
Paxtakor Oliver Sharkich - 54', Oliver Sharkich - 66' |
Superliga. 8-tur 12/05/2022, 19:00 2
:
2
Tugadi
|
Surxon Luis Migel Kesada - 81', Murod Bobojonov - 90' |
— Bu o'yinda ustunlik "Paxtakor"da. "Surxon" kuchli iroda, to'g'ri tanlangan taktika va jamoaviy birlik evaziga "sherlar"dan ochko olishi mumkin.
So'g'diyona Shohruz Norxonov - 58' |
Superliga. 8-tur 12/05/2022, 19:00 2
:
1
Tugadi
|
Nasaf Oybek Bozorov - 29', Oybek Bozorov - 74' |
— Turning markaziy o'yini. Ikki xil uslubdagi jamoalar to'qnashuvi. "So'g'diyona"ning tezkor qarshi hujumlar, vertikal futbol, himoyadagi aqlli harakatlar va sabr bilan vaziyatni kutish ustiga qurilgan. "Nasaf" esa to'pni nazorat qiladi, maydonda birinchi raqamli jamoaga aylanadi. Ularda pozicion hujumlar va o'ylangan paslar bor. Ikki jamoaga ham omad va tomoshabob futbol ko'rsatishni tilab qolaman.
Fikrlar