Oliy ligamizning asl "basharasi"ni ko'rdik
10 fev 2014 15:10
Yangiliklar

Oliy ligamizning asl "basharasi"ni ko'rdik
O'zbekiston chempionatida chempion bo'lish qiyin emas. To'g'ri qiyin, ammo sal kalla ishlatilsa bas.
8 va 9 fevral kunlari bo'lib o'tgan ikkita o'yin oliy ligamizga munosib baho berdi. Qish deb bahona qilmang, yozda issiq, kuzda mavsum tugayapti... Unda O'zbekistonda qachon futbol o'ynalsa g'alaba qozoniladi? Yoki sizlar uchun yana bitta fasl o'ylab topish kerakmi?
Qura natijalariga ko'ra "Lokomotiv"ni Qarshi klubiga nisbatan biroz omadi chopgan edi. Har holda birinchi o'yinni o'z maydonida o'tkazadigan klubda keyingi bosqichga chiqish imkoni raqibinikiga nisbatan yuqori bo'lardi. "Nasaf" ko'rpachaga qarab oyoq uzatdi. Ikki o'yinda, bo'lib ham safarda g'alabaga erishish juda qiyin. Ammo Ro'ziqul Berdiev takidlaganidek 5ta gol o'tkazilishi kerak emas edi. "Lokomotiv" esa OCHLni rosmanasiga istadi. Bu yo'lda transfer bozorida jiddiy ishladi. O'zbekiston chempionatida g'alaba qozonishi mumkin bo'lgan tarkibni jamladi. Lekin OCHL guruh bosqichiga chiqish uchun emas. Etibor bergan bo'lsangiz bugungi kunda OCHL o'yinlarida asosiy ishni legionerlar bajarishyapti. "Lokomotiv"ga kelgan legionerlar balki yillar o'tib jamoa o'yiniga kirishib ketishar, ammo kecha ularga asosiy tarkibdan berilgan joy, Fuzaylov tomonidan yo'lga qo'yilgan eng katta xatolardan biri bo'ldi. Kautino degan futbolchini 2011 yildagi OFK Kubogidan beri yaxshi bilamiz. "Lokomotiv"ning eng katta xatosi 1 yil davomida o'yinagan futbolchilar qolib, yangi kelgan futbolchilarni muhim o'yinda asosiy tarkibga kiritdi. Tarkibdagi o'yinchilar orasida tushunmovchiliklar etarlicha bo'ldi. Bu Sony Plastation emaski, yulduz o'yinchilar keyingi o'yinni o'zidayoq gol urib tursa.
Sovuq havo hech qachon futbolchining ziyoniga ishlamaydi. Issiq havo bu boshqa masala, yugurganingiz sari qiziysiz. Sovuqda esa yugurib qizib olasiz. SHunchaki raqib sovuqdan qo'rqadi degan fikr bizning futbolchi va murabbiylarimizning miyyasiga singib qolgan. 2013 yil yakunida "Lokomotiv" 2014 yil chempion bo'lishni istasa, avvalo Hakim Fuzaylovni boshqa murabbiyga almashtirishi kerakligini aytgan edim. Balki bu mutaxassis Viktor Kumikov kabi kuchlidir, ammo o'zbek futboli uchun emas. Balki uning muvaffaqiyat keltiradigan jamoasi O'zbekistondan tashqaridadir. Hullas gapni cho'zmayman, agar 2013 yil biz tuzukroq chempionatni yakunlaganimizda futbolchilarimiz, haqiqiy futbolni ko'rganlarida OCHL pley offida sharmanda bo'lmagan bo'lar edik. Rustam Akramovning intervyusi ham bahonaning o'zginasi. Noyabrda mashg'ulot boshlansa mavsum davomida jarohat olarmish. 2011 yildagi Osiyo Kubogidan keyin qaysi futbolchi o'z imkoniyatidan past saviyada mavsumni o'tkazdi? Server Jeparov Osiyoning eng yaxshisi bo'ldi, Odil Ahmedov esa Rossiya premer-ligasida kashfiyot sifatida etirof etildi. Aka-uka Grim cho'pchaklarini aytishni yig'ishtirishsak bo'larmidi?!
Bugun biz oliy ligamizning yuzini ko'rdik. Yuzimizni yag'ir bosib ketibdi. Bitta yaxshilab yuvib yubormasak bo'lmaydi. SHunday yuvish kerakki, yuzda dog' (kelishilgan o'yinlar, hakamlarning adolatsizligi, klublar rahbarlarining saviyasizligi) qolmasin. PFLning strukturasida ham jiddiy o'zgarish qilish kerak. Bir necha haftadan beri matbuot xizmatining xonasida internet ishlamaydigan tashkilotni klublarni professionalikka chaqirishini tushunish qiyin.
Bir tomondan "Lokomotiv" va "Nasaf" klublarini mag'lubiyati uyquga ketgan boshimizga tarsaki bo'la oldi deb o'ylayman. Lekin bundan to'g'ri xulosa chiqariladimi? Bu yil haqiqatdan ham kelishilgan o'yinlarga qarshi jiddiy kurash bo'ladimi? Ex... Guberniev singari sharhlovchilarga JCHga chiqib O'zbekiston kim ekanligini ko'rsatib qo'yishimiz kerak, buning uchun avvalo oliy ligamizni isloh qilib, Osiyoni zir titratishimiz lozim. Lekin bu ishni qilishga tayyormizmi?
Farhod Magometov PFLni o'z obro'siga ega tashkilotga aylantira oladimi? Menimcha u kishiga qattiqqo'llik etishmaydi. Keyin menejmentdan ham yiroq. Bir tomondan to'g'ri tushunamiz, bugungi murabbiylar u bilan bir paytlar bir jamoada to'p tepgan. Kim o'ylabdi deysiz, Xirosimada O'zbekistonga ilk chempionlik kubogini tuhfa qilganlar 20 yil o'tib o'zbek futboli saviyasini tushishiga ulush qo'shadi deb.
Endi OCHLdagi o'rnilarimizni ko'paytirish uchun FOTOSHOP kamlik qiladi. Endi rosmana g'alaba qozonib reyting jadvalida ochko to'plashimiz kerak. Kechagi stadionni erta tark etayotgan muxlislarni qaytarish endi engil kechmaydi. Ular bir kunda stadiondan yo'q bo'lib qolmadilar. Yillar davomidagi ertak o'yinlarni ko'raverib, yil sayin kamayib bordilar. Ularni endi to'liqligicha qaytarishimiz uchun yillar kerak bo'ladi. Buning uchun nima qilish kerak, muammo-ku bor, ammo echimchi deyayotganlar. Bu savolga biz javob bergan bo'lar edik, agarki PFLning biron-bir lavozimida faoliyat olib borayotganimizda, afsuski hozircha bu ish bilan siz shug'ullanishingiz kerak.
Nodirxo'ja Yuldashev

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!

Fikrlar