So’nggi yangiliklar

09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  5 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3

Oliy liga 5-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga 5-tur ramziy terma jamoasi

O'tgan hafta oxirida oliy ligada 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Odatimizga ko'ra yakunlangan turda o'zini ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdik.

Darvozabon
Muhiddin Xudoyorov "Dinamo"

Bir necha yil davomida oliy ligada ko'rinmagan darvozabon Samarqand jamoasida jarohat olgan Andrey Melnichuk o'rnini bilintirmayapti. Xudoyorov "Lokomotiv"ga qarshi bahsda o'z jamoasini qator gollardan qutqarib qoldi. Agar u bo'lmaganida "temiryo'lchilar" hisobni yirik ko'rinishga keltirishlari hech gap emasdi.

Himoyachilar
Dilyorbek Ermatov "Neftchi"
Ibrohim Rahimov "Lokomotiv"
Davron Tursunov "Andijon"

"Neftchi" o'z maydonida Muborakning "Mashal" klubini qabul qilib 1:0 hisobida zafar quchdi. Maydon egalari safida himoyada Dilyorbek Ermatov doimgidek faol harakat qildi. Bundan tashqari "Mashal" farg'onaliklar darvozasiga gol ura olmadi.

Jarohatidan qutulib safga qaytgan "Lokomotiv" vakili Ibrohim Rahimov Samarqandda asosiy tarkibda maydonga tushdi. U Abramovning ishonchini to'liq oqladi deya olamiz. O'z qanotidan ko'p bora raqib jarima maydoniga kelib hujumlarda faol qatnashgan Rahimov yagona golga hammualliflik qildi.



"Andijon" jamoasi nihoyat 5-turga kelib g'alaba qozondi. "Buxoro"ga qarshi bahsda mezbonlar tarkibida Davron Tursunov boshqalardan ajralib turdi. Ikkinchi bo'limda "Buxoro"ning bir qator hujumlarini qaytarishda Tursunov faollik ko'rsatdi.

Yarim himoyachilar
SHohruh Gadoev "Nasaf"
Javohir Sohibov "Paxtakor"
Doston Hamdamov "Bunyodkor"
Nikita Pavlenko "Olmaliq"
Zohir Pirimov "Olmaliq"

Bir yarim yil oldin jarohat olib safdan chiqqan SHohruh Gadoev yana o'z sport formasini tiklab bormoqda. Ikki tur oldin gol urgan Gadoev bu safar "Qizilqum" darvozasiga ikki to'p kiritdi va haqli ravishda ramziy termadan o'rin oldi.



Yoshlarni ko'p maqtamaslik kerak deyishadi futbol murabbiylari. Lekin yaxshi o'ynab tursa qanday qilib maqtamay bo'ladi? "Paxtakor" Javohir Sohibov navbatdagi bor ramziy terma jamoadan o'rin olmoqda. U "SHo'rtan"ga qarshi bahsda muhim gol urib jamoasiga g'alaba keltirdi.

Ramziy termadan o'rin olgan yana bir yosh "qaldirg'och" Doston Hamdamov "Navbahor"ga qarshi o'yinda raqib himoyachilariga tinchlik bermadi. Dastlabki gol urilganda aynan u G'ofurovga pas berdi, bundan tashqari Xurshid Xo'jaev qo'riqlagan darvozaga chiroyli gol urdi. Yakunda aynan uning goli "Bunyodkor"ga muhim g'alabani keltirdi. Biroq uchrashuvdagi eng chiroyli golni Hamdamov urgani yo'q. Bu haqda pastroqda o'qiysiz.



Turning eng chiroyli goli Olmaliqda urildi. "Qo'qon-1912"ga qarshi uchrashuvda zaxiradan tushgan ikki futbolchi Nikita Pavlenko va Zohir Pirimov supergolni tashkil etishdi. Pavlenko qanotdan to'pni oshirdi, Pirimov esa to'xtatmay darvozani nishonga oldi (video). Bu ikki futbolchini faqat mana shu gol uchun ramziy termaga qo'shmadik. Ular maydonga tushgach "Olmaliq" o'yinida ishonch paydo bo'ldi va yakunda Igor SHkvirin jamoasi irodali g'alabaga erishdi.



Hujumchilar
Abdumalik Abdullaev "Andijon"
Sanat SHixov "Navbahor"

Edgar Gess "Andijon" hujumida Abdumalik Abdullaevga ishonch bildirishda davom etadi. 3-turda Olmaliqda o'tgan o'yinda gol va golli pas ishlagan hujumchi "Buxoro" bilan bahsda ham ancha faol bo'ldi. Aynan u hisobni ochdi. Bundan tashqari bir qator imkoniyatlarga ega bo'ldi.

Yuqorida Doston Hamdamovning goli "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvidagi eng chiroyli gol bo'lmaganini yozdik. Sababi o'yin so'nggida Sanat SHixov 30 metrlardan Pavel Bugalo qo'riqlayotgan darvozaning to'qqizligini aniq nishonga oldi. SHixov uchrashuv davomida ham jamoasi safida ancha faol o'ynadi.



Bosh murabbiy: Edgar Gess ("Andijon")
"Burgutlar" oliy liganing dastlabki 4ta turida safarda o'ynab umuman g'alaba qozona olishmadi. So'nggi uchrashuvlarda jamoaning o'yini kuchayganini ko'rdik, faqat natija yo'q edi. 5-turga kelib "Andijon" nihoyat o'z muxlislari qarshisida o'ynadi va ularga uzoq kutilgan g'alabani taqdim etdi. Edgar Gess o'z sobiq jamoasi "Buxoro"ni mag'lub etib ramziy terma jamoaga kirdi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика