So’nggi yangiliklar

11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  0 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  1 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  18 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11

Oliy liga 3-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga 3-tur ramziy terma jamoasi

Oliy ligada birgina "Bunyodkor" va "SHo'rtan" o'rtasidagi bahsni hisobga olmaganda 3-turdan o'rin olgan barcha o'yinlar bo'lib o'tdi.
"Nasaf" o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni yirik hisobida mag'lub etdi - 3:0, "Paxtakor" "Buxoro"ni, "Lokomotiv" esa "So'g'diyona"ni bir xil 3:1 hisobida zafar quchdi. Vodiy derbisida "Neftchi" Qo'qonda "Navbahor"ni mag'lub etdi - 0:1. "Mashal" mavsumdagi ilk mag'lubiyatini Bekobodda "Metallurg"ga qarshi bahsda qabul qilib oldi - 0:1. Samarqandda kechgan "Dinamo" - "Qizilqum" o'yinida jangovor durang qayd etildi - 2:2. Nihoyat "Olmaliq" klubi o'z muxlislari qarshisida "Andijon"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.  

Albatta, qoldirilgan bitta o'yin borligini ham inobatga oldik, biroq "Bunyodkor" - "SHo'rtan" bahsi qachon bo'ladi deb kutib o'tirsak, orada yana nechtadir tur o'tib ketishi turgan gap. SHu bois boshqa o'yinlarni kuzatgan holda ramziy jamoaga futbolchilarni saralab oldik.

Oliy liga 3-tur ramziy terma jamoasi bilan tanishing:


Darvozabon

Andrey Melnichuk ("Dinamo")



"Dinamo" posboni jarohat tufayli o'yinning ikkinchi bo'limida maydonni tark etdi. Birinchi bo'limda u raqibning bir qator zarbalaridan qaytarishga erishdi. U maydonni tark etgach Samarqand klubi ikkita gol o'tkazib yubordi.

Himoyachilar


Javlon  Mirabdullaev ("Metallurg")
Hamza Karimov ("Nasaf")
Islom Inomov ("Olmaliq")



Himoyachilar orasida "Metallurg" vakili Javlon Mirabdullaevga joy topildi. Sababi yosh futbolchi "Mashal"ga qarshi bahsda o'zini yaxshi harakatlari bilan ajralib turdi. Hamza Karimov "Qo'qon-1912" bilan o'yinda himoyada ham hujumda ham yaxshi o'ynadi. Aynan u SHohruh Gadoev gol urgan vaziyatda to'pni unga etkazib berdi. "Olmaliq"qa ko'chib o'tgan tajribali himoyachi Islom Inomov "Andijon"ga qarshi bahsda faolligi bilan ajralib turdi. Uning hisobida bitta golli pas bor.

Yarim himoyachilar

Abdumalik Abdullaev ("Andijon")
Sanjar SHoahmedov ("Lokomotiv")
Akmal Xolmatov ("Neftchi")
Jahongir Abdumo'minov ("Olmaliq")



"Lokomotiv" yarim himoyachisi Sanjar SHoahmedov "So'g'diyona" bilan o'yinda o'zini ancha erkin va faol tarzda ko'rsata oldi. Raqib darvozasiga gol urishdan tashqari bir qator hujumlar tashkil etishda jonbozlik ko'rsatdi. 39 yoshga qadam qo'ygan Akmal Xolmatov hamon yoshlarga o'rnak bo'lmoqda. U "Navbahor"ga qarshi bahsda jamoaning haqiqiy etakchisi bo'ldi. "Olmaliq" vakili Jahongir Abdumo'minov "Andijon" darvozasiga gol urdi va qolgan vaziyatlarda ham faol o'ynadi. O'sha o'yinda raqiblar safida harakat qilgan Abdumalik Abdullaev hisobni tenglashtirdi va penalti ishladi. SHu bois Abdullaevni ramziy terma jamoaga kiritishga qaror qildik.

Hujumchilar

Temurxo'ja Abduxoliqov ("Lokomotiv")
Igor Sergeev ("Paxtakor")
Bahriddin Vahobov ("Qizilqum")



Bu safar ramziy termaga 3 nafar hujumchini kiritishga qaror qildik. Temurxo'ja Abduxoliqov "So'g'diyona" bilan o'yinda juda faol harakat qildi. U penalti ishladi, gol urdi va SHoahmedovga golli pas oshirdi. Igor Sergeev esa "Buxoro" bilan kechgan uchrashuvning haqiqiy qahramoni bo'ldi. So'nggi paytlarda maydonni golsiz tark etmayotgan Sergeev "Buxoro" darvozasiga uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ilk turda xet-trikka erishgan Bahriddin Vahobov bu safar Samarqandda "Dinamo" darvozasiga so'nggi daqiqalarda ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ayni paytda aynan Vahobov oliy ligada to'purarlar jadvalini boshqarib turibdi.



Bosh murabbiy: Murod Ismoilov

Vodiy derbisida g'alabaga erishgan Murod Ismoilovni tur murabbiyi deb topdik. Ismoilov boshchiligidagi jamoa oliy ligada hozirga qadar mag'lub bo'lgani yo'q. "Navbahor"ga qarshi kechgan o'yin juda muhim ekanligini barcha biladi. Ana shunday o'yinda 3 ochko olgan "Neftchi" ustozi saytimiz talqiniga ko'ra 3-tur ramziy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida tan olindi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика