Oliy liga-2014 yakunlari. Darvozasiga eng ko'p penalti belgilangan "Buxoro" haqida
25 noy 2014 18:00
Yangiliklar

Oliy liga-2014 yakunlari. Darvozasiga eng ko'p penalti belgilangan "Buxoro" haqida
Har kuni oliy liganing bitta klubiga atalgan statistik ko'rsatkchilar saytimizda berib borilmoqda.
"Paxtakor", “Andijon”, "Lokomotiv", "So'g'diyona" va "Nasaf" klublari haqida malumot berdik. Navbat ushbu mavsumda 12-o'rinni olgan "Buxoro" klubiga etib keldi.
Jamoa tarkibida bu mavsum jami 32 nafar futbolchi maydonga tushdi. Ulardan to'rt nafari legionerlar. Yarim himoyachi Vitaliy Plamadela 25ta o'yinda maydonga tushib jamoa eng ko'p o'ynagan futbolchiga aylandi. 3tadan gol urgan Predrag Vuyovich, Suhrob Nematov va Ulug'bek Baqoev jamoa to'purari bo'lishdi.
7 marta sariq kartochka olgan himoyachi Oybek Nurboev eng ko'p ogohlantirilgan futbolchi bo'ldi. "Buxoro"ning to'rtta futbolchisi qizil kartochka oldi. Aleksandr Korneychuk, Bahriddin Vahobov, SHukur Jumaboev va Umrillo Ramazonov mavsum davomida hakamlar tomonidan maydondan chetlatilishdi.
Quyida jamoa safida maydonga tushgan barcha futbolchilarning statistik ko'rsatkchilari berilgan.
* - birinchi davradan so'ng boshqa klubga o'tgan
** - ikkinchi davrada jamoaga kelgan
"Buxoro" bu yil bir marta yirik g'alabaga erishdi va to'rt bor yirik hisobda yutqazib qo'ydi. Safardagi o'yinlarda 6 ochko to'pladi. Oltita uchrashuvda raqiblar buxoroliklar darvozasiga gol ura olishmadi. 12ta o'yinda esa "Buxoro"ning o'zi gol ura olmadi. Mavsum davomida jamoa darvozasi tomon 8 marta penalti belgilandi. SHundan 3tasi golga aylantirildi. Qizig'i jamoa futbolchilari biron marta ham penalti tepishmadi.
Quyidagi jadvalda klubning bu mavsumdagi qayd etgan natijalari keltirilgan.
Buxoroliklarning mavsumdagi o'rtacha yoshi 28,3 ni tashkil etdi. Bu borada o'rtacha yoshi eng katta jamoa bo'ldi. O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempioni Akobir To'raev bu yil 17 yoshida jamoa safida maydonga tushdi va eng yosh futbolchiga aylandi. Firdavs Asadov gol urgan va sariq kartochka olgan eng yosh o'yinchi bo'ldi.
Saytimiz xodimlari tomonidan Vitaliy Plamadela “Buxoro”ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ulug'bek Baqoevni esa yil qaytishi deb topdik.
Ertaga "Bunyodkor" klubi haqida maqola kuting.
Narzulla Saydullaev

Futbolchi | Amp. | T.sana. | O'yin | Daq | Gol | SK | QK |
Plamadela Vitaliy | Yahm | 1/21/1985 | 25 | 1938 | 1 | 1 | 0 |
Korneychuk Aleksandr | Dar | 10/30/1979 | 23 | 1981 | 0 | 3 | 1 |
Vuyovich Predrag | Yahm | 8/20/1983 | 23 | 1920 | 3 | 5 | 0 |
Nematov Suhrob | Yahm | 4/23/1986 | 23 | 1625 | 3 | 4 | 0 |
Nurboev Oybek | Him | 5/3/1988 | 21 | 1859 | 1 | 7 | 0 |
Ubaydullaev Jamoliddin | Yahm | 5/25/1992 | 21 | 1492 | 2 | 1 | 0 |
Vahobov Baxriddin | Huj | 1/23/1983 | 18 | 837 | 2 | 2 | 1 |
Ilin Ilya | Him | 9/29/1985 | 17 | 978 | 0 | 3 | 0 |
Aslanov Ravshan | Yahm | 2/4/1990 | 16 | 831 | 0 | 1 | 0 |
Narzullaev Otabek** | Yahm | 6/25/1985 | 13 | 1170 | 0 | 2 | 0 |
Raimqulov SHavkat* | Him | 5/7/1984 | 13 | 1125 | 0 | 3 | 0 |
Asadov Firdavs | Huj | 4/19/1993 | 13 | 1013 | 1 | 1 | 0 |
G'ulomxo'jaev Aziz* | Him | 2/13/1990 | 11 | 910 | 0 | 4 | 0 |
Popovich Dmitriy** | Huj | 8/5/1983 | 11 | 840 | 0 | 1 | 0 |
Boboqulov Feruz* | Huj | 7/14/1986 | 11 | 521 | 2 | 3 | 0 |
Kvesieshvili Georgiy* | Him | 12/1/1985 | 10 | 884 | 0 | 5 | 0 |
Asqaraliev Sanjar** | Yahm | 1/20/1981 | 10 | 735 | 0 | 2 | 0 |
Rajabov Anvar** | Huj | 1/23/1988 | 10 | 544 | 1 | 0 | 0 |
Ramazanov Umrillo | Him | 2/18/1992 | 10 | 538 | 0 | 1 | 1 |
Baqoev Ulug'bek | Huj | 11/28/1978 | 9 | 800 | 3 | 2 | 0 |
Akopyanc Andrey* | Yahm | 8/27/1977 | 9 | 223 | 1 | 0 | 0 |
SHaripov SHerzod | Him | 3/1/1980 | 7 | 605 | 0 | 2 | 0 |
Kochnev Evgeniy | Him | 12/3/1992 | 7 | 388 | 0 | 2 | 0 |
Hasanov Jamshid | Yahm | 4/6/1992 | 6 | 405 | 1 | 2 | 0 |
Jumabaev SHukur | Yahm | 3/8/1989 | 6 | 364 | 0 | 2 | 1 |
Jo'raev Nodir | Him | 9/3/1980 | 5 | 297 | 0 | 0 | 0 |
Turdaliev Farrux | Dar | 6/7/1990 | 4 | 356 | 0 | 0 | 0 |
Isroilov Otabek | Huj | 12/7/1989 | 4 | 155 | 1 | 1 | 0 |
Akbarov Elyor | Huj | 7/28/1990 | 3 | 48 | 0 | 0 | 0 |
To'raev Akobir | Huj | 11/3/1996 | 2 | 79 | 0 | 0 | 0 |
Hamdamov Murodillo | Him | 4/9/1984 | 1 | 31 | 0 | 0 | 0 |
Umurov Nozim | Huj | 6/3/1991 | 1 | 19 | 0 | 0 | 0 |
* - birinchi davradan so'ng boshqa klubga o'tgan
** - ikkinchi davrada jamoaga kelgan
"Buxoro" bu yil bir marta yirik g'alabaga erishdi va to'rt bor yirik hisobda yutqazib qo'ydi. Safardagi o'yinlarda 6 ochko to'pladi. Oltita uchrashuvda raqiblar buxoroliklar darvozasiga gol ura olishmadi. 12ta o'yinda esa "Buxoro"ning o'zi gol ura olmadi. Mavsum davomida jamoa darvozasi tomon 8 marta penalti belgilandi. SHundan 3tasi golga aylantirildi. Qizig'i jamoa futbolchilari biron marta ham penalti tepishmadi.
Quyidagi jadvalda klubning bu mavsumdagi qayd etgan natijalari keltirilgan.
O'yinlar | 26 |
Gollar | 23 |
Uydagi gollar | 16 (69.57%) |
Mehmondagi gollar | 7 (30.43%) |
O'tkazilgan gollar | 43 |
Uyda o'tkazilgan gollar | 15 (34.88%) |
Mehmonda o'tkazilgan gollar | 28 (65.12%) |
O'rtacha gol | 0.88 |
O'rtacha o'tkazilgan gol | 1.65 |
Uydagi ochkolar | 19/39 (48.72 %) |
Mehmondagi ochkolar | 6/39 (15.38 %) |
Eng yirik g'alaba | 3:0 - "Andijon" |
Eng yirik mag'lubiyat | 0:5 - "Bunyodkor" |
"Quruq" o'yinlar | 6 (23.08%) |
Gol ura olmagan o'yinlar | 12 (46.15%) |
Irodagi g'alaba | 0 |
Yirik g'alabalar | 1 |
Yirik mag'lubiyatlar | 4 |
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan) | 1/2 |
Ogohlantirishlar (o'rtacha) | 60 (2.31) |
CHetlatishlar (o'rtacha) | 4 (0.15) |
Maydonga tushganlar (legioner) | 32 (4) |
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha) | 155673 / 5987 |
Buxoroliklarning mavsumdagi o'rtacha yoshi 28,3 ni tashkil etdi. Bu borada o'rtacha yoshi eng katta jamoa bo'ldi. O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempioni Akobir To'raev bu yil 17 yoshida jamoa safida maydonga tushdi va eng yosh futbolchiga aylandi. Firdavs Asadov gol urgan va sariq kartochka olgan eng yosh o'yinchi bo'ldi.
Ko'rsatkich |
Yosh | Futbolchi |
Eng yosh gol urgan |
20,351 | Asadov Firdavs |
Eng keksa gol urgan |
36,278 | Akopyanc Andrey |
Eng yosh maydonga tushgan |
17,347 | To'raev Akobir |
Eng keksa maydonga tushgan |
36,299 | Akopyanc Andrey |
Eng yosh sariq kartochka olgan |
20,338 | Asadov Firdavs |
Eng keksa sariq kartochka olgan |
35,344 | Baqoev Ulug'bek |
Eng yosh qizil kartochka olgan |
22,178 | Ramazonov Umrillo |
Eng keksa qizil kartochka olgan |
34,284 | Korneychuk Aleksandr |

Fikrlar