So’nggi yangiliklar

12:12Эдерсон "Ман Сити"да қолади: "Пеп билан суҳбат ҳал қилувчи ролни ўйнади. Янги титуллар ютишга эътиборимни қаратганман"  0 11:43"Барселона" ҳимоячиси Араухо "Борнмут"га ўтади  1 11:13"Ливерпуль" Субименди билан музокараларни бошлади  0 10:44Озарбайжонлик дарвозабон "Барселона" билан шартнома тузди  1 10:15«Манчестер Юнайтед» «Бавария» билан келишувга эришди - Фабрицио Романо  2 09:46Футзал. Ўзбекистон ва Ангола ўртасидаги бугунги учрашув 13 августга қолдирилди. Нега?  0 09:18«Вест Хэм» анча вақт «Ювентус» қизиққан футболчи билан шартнома тузди  1 08:49Суперлига. Бугун яна иккита учрашув бўлиб ўтади  3 08:20"Пахтакор-79" абадий қалбимизда!  3 07:52Париж-2024. Мартанинг сўнгги учрашувида Бразилия финалда АҚШга мағлуб бўлди  1 07:2511 август куни Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)   6 04:53Рўзиқул Бердиев: "Бугун олти очколик ўйин бўлди, аммо "Пахтакор"ни ҳисобдан чиқариб бўлмайди"  9 01:50Максим Шацких: "Декабрь ойида барчасини сарҳисоб қиламиз. Ўйинни назорат қилдик ва рақибга имконият бермадик"  37 01:40МЮ "Атлетико" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 01:24Мората "Милан"га ўтиши ҳақида гапирди  0

Oliy liga-2014 yakunlari. O'z maydonida eng ko'p tomoshabin to'plagan "Qizilqum" haqida Yangiliklar

Oliy liga-2014 yakunlari. O'z maydonida eng ko'p tomoshabin to'plagan "Qizilqum" haqida

Har kuni oliy liganing bitta klubiga atalgan statistik ko'rsatkchilar saytimizda berib borilmoqda.
"Paxtakor", “Andijon”, "Lokomotiv", "So'g'diyona", "Nasaf", “Buxoro” va “Bunyodkor” klublari haqida malumot berdik. Navbat ushbu mavsumda 11-o'rinni olgan "Qizilqum" klubiga etib keldi.
 
Jamoa tarkibida bu mavsum jami 24 nafar futbolchi maydonga tushdi. Ulardan faqat bittasi legioner. Yarim himoyachisi Ruslan Vagapov 26ta o'yinda maydonga tushib jamoa eng ko'p o'ynagan futbolchiga aylandi. 3tadan gol urgan Akmal Rustamov, SHerali Jo'raev, Georgiy Kvesieshvili va Vladimir SHishelov jamoa to'purari bo'lishdi.



9 marta sariq kartochka olgan hujumchi Navro'z Alimov eng ko'p ogohlantirilgan futbolchi bo'ldi. "Qizilqum"ning uchta futbolchisi qizil kartochka oldi. Eldor Boymatov, SHerali Jo'raev va Mirjalol Qurbonov mavsum davomida hakamlar tomonidan maydondan chetlatilishdi.  

Quyida jamoa safida maydonga tushgan barcha futbolchilarning statistik ko'rsatkchilari berilgan.

Futbolchi Amp. T.sana. O'yin Daq Gol SK QK
Vagapov Ruslan Yahm 1/22/1980 26 2203 2 3 0
Makosin Artyom Dar 10/29/1985 25 2250 0 1 0
Qurbonov Mirjalol Him 4/28/1990 25 2061 0 3 1
Rustamov Akmal Him 2/8/1986 25 1982 3 6 0
SHodmonov Samandar Yahm 3/29/1986 24 1958 2 1 0
Jo'raev SHerali Yahm 2/17/1988 23 1882 3 4 1
Boymatov Eldor Yahm 11/17/1990 22 1808 2 5 1
Muxiddinov Asqar Him 6/22/1981 21 1652 0 4 0
Xoliqov Alisher Huj 4/27/1982 20 856 1 2 0
Haydarov Farrux Yahm 3/29/1990 19 935 0 1 0
Alimov Navro'z Huj 3/21/1992 18 1190 2 9 0
Jumaev G'ayrat Yahm 4/2/1986 15 696 0 3 0
Kvesieshvili Georgiy Him 12/1/1985 12 1011 3 0 0
Sanaev Alisher Yahm 6/16/1987 12 962 0 1 0
Qambarov Fayzullo Yahm 1/1/1990 12 756 0 1 0
Usmonov Azizbek Him 1/22/1992 11 951 0 1 0
Xoliqov Akmal Him 7/30/1981 11 917 0 0 0
SHishelov Vladimir Huj 11/8/1979 11 790 3 2 0
SHoxnazarov Jamshid Yahm 2/7/1986 9 386 1 2 0
Azizov Alisher Huj 2/14/1990 8 234 1 0 0
Holmatov Sarvar Yahm 11/24/1990 4 104 0 0 0
Sanaev Ruslan Huj 8/8/1987 2 96 0 0 0
SHahobiddinov Nodirjon Huj 11/22/1996 2 10 0 0 0
Jabborov Erkin Dar 8/24/1985 1 90 0 1 0

* - birinchi davradan so'ng boshqa klubga o'tgan
** - ikkinchi davrada jamoaga kelgan



"Qizilqum" bu yil umuman yirik g'alabaga erishmadi va ikki bor yirik hisobda yutqazib qo'ydi. Safardagi o'yinlarda 5 ochko to'pladi. Sakkizta uchrashuvda raqiblar navoiyliklar darvozasiga gol ura olishmadi. 10ta o'yinda esa "Qizilqum"ning o'zi gol ura olmadi. Jamoa o'z maydonida muxlis to'plash borasida bu yil oliy ligada eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etdi.

Quyidagi jadvalda klubning bu mavsumdagi qayd etgan natijalari keltirilgan.

O'yinlar 26
Gollar 23
Uydagi gollar 17 (73.91%)
Mehmondagi gollar 6 (26.09%)
O'tkazilgan gollar 34
Uyda o'tkazilgan gollar 14 (41.18%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar 20 (58.82%)
O'rtacha gol 0.88
O'rtacha o'tkazilgan gol 1.31
Uydagi ochkolar 22/39 (56.41 %)
Mehmondagi ochkolar 5/39 (12.82 %)
Eng yirik g'alaba 3:1 - "Navbahor"
Eng yirik mag'lubiyat 1:4 - "Lokomotiv", "Paxtakor"
"Quruq" o'yinlar 8 (30.77%)
Gol ura olmagan o'yinlar 10 (38.46%)
Irodagi g'alaba 1
Yirik g'alabalar 0
Yirik mag'lubiyatlar 2
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan) 0/2
Ogohlantirishlar (o'rtacha) 50 (1.92)
CHetlatishlar (o'rtacha) 3 (0.12)
Maydonga tushganlar (legioner) 24 (1)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha) 158324 / 6089



Navoiyliklarning mavsumdagi o'rtacha yoshi 27,9 ni tashkil etdi. Bu borada o'rtacha yoshi eng katta jamoa bo'ldi. Nodir SHahobiddinov bu yil 17 yoshida jamoa safida maydonga tushdi va eng yosh futbolchiga aylandi. Navro'z Alimov gol urgan va sariq kartochka olgan eng yosh o'yinchi bo'ldi.

Ko'rsatkich

Yosh Futbolchi

Eng yosh gol urgan

22,71 Alimov Navro'z

Eng keksa gol urgan

34,225 SHishelov Vladimir

Eng yosh maydonga tushgan

17,112 SHahobiddinov Nodirjon

Eng keksa maydonga tushgan

34,289 Vagapov Ruslan

Eng yosh sariq kartochka olgan

21,358 Alimov Navro'z

Eng keksa sariq kartochka olgan

34,253 Vagapov Ruslan

Eng yosh qizil kartochka olgan

23,259 Boymatov Eldor

Eng keksa qizil kartochka olgan

26,167 Jo'raev SHerali


Saytimiz xodimlari tomonidan Ruslan Vagapov “Qizilqum”ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ertaga "Mashal" klubi haqida maqola kuting.
 

Narzulla Saydullaev  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика