"Olim Ahmedov Kubogi"da finalchilar malum
17 dek 2020 18:14
Yangiliklar


"Olim Ahmedov Kubogi"da finalchilar malum
O'zbekiston MTJ sardori Odil Ahmedov padari buzrukvori Olim aka Ahmedov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan "Olim Ahmedov Kubogi"da bugun pley-off uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
"B" bosqich. 1/2 final. 17 dekabr
Namangan TJ - Samarqand FA 1:2
"Ahmad" - "Bunyodkor" 0:1
"A" bosqich. 1/2 final. 17 dekabr
"Odil Ahmedov FA" - "Farovon" 0:0 (penaltilar seriyasi 4:2)
"Lokomotiv" - ROZSK OA 3:1
Bugungi o'yinlardan so'ng finalga chiqqan shuningdek, boshqa o'rinlar uchun o'ynaydigan jamoalar nomi malum bo'ldi. Barcha yakuniy uchrashuvlar, shuningdek musobaqaning taqdirlash marosimi ertaga bo'lib o'tadi.
Xotira turnirining hal qiluvchi final bahsida "Odil Ahmedov FA" va "Lokomotiv" o'zaro bahs olib boradi. Uchinchi o'rin uchun bellashuvda esa"Farovon" bilan ROZSK OA o'zaro kuch sinashadi.
7-o'rin uchun. 18 dekabr
10:30. Namangan TJ - "Ahmad"
5-o'rin uchun. 18 dekabr
9:30. Samarqand FA - "Bunyodkor"
3-o'rin uchun. 18 dekabr
11:30. "Farovon" - ROZSK OA
Final. 18 dekabr
12:30. "Odil Ahmedov FA" - "Lokomotiv"
O’xshash yangiliklar

Fikrlar