So’nggi yangiliklar

11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  1 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  7 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1

Oliy liga. Ikkinchi davrada g'alaba qozona olmayotgan jamoalar Yangiliklar

Oliy liga. Ikkinchi davrada g'alaba qozona olmayotgan jamoalar

Milliy chempionatimizda 17-tur bahslari yakuniga etdi.
Davralar oralig'idagi tanaffusdan so'ng hozircha uchta tur o'yinlari o'tkazildi. Va mana shu uch tur yakunlariga ko'ra to'rtta klub umuman g'alaba qozona olmadi. Bular - “Olmaliq”, “Buxoro”, “Dinamo” va “Qizilqum”. Quyida ushbu jamoalarning har biriga qisqacha to'xtalib o'tamiz.

“OLMALIQ”
Poytaxt viloyati jamoasi ikkinchi davra boshlanganidan beri hali g'alaba qozongani yo'q. Umuman olganda, “Olmaliq” oxirgi beshta uchrashuvdan beri zafar qucha olmayapti. Demak, Igor SHkvirin jamoasiga nimadir bo'lgan ko'rinadi. Jamoa ikkinchi davrada dastlab “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi, keyin Jizzaxda “So'g'diyona” bilan 0:0 o'ynadi va o'tgan tur o'z maydonida “Bunyodkor”ga mag'lub bo'ldi (1:2).

Malumki, “Olmaliq” oliy ligada ishtirok eta boshlaganidan beri nuqul etakchilarga boshog'riq bo'lib kelgan. Ammo bu yil jamoa shu ishni takrorlay olmayapti. Birinchi davrada safarda “Bunyodkor” bilan durang qayd etilganini hisobga olmasak, “konchilar” qolgan bellashuvlarda o'zlarini ko'rsata olishmadi. Natijada ko'pchilikda “Olmaliq” kuchsizlanib qoldimi degan savol yuzaga kelyapti.
Jamoaning keyingi o'yini: safarda “Andijon” bilan.

“BUXORO”
Aftidan “Buxoro” bilan nimalar sodir bo'layotganiga ko'pchilik tushunmayotgandek ko'rinadi. Jamoa ikkinchi davraning uchala o'yinida ham yutqazdi. “Buxoro” safarda “Neftchi” va “Navbahor”dan, o'z maydonida esa “Nasaf”dan mag'lub bo'ldi. SHunday jamoaning qatorasiga 11 uchrashuvdan beri g'alaba qozona olmayotganiga ishonish qiyin.

Edgar Gess shogirdlariga nisbatan ancha talabchan ekanligini bilamiz. Lekin shunga qaramay, natija ko'zga tashlanmayapti. Yaxshi bilasiz, transfer oynasining so'nggi kunlarida “Buxoro” o'z safini Ulug'bek Baqoevdek tajribali hujumchi bilan kuchaytirib oldi. Balki bundan keyin jamoaning ishlari yurishib ketar.
Jamoaning keyingi o'yini: safarda “Metallurg” bilan.

“DINAMO”
Samarqandning “Dinamo” jamoasidan ham omad yuz o'girgan ko'rinadi. Kamo Gazarov shogirdlari boshqalar kabi ikkinchi davrada uchta o'yin o'tkazib, o'ziga xos antirekord qayd etdi. “Dinamo” uchta bellashuvni mag'lubiyat bilan yakunlagani etmagandek, shu uchta o'yinda birortayam to'p kirita olmadi. Jamoa mavsum boshidan beri atigi 15ta gol urgan xolos.

“Dinamo”ga nima xalaqit berayotgani xususida bir narsa deyish qiyin. Avvalgi bosh murabbiy Ravshan Haydarovning ishdan ketgani tasir qildimi yoki bunda boshqa sabablar bormi? Bu savolga yaqin orada javob olishga harakat qilib ko'ramiz.
Jamoaning keyingi o'yini: safarda “Bunyodkor” bilan.

“QIZILQUM”
Birinchi davrada har tugul o'zini ko'rsatgan “Qizilqum” ikkinchi davra start olganidan beri hozircha o'zini namoyish eta olmayapti. “Qizilqum” ham bamisoli “Dinamo” va “Buxoro” singari uchta o'yinning hammasida mag'lub bo'ldi. Yuriy Lukin shogirdlari avvaliga “Bunyodkor”ga engilishdi, keyin safarda “Andijon”ga imkoniyat boy berildi va o'tgan turda jamoa “Paxtakor”ga yirik hisobda yutqazib qo'ydi.

Etibor bergan bo'lsangiz, “Qizilqum” mana shu uchta o'yinning ikkitasini chempionlik uchun kurashayotgan jamoalarga qarshi, yana bitta uchrashuvni esa oliy ligada qolish uchun bor kuchi bilan kurashayotgan klubga qarshi o'tkazdi. Lekin bu bahona bo'lmasligi kerak. CHunki “Qizilqum”ni ham o'ziga yarasha darajaga ega klub deb bilamiz.
Jamoaning keyingi o'yini: o'z maydonida “Neftchi” bilan.

X.Xoliqov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика