Olimjon Karimovning Hindiston klubi bilan shartnoma bekor qilganiga nima sabab bo'ldi?
30 jan 2022 13:28
Yangiliklar
Olimjon Karimovning Hindiston klubi bilan shartnoma bekor qilganiga nima sabab bo'ldi?
Malum bo'lishicha, futbolchi klub bilan shartnomani bekor qildi. Xo'sh, nima sababdan bekor qilgani borasida Karimov fikrlariga quloq tutdik.
“Xabaringiz bor, men “Aizavl” klubi bilan dekabr oyida shartnoma imzolagandim. Biroq viza ololmagani uchun ham shartnomani bekor qildim. Klub viza olishim uchun barcha kerakli hujjatlarni yubordi. Biroq Hindiston elchixonasi menga viza olishim uchun rad javobini berishdi. Sababini ham tushuntirishganicha yo'q. Qisqasi, viza ololmasligim aniq bo'lganidan so'ng shartnomani kelishgan holda bekor qildik.
Hozircha uydaman va o'zim yakka tartibda shug'ullanib turibman. O'tgan mavsum yakunida “Xo'jand” menga taklif bilan chiqqan va shartnoma muddatini uzaytirishni taklif qilgandi. Biroq men Hindiston klubi bilan kelishuvga erishib qo'yganim sababli, taklifini rad etgandim. Ko'ramiz, mavsumni qaysi jamoada boshlayman, buni tez orada bilib olaman”, - deya so'zini yakunladi Karimov.
Fikrlar