So’nggi yangiliklar

01:50Максим Шацких: "Декабрь ойида барчасини сарҳисоб қиламиз. Ўйинни назорат қилдик ва рақибга имконият бермадик"  10 01:40МЮ "Атлетико" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 01:24Мората "Милан"га ўтиши ҳақида гапирди  0 01:07"Наполи" ҳатто Осимхен қолса ҳам, Лукаку билан шартнома имзоламоқчи, аммо 30 млн евродан қимматига эмас  0 00:40"Барселона" "Челси" ўйинчисининг трансфери устида ишламоқда  1 00:20Англия Суперкубоги. "Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед" 1:1, Брунонинг ажойиб голи ҳисобга олинмади  0 00:15Стерлинг "Ювентус"га ўтиши мумкин  0 00:04РПЛ. ЦСКА 90+1 дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб "Краснодар"га мағлуб бўлди  9 23:45Дибала Саудиянинг учинчи клубидан ҳам таклиф олди, аммо...  1 23:21"Барселона" футболчиси "Ювентус"га йўл оладими?  0 22:53"Ливерпуль" ўз ўйинчисини 20+7,5 млн фунтга сотади  1 22:45Суперлига. "Насаф" - "Пахтакор" 1:0  4 22:22Виталий Левченко: "Тартибли футбол эвазига ғалабага эришдик"   2 22:06Вадим Абрамов: "Гол ўтказилганида хато бутун жамоаники бўлади"  5 21:59Суперлига. "Насаф" марказий ўйинда пенальтидан урилган гол эвазига "Пахтакор"ни мағлуб этди  95

Oliy liganing eng kuchli 33 futbolchisi Yangiliklar

Oliy liganing eng kuchli 33 futbolchisi

Oliy ligamizda navbatdagi mavsum ham yakuniga etdi va hozir klublar qishki tatilni o'tkazishmoqda.

Bundan keyin to yangi mavsumga tayyorgarlik boshlanguncha sarhisob davri bo'ladi: chempionat yakunlari tahlil qilinadi, statistik malumotlar muxlislar etiboriga havola qilinadi va albatta eng yaxshilar aniqlanadi. Saytimiz mavsum davomida milliy chempionat bahslarini imkon qadar yoritib bordi. Endi esa bemalol yil davomida yaxshi o'yin ko'rsatgan futbolchilarni keltirib o'tsak bo'ladi.

Sayt xodimlari bilan o'zaro maslahatlashgan holda oliy liganing eng kuchli 33 futbolchisini aniqlab oldik. Quyida shu haqda fikr yuritamiz. 33 nafar eng yaxshi futbolchini aniqlab olish uchun har bir turdan keyin saytimizda berib borilgan “Turning ramziy terma jamoasi”ga alohida urg'u berdik. Yana shuni aytish lozim, 4-4-2 sxemasi bo'yicha tanlab olingan futbolchilarni har bir chiziqqa uchtadan qo'yib chiqdik.  



DARVOZABONLAR
Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”)
Eldor Suyunov (“Nasaf”)
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)

Darvozabonlar borasida eng yaxshi uchlik sifatida Lobanov, Suyunov va Nesterov variantida to'xtaldik. CHunki har uchala posbon ham joriy mavsum o'zlarini yaxshi ko'rsata olishdi.

HIMOYACHILAR



(O'ng qanot):  
SHuhrat Muhammadiev (“Nasaf”)
Akmal SHorahmedov (“Bunyodkor”)
Ibrohim Rahimov (“Lokomotiv”)

O'ylashimizcha, o'ng qanot himoyachilariga hech kimda etiroz bo'lmasa kerak. Negaki “Nasaf” vakili SHuhrat Muhammadiev bu yil o'zini to'liq namoyon etib, natijada terma jamoadan joy oldi. SHuningdek, Akmal SHorahmedov bilan Ibrohim Rahimov ham o'zlarini ko'rsata olishdi.

(CHap qanot):
Aleksandr Merzlyakov (“Paxtakor”)
Mirzohid G'ofurov (“Mashal”)
Akmal Rustamov (“Qizilqum”)

Aleksandr Merzlyakov hech shubhasiz mavsum kashfiyoti bo'ldi. SHuningdek, “Mashal” vakili Mirzohid G'ofurov ham bu yil o'zini ko'rsata oldi. Akmal Rustamovga kelsak, tajribali himoyachi bir necha yildirki yaxshi o'yin namoyish etmoqda.   
 



(Markaz-1):
Egor Krimec (“Paxtakor”)
Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”)
Hamza Karimov (“Nasaf”)



(Markaz-2):
Jahongir Mehmonov (“Neftchi”)
Yuriy Rijko (“Navbahor”)
Siroj Hamroev (“Mashal”)



Markaziy himoyachilarni tanlab olish ko'p ham qiyin bo'lmadi. CHunki bu mavsum bir nechta markaziy himoyachilar o'zlaridan iliq taassurot qoldirishdi. Egor Krimecdan tortib Siroj Hamroevgacha. Qolaversa, Islom To'xtaxo'jaev, Hamza Karimov, Jahongir Mehmonov, shuningdek belorusiyalik legioner Yuriy Rijko chempionatning eng kuchli 33 futbolchisi qatoridan joy olishdi.  



YARIM HIMOYACHILAR

(O'ng qanot):
Artur Gevorkyan (“Nasaf”)
Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”)
Ruslan Vagapov (“Qizilqum”)

O'ng qanotda yaxshi harakat qilgan futbolchisi sifatida avvalo Artur Gevorkyanni aytib o'tmasak bo'lmaydi. Turkmanistonlik yarim himoyachi xuddi o'tgan yilgi kabi bu yil ham yaxshi harakat qildi. SHuningdek, asosan o'ng qanotda harakat qilgan Jamshid Iskanderov ham mavsumni bir tekis o'tkazdi. “Qizilqum” vakili Ruslan Vagapov bir nechta o'yinlarda etakchilik qobiliyatini namoyish etdi.  



(CHap qanot):
Sardor Rashidov (“Bunyodkor”)
Farrux Sayfiev (“Nasaf”)
Jasur Hasanov (“Lokomotiv”)

CHap qanot yarim himoyachilaridan birinchi navbatda Sardor Rashidovni aytib o'tish joiz. Jizzaxlik ftubolchi raqiblarni aldab o'tish hamda jarima to'plarini mohirona amalga oshirishi bilan ajralib turdi. Bundan tashqari, Farrux Sayfiev bilan Jasur Hasanov ham ko'p o'yinlarda o'z jamoalariga yordam berishdi.



(Markaz-1):
Kaxi Maxaradze (“Paxtakor”)
Zafar To'raev (“Mashal”)
SHaker Zuagi (“Olmaliq”)



(Markaz-2):
Erkin Boydullaev (“Nasaf”)
Suhrob Nematov (“Buxoro”)
Suhrob Berdiev (“So'g'diyona”)

Xuddi markaziy himoyachilar kabi eng kuchli markaziy yarim himoyachilarni aniqlab olish ham unchalik qiyinchilik tug'dirmadi. Legionerlardan Kaxi Maxaradze bilan SHakir Zuagi alohida ajralib turgan bo'lsa, “Mashal”dagi Zafar To'raev chin manoda kashfiyot bo'ldi. Erkin Boydullaev esa o'z tajribasiga tayangan holda harakat qildi. SHuningdek, Suhrob Nematov bilan Suhrob Berdiev ham yaxshi o'yin namoyish etishdi.  

HUJUMCHILAR



(1-guruh):
Zohir Qo'ziboev (“Mashal”)
Igor Sergeev (“Paxtakor”)
Aleksandr Geynrix (“Lokomotiv”)



(2-guruh):
Bahodir Pardaev (“Paxtakor”)
SHahboz Erkinov (“Navbahor”)
Farhod Tojiev (“Lokomotiv”)



Hujum chizig'idan Qo'ziboev, Sergeev, Geynrix, Pardaev, Erkinov, Tojiev singari futbolchilar o'rin olishdi. SHu paytgacha birinchi ligada o'ynab kelgan Zohir Qo'ziboev oliy ligada o'zining birinchi mavsumidayoq to'purarlik mahoratini namoyish etdi. Natijada ko'pchilik u haqda gapira boshladi. Igor Sergeev esa jamoasining muhim gollarini urdi.



Ikkinchi davra arafasida “Loko” tarkibiga kelib qo'shilgan Aleksandr Geynrix etakchilikni o'z qo'liga oldi. “Bunyodkor” zaxirasida qolib ketgan Pardaev “Paxtakor”ga o'tgach, tezda to'purarlik mahoratini namoyish etishga tushdi. SHuningdek, Farhod Tojiev bilan SHahboz Erkinov ham o'zlarini ko'rsata olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика