Oliy liga. 9-tur ramziy terma jamoasi
26 may 2014 18:00
Yangiliklar
Oliy liga. 9-tur ramziy terma jamoasi
Saytimiz odatiga ko'ra, oliy liganing har bir turidan so'ng ramziy terma jamoani berib boryapmiz. Bugun 9-tur ramziy jamoasini etiboringizga havola qilamiz.
9-tur ramziy termasiga o'yinchilar “So'g'diyona”, “Navbahor”, “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Buxoro”, “Lokomotiv”, “Olmaliq” va “Qizilqum” klublaridan kiritildi. Ayrim sabablarga ko'ra, “Paxtakor”, “Metallurg”, “Mashal”, “Andijon”, “Neftchi” va “Dinamo” jamoalaridan hech kim loyiq ko'rilmadi. Ramziy terma jamoamiz 3-6-1 ko'rinishida bo'ldi.
DARVOZABON
Aleksandr Melenchuk (“So'g'diyona”)
Nihoyat “So'g'diyona” joriy chempionatdagi ilk g'alabasini nishonladi. Jizzaxda “Neftchi” bilan kechgan bahsda Davron Fayziev shogirdlari 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Bu o'yinda Aleksandr Melenchuk o'z darvozasini ajoyib tarzda qo'riqladi va haqli ravishda ramziy termaga kiritildi.
HIMOYACHILAR
SHukurali Po'latov (“Navbahor”)
Islom Inomov (“Bunyodkor”)
Hamza Karimov (“Nasaf”)
Bu tur himoyachilardan Islom Inomov, Hamza Karimov va SHukurali Po'latov boshqalarga nisbatan ajralib turishdi. Umuman olganda, Islom Inomov o'zi tushgan o'yinlarda yomon taassurot qoldirmayapti. Lekin nima uchundir kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. “Navbahor”dagi SHukurali Po'latov esa “Paxtakor”ga qarshi yaxshi harakat qildi. Hamza Karimovga kelsak, “Nasaf” vakili yil boshidan beri bir tekis o'yin ko'rsatib kelmoqda.
YARIM HIMOYACHILAR
Suhrob Berdiev (“So'g'diyona”)
Fozil Musaev (“Lokomotiv”)
Baxtiyor Yoqubov (“Navbahor”)
Diyor Turopov (“Olmaliq”)
Predrag Vuyovich (“Buxoro”)
SHerali Jo'raev (“Qizilqum”)
9-turda ko'proq himoyachilar yaxshi taassurot qoldirishdi. Natijada oltita yarim himoyachini ramziy terma jamoaga kiritdik. Suhrob Berdiev boshqa o'yinlarda bo'lgani kabi “Neftchi” bilan kechgan uchrashuvda ham yaxshi harakat qildi. Fozil Musaev esa Muborakda bo'lib o'tgan o'zining sobiq jamoasiga qarshi o'yinda faol bo'ldi.
Bundan tashqari, Baxtiyor Yoqubov ham bu turda sheriklaridan ajralib turdi. “Olmaliq”ning yosh yarim himoyachisi Diyor Turopovning ham o'yini tobora yaxshi tus olmoqda. U bu safar ikkita to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Predrag Vuyovichga kelsak, Edgar Gess bilan oldin “SHo'rtan”da birga ishlagan serbiyalik legioner “Buxoro” tarkibida o'zini ko'rsatdi. SHerali Jo'raev esa yaxshi harakat qilishdan tashqari penalti ishlashga muvaffaq bo'ldi.
HUJUMCHI
Bahriddin Vahobov (“Buxoro”)
9-turda Igor Sergeev, Aleksandr Pishur, Farhod Tojiev singari hujumchilar ham gol urishdi. Lekin saytimiz xodimlari bilan maslahatlashgan holda “Buxoro” hujumchisi Bahriddin Vahobov variantida to'xtaldik. Safarda “Qizilqum”ga qarshi kechgan bellashuvda Vahobov Firdavs Asadov bilan tandem hosil qilib yaxshi harakat qildi. Qolaversa, jamoasiga bir ochko keltirgan golga mualliflik qildi.
BOSH MURABBIY
Davron Fayziev (“So'g'diyona”)
Bu safar turning eng yaxshi murabbiyi deb Davron Fayzievni topdik. “So'g'diyona” ustozi jamoada bir qator muammolar bo'lishiga qaramay, astoydil mehnat qilib kelmoqda. Davron aka uchun bu yilgi asosiy vazifa jamoani olib ligada olib qolish hisoblanadi. Albatta, buning uchun qattiq mehnat va kuchli moliyaviy mablag' talab qilinadi.

Fikrlar