"Olim To'ychiboev jarohat olgani uchun Namangandagi uchrashuvda ishlamagandi" - Laziz Qo'chqorov
07 sen 2023 17:21
Yangiliklar


"Olim To'ychiboev jarohat olgani uchun Namangandagi uchrashuvda ishlamagandi" - Laziz Qo'chqorov
"U haqiqatan jarohat olgandi. Hakamimiz 16-turda "Qizilqum" – "Metallurg" uchrashuvda ishladi. Uchrashuv yakunlanganidan so'ng Olim bizga telefon qildi va ozgina jarohat olganini va malum muddat davomida jarohatini davolashini aytdi.
Biz unga jarohatni tiklash uchun 4-5 kun vaqt berdik. SHundan so'ng uni 18-tur doirasidagi "Navbahor" – OKMK uchrashuviga tayinladik.
Hakamlar ham mashg'ulotlar olib boradi va mashg'ulotlarning birida u jarohatini qaytalab olganini malum qildi. SHundan so'ng uni Namangandagi uchrashuvdan olgandik.
Barchasi joyiga tushganidan so'ng Olim To'ychiboevni Kubok bahsidan o'rin olgan OKMK – "Xorazm" uchrashuviga tayinladik", – dedi Hakamlar markazi rahbari.
Laziz Qo'chqorov bilan intervyuni tez orada tomosha qilishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar