So’nggi yangiliklar

17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  1 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  3 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  0 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  2 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  11 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  10 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  0 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  2 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  20 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  11 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  17 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1

Oliy liga. 5-tur. "Nasaf" "Neftchi" ustidan irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

Oliy liga. 5-tur. "Nasaf" "Neftchi" ustidan irodali g'alabaga erishdi

Oliy liganing 5-turidan o'rin olgan ilk o'yin Qarshida bo'lib o'tdi.
O'zPFL, 5-tur. 11.04.
"Nasaf" (Qarshi) - "Neftchi" (Farg'ona) - 2:1
Qarshi shahri. Markaziy stadion. 17:30
Hakamlar:
Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov, Xolmat Mirzaahmedov, Doniyor Dosanov.
Nazoratchi: Dmitriy Roman.
Gollar: Ilhom SHomurodov60, Artur Gevorkyan 66 pen. -Ruslan Melziddinov 57

"Nasaf": 25. Eldorbek Suyunov, 4. Maqsud Karimov, 5. Botir Qoraev, 9. Ilhom SHomurodov ( 38. Doniyor Narzullaev, 90+3), 10. Kenja To'raev (29. Ulug'bek Dadaboev, 87), 17. Artur Gevorkyan (s), 20. Erkin Boydullaev, 27. Ilhom Yunusov (33. Odiljon Hamrobekov, 83), 28. SHuhrat Muhammadiev, 32. Hamza Karimov, 34. Farruh Sayfiev.
Zaxira: 1. Mixail Naumov, 7. Akramjon Bahriddinov, 23. SHerzod Azamov, 41. Azamat Allaniyazov.

"Neftchi": 21. G'ayratjon Hasanov, 4. Jahongir Jiyamurodov, 5. Iqbol Boboxonov, 8. Aziz Alijonov (30. Otabek Zokirov, 58), 11. Nosir Otaqo'ziev, 13. Aleksandr Kleckov, 20. Dilyorbek Ermatov (s), 24. Saydullo Rahmatov (22. Ro'zimboy Ahmedov, 74), 28. Abdulloh Olimov, 29. Ruslan Melziddinov (15. Zohid Abdullaev, 75), 32. Jahongir Mehmonov.
Zaxira: 1. Sardor Qobuljonov, 2. Maksimilian Fomin, 7. Aleksandr Onika, 9. Pavel Smolyachenko.

Ogohlantirishlar: Farruh Sayfiev 90+2 - Ruslan Melziddinov 2, Iqbol Boboxonov 45+1, Aleksandr Kleckov 90+3.



Ushbu sahifa orqali uchrashuvning eng asosiy vaziyatlari va natijasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.


"Nasaf" futbolchilari maydonga kirib kelishmoqda.

2-daqiqa. Ruslan Melziddinov Gevorkyanga nisbatan o'yin qoidasini buzdi va ogohlantirildi.
"Neftchi"ning ilk hujumi chap qanotdan tashkil etildi. Saydullo Rahmatovning zarbasi ancha noaniq chiqdi.
11-daqiqa. Aziz Alijonov tomonidan yo'llangan jarima zarbasini Eldorbek Suyunov ishonch bilan egallab oldi. Zarba havfli chiqqandi.
13-daqiqa. Nosir Otaqo'ziev tomonidan bosh bilan berilgan zarbani Suyunov ikkinchi urinishda darvoza chizig'i ustidan qaytardi.
15-daqiqa. Abdulloh Olimovning chamasi 25 metrlar uzoqlikdan yo'llagan zarbasini yana Suyunov egallab oldi. "Neftchi" futbolchilari jonlanishdi.
29-daqiqa. "Nasaf"ning davomli hujumi Kenja To'raevning kuchli va aniq zarbasi bilan yakunlandi. G'ayratjon Hasanov to'pni egallab oldi.
32-daqiqa. SHuhrat Muhammadiev o'ng qanotdan to'pni "Neftchi" jarima maydonchasiga uzatdi. Himoyachilar havfni bartaraf etishdi.
38-daqiqa. "Neftchi"ning kam sonli hujumlaridan biri. Nosir Otaqo'ziev to'pni ajoyib tarzda to'xtatib kuchli zarba yo'lladi. Suyunov to'pni egalladi.
39-daqiqa. Farruh Sayfievning chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatgan to'pini Kenja To'raev darvozaga yo'lladi. Hasanov to'pni egalladi.
39-daqiqa. Gevorkyan o'ng qanotdan ajoyib tarzda jarima maydonchasiga kirib bordi. Hasanov oxirgi pallada Arturga imkoniyat bermadi.
40-daqiqa. "Nasaf" sardori Artur Gevorkyanning uzoq masofadan yo'llagan aniq zarbasini G'ayratjon Hasanov egallab oldi.
Bosh hakam uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berdi.
45+1-daqiqa. SHomurodovning 20 metrlar uzoqlikdan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.
45+1- daqiqa. Iqbol Boboxonov ogohlantirildi.
Birinchi bo'lim o'z nihoyasiga etdi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
47-daqiqa."Nasaf"ning o'ng qanotdan boshlagan hujumini Kenja To'raev chamasi 2-3 metrlardan bergan noaniq zarbasi bilan yakunladi.52-daqiqa. Muhammadiev-Gevorkyan-Muhammadiev kombinaciyasidan keyin SHuhratning o'tkir burchak ostida yo'llagan kuchli zarbasini Hasanov egalladi.
53-daqiqa. Qoraevning chap qanotdan uzatib bergan to'pini Ilhom SHomurodov bosh bilan darvozaga yo'llashga urindi. Noaniq.
55-daqiqa. Saydullo Rahmatov chap qanotdan "Nasaf" jarima maydonchasiga kirib bordi va o'tkir burchak ostida kuchli, biroq noaniq zarba berdi.
56-daqiqa. Himoyachilardan qaytgan to'pni Erkin Boydullaev chamasi 25 metrlar to'xtatmasdan zarba berishga urindi. Noaniq.
Gol!!! Ruslan Melziddinov himoyachilar xatosidan unumli fodalanib hisobni ochdi - 0:1.
58-daqiqa. "Neftchi" tarkibida o'zgarish. Aziz Alijonov o'rniga Otabek Zokirov maydonga tushdi.
Gol!!! 60-daqiqa. Ilhom SHomurodov o'ng qanotdan boshlangan hujumni samarali yakunladi - 1:1.
Artur Gevorkyanning o'ng qanotdan erlatib uzatib bergan to'pini Ilhom SHomurodov deyarli bo'sh qolgan darvozaga osonlik bilan yo'lladi.
64-daqiqa. "Nasaf" futbolchilari bor etiborni hujumga qaratishmoqda. "Neftchi" darvozasi yaqinida jarima to'pi.
64-daqiqa. Artur Gevorkyan tomonidan amalga oshirilgan jarima to'pini G'ayrat Hasanov ajoyib seyvi orqali bartaraf etdi.
65-daqiqa. "Neftchi" himoyachilari SHuhrat Muhammadievga nisbatan o'yin qoidasini buzishdi. Penalti.
Gol!!! 66-daqiqa. Artur Gevorkyan penaltini aniq amalga oshirdi.
"Nasaf" ketma-ket hujumlar uyushtirmoqda.
"Nasaf"-"Neftchi" uchrashuvini 6360 nafar tomoshabin bevosita stadionda turib tomosha qilmoqda.
74-daqiqa."Neftchi" tarkibida o'zgarish. Saydulla Rahmatov o'rniga Ro'zimboy Ahmedov maydonga tushdi.
75-daqiqa. "Neftchi" tarkibida o'zgarish. Ruslan Melziddinov o'rniga Zohid Abdullaev maydonga tushdi.
77-daqiqa. To'p uchun kurashda Farruh Sayfiev kichik jarohat oldi. SHifokorlar unga yordam ko'rsatishmoqda.
80-daqiqa. SHomurodov jarima maydonchasiga kirib borib, bir himoyachini aldab o'tib aniq zarba berdi. Hasanov to'pni egallab oldi.
83-daqiqa. "Nasaf" tarkibida ilk o'zgarish. Ilhom Yunusov o'rniga Odil Hamrobekov maydonga tushdi.
84-daqiqa. O'ng qanotdan "Nasaf" jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni Zohid Abdullaev boshi bilan darvozaga yo'llashga urindi. Noaniq. zarba.
85-daqiqa. Gevorkyan o'ng qanotdan oshirib bergan to'pni SHomurodov boshi bilan darvozaga yo'lladi. Kleckov darvoza chizig'i ustidan to'pni qaytardi.
87-daqiqa. "Nasaf" tarkibida ikkinchi o'zgarish. Kenja To'raev o'rniga Ulug'bek Dadaboev maydonga tushdi.
Ravshan Ermatov asosiy vaqtga 3 daqiqa qo'shib berdi.
90+1 daqiqa. Ro'zimboy Ahmedovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.
90+2 daqiqa. Farruh Sayfiev ogohlantirildi.
90+3 daqiqa. Ilhom SHomurodov o'rniga bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan yosh yarim himoyachi Doniyor Narzullaev maydonga tushdi.
90+3 daqiqa. Kleckov ogohlantirildi.
Uchrashuv yakunlandi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика