So’nggi yangiliklar

22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  9 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9

Oliy liga 24-tur statistikasi Yangiliklar

Oliy liga 24-tur statistikasi

24-25 oktyabr kunlari oliy liganing 24-turidan o'rin olgan 7 uchrashuv bo'lib o'tdi. O'quvchilarimizga bo'lib o'tgan tur statistikasini taqdim etamiz.
Ushbu turning etti uchrashuvida darvozalarga jami 16ta gol urildi. Har bir o'yinga o'rtacha  2,29tadan gol to'g'ri keladi.

24-turdagi 7ta uchrashuvning 5tasida mezbon jamoa zafar quchdi. “Lokomotiv” o'z maydonida “Dinamo”ni qabul qildi. Bu bahs taqdirini bitta avtogol hal qildi. Birinchi bo'lim o'rtalarida samarqandliklar himoyachisi Ildar Mamatkazin kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi – 1:0.

Oliy ligada qolish uchun kurashayotgan “Buxoro” o'z muxlislari qarshisida “Olmaliq”ni qabul qildi. Birinchi bo'lim boshida Jamoliddin Ubaydullaev hisobni ochdi. Bahs boshlanganiga bir soat bo'lgan vaqtda Ulug'bek Baqoev mehmonlar darvozasiga ikkinchi golni urdi. Oradan to'rt daqiqa o'tgach Sanjar SHoahmedov hisobni qisqartirdi – 2:1.



Vodiyda “Navbahor” Muborakning “Mashal” klubini qabul qildi. Dastlabki bo'limda hech bir jamoa to'p kirita olmadi. Ikkinchi bo'lim boshida Mansur Saidov hisobni ochdi. Oradan ko'p o'tmay Baxtiyor Yoqubov ikkinchi bor mehmonlarni ranjitishdi. Bahs tugashiga 10 daqiqa qolganida SHaxboz Erkinov hisobni yiriklashtirdi – 3:0.

Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi “Nasaf” o'z maydonida “Qizilqum”ni qabul qildi. Bu uchrashuvning birinchi bo'limida ham hisob ochilmadi. 59-daqiqada Ilhom SHomurodov hisobni ochdi. Oradan ko'p o'tmay chempionat to'purari Artur Gevorkyan mavsumdagi o'zining 16-golini urishga erishdi – 2:0.



Oliy ligada qolish uchun kurashayotgan “So'g'diyona” va “Andijon” klublari Zominda to'qnash kelishdi. O'tgan turlarda bu stadionda 9tadan gollar urilgandi. Bu safar esa tomoshabinlar bittagina golning guvohiga aylanishdi. Birinchi bo'lim so'nggida Sardor Eminov “So'g'diyona”ga g'alaba keltirgan to'pni “burgutlar” darvozasiga kiritdi – 1:0. Qizig'i birinchi davrda “Andijon”ga qarshi safarda kechgan bahsda ham Eminov ikki bor gol urishga erishgandi. Aynan mana shu bahsdan so'ng “Andijon”ning oliy ligani tark etishini oydinlashdi.



Ushbu turda bitta durang qayd etildi. Qirgulida bo'lib o'tgan “Neftchi” – “Bunyodkor” uchrashuvida hech bir tomon g'alabaga erisha olmadi. 90 daqiqa davomida har ikkala jamoa futbolchilari raqib darvozasiga yo'l topa olishmadi – 0:0.

Safarda o'ynagan bitta “Paxtakor” uch ochkoga ega bo'lib qaytdi. Bekobodda bo'lib o'tgan bahsda hisob Jamshid Iskanderov tomonidan ochildi. Ikkinchi bo'lim boshida Bahodir Pardaev ikkinchi bor mezbonlar darvozasiga gol urdi. “Metallurg” 6 daqiqa ichida ikki bor to'p kiritib hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Dilmurod Karimov penaltidan hisobni qisqartirdi, Hikmat Hoshimov esa jarima to'pidan unumli foydalandi. “SHerlar” shundan so'ng ham ikkita gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Igor Sergeev va Bahodir Pardaev gol urib yakuniy natijani o'rnatishdi – 2:4. Navbatdagi g'alaba “Paxtakor”ga muddatdan avval chempionlikni keltiradi.



24-turda hakamlar bitta penalti belgilashdi. “Metallurg” – “Paxtakor” uchrashuvida mezbonlar yarim himoyachisi Dilmurod Karimov belgilangan penaltini aniq amalga oshira oldi. Hozircha chempionatda jami 39ta penalti amalga oshirildi, shundan 28tasi golga aylandi.



Turning 7ta uchrashuvida hakamlar tomonidan 25ta sariq kartochka ko'rsatildi. Bu har bir o'yinda 3,57tadan sariq kartochka ko'rsatildi deganidir. “Metallurg” – “Paxtakor” o'yinida eng ko'p ogohlantirish ko'satildi – 6ta. “Nasaf” – “Qizilqum” uchrashuvida esa ikki marta sariq kartochka ko'rsatildi. Bu turda hakamlar futbolchilarga to'rtta qizil kartochka ko'rsatishdi. “Metallurg” – “Paxtakor” uchrashuvida mezbonlardan Davron Karimqulov, mehmonlardan Kamoliddin Tojiev qizil kartochka oldi. “Mashal” himoyachisi G'iyosjon Komilov “Navbahor” bilan bahsni sheriklaridan avval tugatishga majbur bo'ldi. “Lokomotiv” yarim himoyachisi Jasur Hasanov “Dinamo” bilan uchrashuvning 82-daqiqasida qizil kartochka oldi. Hozirga qadar chempionatda futbolchilar 33 bor qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Bu turda bitta yirik g'alaba kuzatildi. “Navbahor” o'z muxlislari qarshisida “Mashal” darvozasiga javobsiz uchta gol urdi. “Lochinlar” uchun bu mavsumdagi uchinchi yirik g'alaba bo'ldi. Mavsumda hozirga qadar bo'lib o'tgan 166ta o'yinda 21 bor yirik g'alaba qayd etildi.



Ushbu turda bitta futbolchi dublga erishdi. “Paxtakor” klubi hujumchisi Bahodir Pardaev Bekobodda mezbonlar darvozasiga ikkita gol urdi. Hozirga qadar futbolchilar 34 marta dubl qayd etishgandi.

24-tur o'yinlarini kuzatish uchun stadionlarga jami 20263 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir o'yinga o'rta hisobda 2895 nafar tomoshabin keldi deganidir. Turning eng ko'p tomoshabini “Neftchi” – “Bunyodkor” uchrashuviga keldi – 4701. Eng kam tomoshabin esa “Lokomotiv” – “Dinamo” bahsiga tashrif buyurgan. Ushbu o'yinni ko'rish uchun Toshkentdagi stadionga 1810 nafar tomoshabin keldi.

24-tur

Ko'rsatkich

2014 yil

7

O'yin

166

16 (2.29)

Gol (o'rtacha)

446 (2.69)

5 (71.43%)

Mezbon g'alabasi

92 (55.42%)

1 (14.29%)

Durang

29 (17.47%)

1 (14.29%)

Mehmon g'alabasi

45 (27.11%)

1

Penalti belgilandi

39

1 (100%)

Penalti amalga oshirildi

28 (71.79%)

25 (3.57)

Ogohlantirish (o'rtacha)

628 (3.78)

4 (0.57)

CHetlatish (o'rtacha)

33 (0.2)

1

Yirik g'alaba

21

0

Irodali g'alaba

17

1

Dubl

34

0

Xet-trik (Poker)

4 (1)

20263 (2895)

Tomoshabin (o'rtacha)

867862 (5228)

 
Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика