Oliy liga-2013. Etti kashfiyot futbolchi
29 noy 2013 16:40
Yangiliklar

Oliy liga-2013. Etti kashfiyot futbolchi
Yakunlangan 2013 yilgi mavsum bir qancha yosh iqtidorlarni etishtirib berdi.
Aslida har bir jamoada o'ziga xos topilma yoshlar bor. Biz esa barchasini sarhisob qilgan holda chinakam kashfiyotga aylangan Oliy liganing etti kashfiyotini saralab oldik, deya yoziladi Erudit Sport nashrida. Biz uchun quvonarlisi, ushbu ro'yxatdan ikki nafar dinamochilar ham joy oldi.
1. Eldor Suyunov - Nasaf
Aynan Suyunov mazkur mavsumdagi birinchi raqamli kashfiyotga aylandi. O'tgan yili uni deyarli hech kim tanimasdi. Bu yil esa “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev uning salohiyatini yaxshi bilgan holda qo'rqmasdan asosiy tarkibdan joy berdi va adashmadi. Hattoki uning istedodi terma jamoa murabbiylarini befarq qoldirmadi. SHu yilning o'zida “Nasaf”da debyutini o'tkazgan yosh pos-bon milliy terma jamoada ham uchta uchrashuvini o'tkazishga erishdi. Eldor mavsum davomida 23 ta uchrashuvda qarshiliklar darvozasini qo'riqlab, darvozasidan 20 ta to'p o'tkazib yubordi.
2. Igor Sergeev - Paxtakor
Bugungi kunda eng ko'p tilga olinayotgan futbolchilardan biri Igor Sergeevdir. Uni oldinda yorqin kelajak kutib turibdi. Faqat Sergeev o'sishdan to'xtab qolmasligi lozim. Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashib, terma jamoamizning etakchilaridan biri bo'lgan hujumchi tez orada milliy terma jamoada ham debyutini o'tkazishga erishdi. Bu yilgi mavsumda Murod Ismoilov uni 20 ta o'yinda maydonga tushirdi. Lekin hujumchi sifatida uning urgan gollari kam, yani besh marta to'p kiritdi. SHunga qaramasdan, bu holat uning kashfiyotlar qatoridan o'rin olmasligiga sabab bo'la olmaydi.
3. Sardor Rashidov - Bunyodkor
“Bunyodkor” tarkibida to'p surishning o'zi katta gap. Sardor Rashidov esa jiddiy raqobat bo'lishiga qaramasdan o'z iqtidorini ko'rsatib, Mirjalol Qosimovning ishonchini qozona oldi. Hisoblab chiqsak, Rashidov 14 ta o'yinda “Bunyodkor” libosida maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 3ta to'p kiritdi. Mirjalol Qo'shoqovich milliy terma tarkibini asta-sekin yoshartirishni boshladi. SHu bois Sardor Rashidovga terma jamoa eshigi ochildi. Etiborlisi, yosh o'yinchi bosh jamoamiz tarkibida o'zini yo'qotib qo'ymadi. Aksincha, Vetnamga qarshi Toshkent va Xanoydagi uchrashuvlarda gol urib, g'alabaga o'z ulushini qo'shdi.
4. Farrux SHotursunov - Dinamo
Ushbu 20 yoshli hujumchi birinchi davrani “Qizilqum”da o'tkazdi. Lekin moliyaviy muammolar tufayli klubni tark etib, Dinamoga o'tgach, ikkinchi davra arafasida Farruxni ham Samarqandga olib o'tdi. Negaki yosh bo'lsa-da, uning qobiliyatini yaxshi bilgani uchun “Dinamo”ga chorladi va adashmadi. U 11 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHuning o'ziyoq uning chindan kashfiyotlardan biri ekanligini ko'rsatib turibdi. Muhimi, SHotursunov “Dinamo”ning muvaffaqiyatlarida katta rol o'ynadi.
5. Suhrob Berdiev - So'g'diyona
CHindan ham ushbu o'yinchi “So'g'diyona” tarkibida yorqin taassurot qoldirdi. Bu yil Davron Fayziev yoshlarga ham katta etibor va imkoniyat berdi. Bundan esa Suhrob unumli foydalana oldi. Yarim himoyachi 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 7 marta ishg'ol etdi. Aslida Olmaliq klubi tarbiyalanuvchisi bo'lgan ushbu futbolchiga hozirdanoq qiziqayotgan jamoalar paydo bo'lmoqda. Lekin Davron Fayziev uni keyingi mavsumda ham o'z jamoasida ko'rish istagida.
6. Komil SHarofutdinov - Dinamo
Dinamo tarkibida joriy mavsumda bir qator iqtidorli futbolchilarning kashf qilinganiga guvoh bo'ldik. Abdullo Nabiev, Firdavs Abdusalimov, Timur Dadashev, Nodir Sanaqulov, Farrux SHotursunovlar kabi yoshlar qatori Komil SHarofutdinov haqiqatdan noyob istedod egasi sifatida taassurot uyg'otdi. U 20 ta o'yinda 3 ta gol muallifi bo'ldi.
7. Diyor Turopov - Olmaliq
Igor SHkvirin bosh murabbiyligida “Olmaliq” safida har mavsumda albatta o'zini yaxshi tomondan ko'rsatayotgan yoshlar namoyon bo'lmoqda. Bu yilgi chempionatda Diyor Turopov ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otdi. Diyorning istedodini vaqtida bilgan Igor Anatolevich uni tez orada asosiy tarkibga kiritdi. Natijada ushbu mavsumda futbolchi 17 marta maydonga tushdi va bir marta gol urdi. U gol urishdan ko'ra, asosan jamoadoshlariga golli pas uzatishlarni xush ko'radi. Qolaversa, yozda Turkiyadagi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ham Diyor Turopov O'zbekiston sharafini munosib himoya qilganini hamma ko'rdi.
SH.Jo'raev.

Fikrlar