Oliy liga. 24-tur ramziy terma jamoasi
28 okt 2014 13:00
Yangiliklar
Mazkur turda faqat bir uchrashuvda durang qayd etildi. Yani, Farg'onada bo'lib o'tgan “Neftchi” - “Bunyodkor” bahsida hisob ochilmadi. Beshta o'yin maydon egalarining g'alabasi bilan yakun topgan bo'lsa, bir uchrashuvda mehmonlar zafar quchishdi. Yani, “Metallurg” - “Paxtakor” bellashuvida chempionlikka juda yaqin turgan “paxtakorchilar” 4:2 hisobida g'alaba qozonishdi.
O'tgan tur o'yinlaridan kelib chiqqan holda odatdagidek ramziy terma jamoani tuzib chiqdik. Unga ko'ra, “Mashal”, “Neftchi”, “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor”, “So'g'diyona”, “Bunyodkor”, “Navbahor” va “Buxoro” klublaridan yaxshi o'yin ko'rsatgan futbolchilarni tanlab oldik. Demak, quyida 24-tur ramziy terma jamoasini keltirib o'tamiz.
DARVOZABON
Botir Nosirov (“Mashal”)
Garchi Namanganda “Mashal” 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo'lsa-da, bu o'yinda muborakliklar posboni Botir Nosirov o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi. Botir birinchi taymda juda yaxshi harakat qildi. Ammo tanaffusdan keyin umuman keraksiz bo'lgan gollarni o'tkazib yubordi. Lekin to'liq o'yindan kelib chiqqan holda Nosirov darvozada yaxshi turdi deya olamiz.
HIMOYACHILAR
Abdulloh Olimov (“Neftchi”)
Bobur Yo'ldoshev (“Lokomotiv”)
Farrux Sayfiev (“Nasaf”)
“Neftchi” o'z uyida amaldagi chempionni enga olmadi. Ammo bir ochkoga ega bo'ldi. Mazkur bahsda chap qanot himoyasida o'ynagan Abdulloh Olimov o'zidan iliq taassurot qoldirdi. “Lokomotiv”ning navbatdagi bahsida hech bir o'yinchi jiddiy ajralib turgani yo'q, biroq markaziy himoyachi Bobur Yo'ldoshev o'zini ko'rsatishga harakat qildi. SHu bois uni ramziy terma jamoaga kiritdik. Farrux Sayfiev esa oxirgi paytlarda tez-tez tilga olinadigan futbolchiga aylandi. Sayfiev “Qizilqum” bilan kechgan bahsda ham o'zini ko'rsata oldi.
YARIM HIMOYACHILAR
Artur Gevorkyan (“Nasaf”)
Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”)
Sardor Eminov (“So'g'diyona”)
Minori Sato (“Bunyodkor”)
Mansur Saidov (“Navbahor”)
Yarim himoya chizig'iga besh nafar futbolchini tanlab oldik. Bular - Artur Gevorkyan, Jamshid Iskanderov, Sardor Eminov, Minori Sato va Mansur Saidov. “Nasaf” etakchisi Gevorkyan “Qizilqum” darvozasiga chap oyoqda chiroyli to'p kiritdi, qolaversa birinchi golga hammualliflik qildi. Iskanderov esa Bekobodda o'zini ko'rsata oldi. Sardor Eminovning yagona goli “So'g'diyona”ga nihoyatda kerakli uch ochkoni taqdim etgan bo'lsa, yaponiyalik legioner Minori Sato “Neftchi”ga qarshi o'zini ko'rsatdi. Mansur Saidovning zaxiradan tushishi esa “Navbahor” o'yinini tubdan o'zgartirib yubordi. Natijada maydon egalari “Mashal” darvozasiga javobsiz uchta gol urishga muvaffaq bo'lishdi.
HUJUMCHILAR
Bahodir Pardaev (“Paxtakor”)
Ulug'bek Baqoev (“Buxoro”)
Davralar oralig'ida “Paxtakor”ga kelib qo'shilgan Bahodir Pardaev tezda yangi jamoasiga kirishib ketdi. Igor Sergeev terma jamoaga ketgan mahal aynan Bahodir hujumdagi etakchilikni o'z qo'liga oldi. U “Paxtakor”ga kelgach, yana to'purarlik mahoratini namoyon eta boshladi. Jizzaxlik hujumchi yaqinda “Metallurg” darvozasiga ikkita gol urdi. Tajribali hujumchi Ulug'bek Baqoev ham jamoasi uchun juda kerakli gollarni urib kelyapti. Uning “Olmaliq” darvozasiga kiritgan to'pi “Buxoro”ga uch ochkoni taqdim etdi va jamoaning oliy ligada qolishi uchun imkoniyatni yuzaga keltirdi.
BOSH MURABBIY: Davron Fayziev (“So'g'diyona”)
Tur ramziy terma jamoasiga bosh murabbiy etib kimni tanlasak deya uzoq o'yladik. Va oxiri Davron Fayziev varianti ustida to'xtaldik. Yaxshi bilasiz, “So'g'diyona” oliy ligada qolish uchun astoydil kurashmoqda. O'tgan turda jamoaning “Andijon” bilan kechgan bahsi juda muhim edi va jizzaxliklar kichik hisobda raqibni mag'lub etib, uch ochko sohibi bo'lishdi. SHu bois ramziy termaga bosh murabbiy sifatida Davron Fayzievni tanladik.

Fikrlar