So’nggi yangiliklar

23:40АПЛ клуби Асенсиога қизиқмоқда  1 23:00"Манчестер Юнайтед" Араухо учун даъвогарлик қилмоқда  2 22:32Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда ғалаба қозонди, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 22:21Англия кубоги. "Ливерпуль" 4та, "Челси" эса 5та, "Лестер" эса 6та гол урди ва бошқа натижалар  3 21:50"Манчестер Сити" — "Солфорд Сити". Таркиблар маълум!  14 21:13"Торино" — "Ювентус". Таркиблар маълум  6 20:52Назорат учрашуви. "Нефтчи" Руминия жамоаси билан дуранг ўйнади  12 20:31Рэшфорд Францияга йўл оладими?  1 20:00Абдуқодир Ҳусановга "Манчестер Сити" мухлисидан мактуб  30 19:54Хвича ПСЖда ҳозиргидан 4-5 баравар кўп маош олади  3 19:41Конте: "Хвиче "Наполи"дан уни сотишларини сўради. Мен хафаман"  3 19:26Беллингем Винисиуснинг тегинишидан сўнг йиқилган Маффео сўзлари ҳақида: "10 сония бокс, шундайми? Нозик аҳмоқ"   5 18:28"Севилья" президенти: "Барселона" ва "Реал"га бошқа қоида, қолганларга бошқа қоида. Уят"  9 17:54Пенья кеч қолгани учун "Барселона" дарвозасини Шченсни қўриқлаган экан  4 17:47Фотоархив. "Хоразм"нинг Суперлигада ўтказган охирги мавсуми ёдингиздами?  3

Oliy liga. 16-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 16-tur ramziy terma jamoasi

Oliy ligamizda navbatdagi 16-tur bahslari ham yakuniga etdi.
Saytimiz odatiga binoan tur ramziy terma jamoasini keltirib o'tamiz. Bu safar ramziy jamoadan “So'g'diyona”, “Nasaf”, “Mashal”, “Neftchi”, “Bunyodkor”, “Paxtakor” va “Lokomotiv” futbolchilari joy olishdi. Ayrim sabablarga ko'ra, “Buxoro”, “Olmaliq”, “Andijon”, “Navbahor”, “Metallurg”, “Qizilqum” va “Dinamo”dan hech kim kiritilmadi.


DARVOZABON
Aleksandr Melenchuk (“So'g'diyona”)

16-tur ramziy terma jamoasi darvozasiga Aleksandr Melenchukni qo'ydik. Bilasiz, moldovalik posbon “So'g'diyona”ning eng etakchi o'yinchilaridan biri hisoblanadi. Melenchuk o'tgan turda “Olmaliq”dan gol o'tkazmagandi, bu safar “Dinamo” bilan bahsda ham o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qola bildi. SHu bois uni asosiy darvozabon sifatida tanladik.



HIMOYACHILAR
Xamza Karimov (“Nasaf”)
G'iyos Komilov (“Mashal”)
Sardor Rahmonov (“Neftchi”)
Akmal SHorahmedov (“Bunyodkor”)

Safarda “Buxoro” bilan kechgan bellashuvda “Nasaf” 2:0 hisobida g'alaba qozonib qaytdi. Ushbu bahsda qarshiliklar himoyachisi Hamza Karimov yaxshi harakat qildi. U “Buxoro” hujumchisi Ulug'bek Baqoevga aytarli imkoniyat qoldirmadi.

SHuningdek, G'iyos Komilov ham bu turda o'zini ko'rsatdi. Andijonlik futbolchi o'zining sobiq jamoasiga qarshi bahsda jarima to'pidan gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, butun o'yin davomida yaxshi harakat qildi.

“Neftchi” vakili Sardor Rahmonov ikkinchi bor ramziy terma jamoamizdan joy oldi. Farg'onalik hamkasblarning aytishicha, Sardor jamoa o'yiniga tezda qovushib keta oldi. Vodiy derbisida aynan uning yagona goli o'yin taqdirini hal qildi.

Akmal SHorahmedovga kelsak, u “Bunyodkor”ning almashtirib bo'lmas himoyachilaridan biri hisoblanadi. Akmal Olmaliqdagi o'yinda ham o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi. SHu bois uni ham ramziy terma jamoamizga kiritdik.
 


YARIM HIMOYACHILAR
Sardor Rashidov (“Bunyodkor”)
Kaxi Maxaradze (“Paxtakor”)
Orif Mamajonov (“So'g'diyona”)
Zafar To'raev (“Mashal”)

Sergey Lushan qo'l ostida Sardor Rashidovning o'yini turdan turga “ochilib” bormoqda. Avvalgi turda “Mashal” darvozasini uch bor aniq nishonga olgan Sardor bu gal “Olmaliq” darvozasiga bitta to'p kiritdi. U mazkur bellashuvda ham o'zini ko'rsata oldi.

Kaxi Maxaradze esa Navoiydagi kechgan bahsning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. Kecha u “Paxtakor” safidagi eng yaxshi o'yinlaridan birini namoyish etdi deya olamiz. SHuningdek, raqib darvozasiga ikki bor gol urishning uddasidan chiqdi.

Bu turda “So'g'diyona” yarim himoyachisi Orif Mamajonov ham gol urishga erishdi. Hujumchilar ortida harakat qilgan ushbu futbolchi 65 daqiqa to'p surib o'zini ko'rsata oldi.

“Gattuzo” laqabi bilan tanilgan Zafar To'raev esa muboraklik muxlislarni xushnud etishda davom etmoqda. “Andijon”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda To'raev ham gol urdi, ham Zohir Qo'ziboev to'p kiritgan vaziyatda burchak zarbasini samarali oshirib berdi.



HUJUMCHILAR
Kenja To'raev (“Nasaf”)
Farhod Tojiev (“Lokomotiv”)

“Nasaf” hujumchisi ketma-ket uch turdan buyon gol urib kelmoqda. Safarda “Buxoro” bilan kechgan uchrashuvda ham u to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. “Nasaf” ishqibozlarining ikkinchi davrada chiroqchilik hujumchidan umidi katta. O'ylaymizki, Kenja ikkinchi davrada o'zini ko'rsata oladi.

Farhod Tojiev bu safar “Metallurg” darvozasiga ikkita to'p kiritdi. U avvalgi turda “Nasaf” darvozasini ham ishg'ol qilgandi. Albatta, “Metallurg” bilan kechgan bahsda Farhod Tojiev bir nechta vaziyatni ko'kka sovurdi, shunga qaramay, bu turda boshqa hujumchilarga qaraganda sermahsullik unda ko'proq ko'zga tashlandi.  

BOSH MURABBIY: Davron Fayziev (“So'g'diyona”)

Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi oxirgi ikki turda to'rt ochko jamg'ardi. Klub bosh murabbiyi Davron Fayzievning aytishicha, “So'g'diyona” albatta oliy ligada qoladi. Bundan tashqari, rahbariyatning ham jamoaga nisbatan etibori kuchaygan. Albatta, safarda “Dinamo”ni engib qaytish oson ish emas. CHunki hozir samarqandliklar “yaralangan sher” holatidalar. Lekin “So'g'diyona” o'zining kamtarin tarkibi bilan bu ishni uddalay oldi. Natijada jamoa bosh murabbiyi Davron Fayzievni ramziy termamizga bosh murabbiy etib tayinladik.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика