So’nggi yangiliklar

16:57Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-23 йирик ғалабага эришди  8 16:45Ботирали Эргашев: "Хатолардан фожиа ясаш керак эмас"  0 16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  0 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  0 15:39Кунде "Олтин тўп" ҳақида: "Унга Ямаль ҳам, Дембеле ҳам лойиқ. Мен овоз бермайман – кучлиси ғалаба қозонсин"  7 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  4 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  1 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  1 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  5 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  10 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  12 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  5

Oliy liga. 3-tur. "Olmaliq" "Bunyodkor" maydonida birinchi bor durang o'ynadi Yangiliklar

Oliy liga. 3-tur. "Olmaliq" "Bunyodkor" maydonida birinchi bor durang o'ynadi

Oliy liganing 3-turining ilk uchrashuvida "Bunyodkor" va "Olmaliq" Toshkentda kuch sinashishadi.
O'yindagi hisob 56-daqiqada ochildi. Polvonovga nisbatan Xayrulla Karimov o'yin qoidasi buzidi va "Bunyodkor" darvozasiga penalti belgilandi. Penaltini Zafar Polvonov amalga oshirdi. To'pni Akbar To'raev qaytardi. Qaytgan to'pni Alimpievich boshi bilan darvozaga yo'llab, hisobni ochdi - 0:1.

84-daqiqada Sardor Rashidov to'pni chap qanotdan jarima maydoniga uzatdi, to'p Pishurdan Oleg Zoteevga bordi, Oleg o'zining sobiq jamoasini jazoladi - 1:1.


Bunyodkor (Toshkent) – Olmaliq (Olmaliq) 1:1
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), H. SHodmonov (Buxoro), B. Norsafarov (Qarshi), A. Jo'raxonov (Andijon)

Gollar:
Aleksandr Alimpievich (56), Oleg Zoteev (84)

"Bunyodkor":
45.Akbar To'raev, 2.Akmal SHorahmedov, 4.Xayrulla Karimov (S), 6.Anvar G'ofurov, 8.Javlon Ibroximov (5.Dilshod Jo'raev, 46), 10.Anvar Berdiev, 14.Vohid SHodiev, 15.Islom Inomov, 24.Bahodir Pardaev (21.Sardor Rashidov, 57), 27.Sardor Sobirxo'jaev (11.Oleksandr Pishur, 75), 33.Oleg Zoteev

“Olmaliq”: 1.Maqsatmurod SHomurodov, 3.SHavkatjon Mullajonov (S), 4.Abduqahhor Xojiakbarov, 5.Azamat Isroilov (11.Zoxir Pirimov, 78), 6.Zuagi SHakir, 9.Zafar Polvonov (19.Zafar Polvonov, 87), 10.Sanjar SHoahmedov, 15.Obid Jo'raboev, 20.Darko Stanoevich, 21.Aleksandr Alimpievich, 24.Diyorjon Turopov (18.Dilyaver Abibullaev, 83)

Ogohlantirish: Sanjar SHoaxmedov (38), Zuagi (53), Xayrulla Karimov (54), Voxid SHodiev (71), Zoxir Pirimov (87)

Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).


                                  MATNLI TRANSLYACIYA
                                            
YANGILASH

Matnli translyaciyasini SHahboz Beg'amov olib bordi. Bizni kuzatib borganlarning barchsiga rahmat!

90+4` O'yin tugadi! "Bunyodkor" - "Olmaliq" 1:1! Igor SHkvirin shogirdlari safardan bir ochko bilan qaytishmoqda.

90+3`
"Olmaliq" gol urdi. Lekin qanot hakami bu vaziyatdan o'yindan tashqari holat qayd etdi.

90+2`
"Olmaliq" jamoasi ushbu standart vaziyatidan foydalana olmadi.

90+1`
"Olmaliq" jarima zarbasi tepish huquqiga ega chiqdi.

90`
Uchrashuvga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

89`
"Bunyodkor" hujum uyushtirmoqda.

88`
Zafar Polvonov o'rniga SHerzod Xakimov maydonga chiqarildi.

87`
Zoxir Pirimov simulyaciya ishlatdi deb topildi va hakam tomonidan ogohlantirildi.

85` "Bunyodkor" nihoyat o'z maqsadiga erishdi.

84` GOOOOOOOOL! Oleg Zoteev! 1:1! Sardor Rashidovning ajoyib pasidan so'ng Oleg Zoteev o'zining sobiq jamoasini jazoladi. Hisob tenglashdi.

83` "Olmaliq" tarkibida yana o'zgarish: Diyor Turopov o'rniga Dilyaver Abibullev maydonga tushdi.

82`
Hozirgina maydonga chiqqan Zoxir Pirimov uzoqdan zarba berdi. Ammo noaniq.

81`
"Olmaliq" qarshi hujumda harakat qilmoqda.

79`
"Bunyodkor"ning kiritgan goli inobatga olinmadi. Anvar Berdiev bu vaziyat qo'li bilan to'pga tekkan edi.

78`
"Olmaliq" tarkibida o'zgarish: Azamat Isroilov  o'rniga Zoxir Pirimov tushdi.

77`
"Bunyodkor" "Olmaliq" darvozasiga yo'l topa olmayapti.

75
` Sardor Sobirxo'jaev o'rniga Aleksandr Pishur maydonga tushdi.

72` "Bunyodkor" burchak to'pi tepdi. Maqsadmurot SHomurodov to'pni mushtlari bilan urib yubordi.

71`
Voxid SHodiev sariq kartochka oldi.

70`
"Bunyodkor" raqibiga bosim o'tkazishni boshladi. Sardor Rashidov "qaldirg'ochlar" o'yiniga tezkorlik olib kirdi.

68`
Voxid SHodiev ajoyib imkoniyatni yo'qqa chiqarmoqda. Voxid bo'sh qolgan darvozani o'qqa tutolmadi.

66`
"Olmaliq" xavfli hujumlar tashkil etmoqda. "Bunyodkor" himoyasida etarlicha kamchiliklar ko'zga tashlanmoqda.

63`
"Bunyodkor" hujum tashkil etishda oqsamoqda.

61`
"Olmaliq" oldinga bormoqda. Jamoa hujumdan voz kechmoqchi emas.

58` Uchrashuv endi yanada qizishi aniq. "Bunyodkor" buyog'iga oldinga o'tishga majbur.

57` "Bunyodkor" tarkibida o'zgarish: Sardor Rashidov Bahodir Pardaev o'rniga harakat qiladi.

56` GOOOOOOOOOOOL! Aleksandr Alimpievich! 0:1!
Zafar Polvonov amalga oshirgan 11-metrlik jarima to'pi darvoza tusiniga tegib qaytdi. Qaytgan to'pni Aleksandr Alimpevich Akbar To'raev darvozasiga joylab qo'ydi.

55` Penalti "Bunyodkor" darvozasi tomon! 

54` Xayrulla Karimov hakam tomonidan ogohlantirildi.

52` Voxid SHodiev hozir chiroyli zarbasi bilan hisobni ochishga urinib ko'rdi. Lekin uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

51` "Olmaliq"ning xavfli hujumi yakuniga etmay qoldi. Ceytlin mehmonlar futbolchisi o'yin qoidasini buzdi deb topdi.

50` "Bunyodkor" kiritgan gol inobatga olinmadi. Bu vaziyatda offsayd qayd etildi.

48` "Bunyodkor" jarima zarbasi tepdi. Jarimadan tepilgan to'pni raqib himoyachilari maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

47` Mezbonlar hujum uyushtirishdi. "Olmaliq" himoyachilari bu vaziyatda qiyinchilikka duch kelishmadi va xavfni bartaraf etishdi.

46` "Bunyodkor" tarkibida o'zgarish ruy berdi. Javlon Ibroximov o'rnigpa Dilshod Jo'raev maydonga tushirildi.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi! Umid qilamizki, bu taymda jamoalar qiziqarli va tomoshabop o'yin ko'rsatishadi.

45+1` Birinchi bo'lim nursiz durang bilan yakunlandi. Tanaffus!

45` Birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

44` Akmal SHorahmedov hozir yaxshi harakat qilda va Oleg Zoteevni qulay vaziyatga chiqardi. Lekin "Olmaliq"ning sobiq futbolchisi bu imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.

42` "Olmaliq" burchak to'pi tepdi. Akbar To'raev bu vaziyatda futbolchilardan ildamroq harakat qildi va to'pni egallab oldi.

40` "Qaldirg'och"lar hujumiga joziba etishmayapti.

38` Sanjar SHoaxmedov hakam tomonidan ogohlantirildi.

36` Nihoyat "Bunyodkor" hujum qildi. Voxid SHodievning darvozaga boshi bilan bergan zarbasini "Olmaliq" futbolchisi bartaraf etdi.

35` Jamoalar darvozalarsiz o'ynashmoqda. Futbolchilar darvoza tomon zarba berishni unutib qo'yishgandek.

33` "Bunyodkor" grandlarga xos o'ynay olmayapti. Yoki raqibi ularga bunday imkoniyatni yaratib bermayapti. O'yin shiddatini yuqori deb bo'lmaydi. Lekin chamamda uchrashuv "Olmaliq" xohlagandek o'tmoqda.

29` Voxid SHodiev "Olmaliq" darvozasini ishg'ol etdi. Lekin bu vaziyatda Ceytlin o'yin qoidasi buzildi deb topdi va "Olmaliq" darvozasi tomon jarima zarbasi belgiladi. "Bunyodkor" jamoasi ushbu vaziyatdan ham foydalana olishmadi.

28` Uchrashuv zerikarli tarzda kechmoqda.

25` "Bunyodkor" to'pni raqibidan olib qo'ydi. Sekin-asta o'z imkoniyatlarini raqib jarima maydonchasi oldidan izlashni boshlashmoqda.

23` "Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bugungi o'yinda shogirdlari oldida emas.Jamoa bosh murabbiyi Avstraliyaga ketgani sabab, ularni Xikmat Ergashev boshlab tushgan.

20` Darvozalar oldida xavfli vaziyatlar kuzatilmayapti. Sokinlik ostida o'tayotgan birinchi bo'lim...

18` "Bunyodkor" oldinga intilmoqda. Lekin "Olmaliq" darvozasi oldida aytarli vaziyatlar yaratayotgani yo'q.

16` O'yinda kichik ustunlik "Olmaliq" jamoasi tarafida.

13` Xayrulla Karimov Zafar Polvonov bilan to'qnashib ketdi. "Bunyodkor" sardoriga tibbiy yordam ko'rsatildi.

12` Bugun "Jar"ga 500 ga yaqin ishqibozlar tashrif buyurishgan.

11` "Bunyodkor" o'tayotgan daqiqalarda maydon markazidan nariga o'tolmayapti. "Olmaliq" yaxshi "pressing" uyushtirmoqda.

10` Oleg Zoteevga nisbatan maydon markazida qoida buzildi.

8` "Olmaliq" hujumga o'tdi. Otabek Isroilovning noaniq to'p uzatishi mehmonlarning hujumini buzib qo'ydi.

6` O'yin tempini yuqori deb bo'lmaydi. Jamoalar hozircha maydonga moslashish jarayonini o'tkazishmoqda.

4` "Olmaliq" endi jarima zarbasini tepdi. Akbar To'raev bu vaziyatda to'pni ushlab oldi va xavfni bartaraf etdi.

3` "Bunyodkor" jarima zarbasini amalga oshirdi. "Olmaliq" himoyachilari bu vaziyatda aniq harakat qilishdi.

1` Uchrashuv boshlandi!

"Bunyodkor" - "Olmaliq" o'yinidan matnli onlayn translyaciyani SHahboz Beg'amov yozib boradi.

- Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.
- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика