"Olim To'ychiboev jarohat olgani uchun Namangandagi uchrashuvda ishlamagandi" - Laziz Qo'chqorov

Sherzod Nurmatov
7 sen 2023, 17:21
O'zFHM rahbari Laziz Qo'chqorov jarohatda ekanligi aytilib, "Navbahor" – OKMK uchrashuvidan olingan Olim To'ychiboev nima sababdan uch kun o'tib Kubok bahsida hakamlik qilganini tushuntirib berdi.

"U haqiqatan jarohat olgandi. Hakamimiz 16-turda "Qizilqum" – "Metallurg" uchrashuvda ishladi. Uchrashuv yakunlanganidan so'ng Olim bizga telefon qildi va ozgina jarohat olganini va ma'lum muddat davomida jarohatini davolashini aytdi.

Biz unga jarohatni tiklash uchun 4-5 kun vaqt berdik. Shundan so'ng uni 18-tur doirasidagi "Navbahor" – OKMK uchrashuviga tayinladik. 

Hakamlar ham mashg'ulotlar olib boradi va mashg'ulotlarning birida u jarohatini qaytalab olganini ma'lum qildi. Shundan so'ng uni Namangandagi uchrashuvdan olgandik.

Barchasi joyiga tushganidan so'ng Olim To'ychiboevni Kubok bahsidan o'rin olgan OKMK – "Xorazm" uchrashuviga tayinladik", – dedi Hakamlar markazi rahbari.

Laziz Qo'chqorov bilan intervyuni tez orada tomosha qilishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia