So’nggi yangiliklar

16:55"Ал Насср" Роналдунинг ёнига Мессини олиб келса ҳам, "Ал Ҳилол"ни енга олмайди"  1 16:34FourFourTwo портали АПЛ тарихидаги энг яхши дарвозабон номини эълон қилди, бу Шмейхель эмас  3 16:12Манба: Эмери Феликсга ҳар куни қўнғироқ қилмоқда  2 15:50Перуда ғалати ҳодиса: футболчи ўйин пайтида қовуғини бўшатди  3 15:28Клопп қайтмоқда!  4 15:07Холанд: "Қизиқчи йигит"  1 14:53Сунъий интеллект АПЛнинг барча даврлар рамзий термасини тузди  19 14:32"Навбаҳор" – "Бунёдкор" учрашувини ким шарҳлаб боради?  6 14:15"Майдонга туш азартда, кўзинг қизил ғазабда!"  1 14:05"Пахтакор" Абдуманноповнинг дубли эвазига "Локо"ни таслим қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 13:55Элит ОЧЛ. "Пахтакор"нинг 1-турдаги рақиби сафидаги энг машҳур легионер ким? У Жаҳон ва Европа чемпионатларида гол урган  6 13:42Елкасидан жароҳат олган Сардор Рашидовнинг ҳолати қандай?   10 13:25Наманган вилояти ҳокими ўринбосари "Навбаҳор"га ҳомийлик учун пул олиб, шахсий манфаатларига ишлатиб юборгани аниқланди  40 12:58"Реал" тарихда 20-бор мавсумни дуранг билан бошлади. Улардан нечтасида "Мадрид" чемпион бўла олган?  8 12:35Салоҳ — "1-турлар қироли"  2

Oliy liga. 15-tur. "Bunyodkor", "Navbahor" va "Loko"dan yirik g'alabalar Yangiliklar

Oliy liga. 15-tur. "Bunyodkor", "Navbahor" va "Loko"dan yirik g'alabalar

Bugun oliy liganing 15-turidan o'rin olgan uchta o'yin bo'lib o'tdi.
YANGILASH

4-daqiqada Sobirxo'jaevning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

12-daqiqada Jahongir Abdumo'minov himoyachilardan o'tib ketib, darvozaga zarba berdi. Noaniq.

18-daqiqada belgilangan jarima to'pini Sardor Rashidov qoyilmaqom tarzda darvozaga yo'lladi - 1:0.

25-daqiqada Rashidovdan navbatdagi supergol! Sardor bu safar chamasi 26-27 metrlar uzoqlikdan "Mashal" darvozani aniq nishonga oldi - 2:0.

Keyingi daqiqada Sardor Rashidovdan "xet-trik"! Dostonbek Hamdamov uzatgan pasni qabul qilib olgan Rashidov 16 metrlardan darvozaning yaqin to'qqizligini nishonga oldi - 3:0.

32-daqiqada Mo'ydin Mamazulumov jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib oldi va bir himoyachini aldab o'tib, darvozani ishg'ol qildi - 3:1.

Ikkinchi bo'lim davom etmoqda. 67-daqiqada Satoning pasidan so'ng Dostonbek Hamdamov gol urdi - 4:1.

88-daqiqada Akramjon Komilov chap qanotdan oldinga o'tib bordi va o'tkir burchak ostidan darvozani aniq nishonga oldi - 5:1.

Uchrashuvda boshqa gol bo'lmadi va "Bunyodkor" o'z uyida yirik g'alabaga erishdi.


19:00 - Bunyodkor (Toshkent) – Mashal (Muborak) 5:1
Hakamlar
: A. Asimov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Hotamov (Toshkent)

GOL: Sardor Rashidov 19, - 1:0. Sardor Rashidov 25, - 2:0. Sardor Rashidov 26, - 3:0 (Doston Hamdamov). Mo'ydin Mamazulumov 32 - 3:1 (Zohir Qo'ziboev). Dostonbek Hamdamov 67, - 4:1 (Minori Sato). Akramjon Komilov 88, - 5:1.

"Bunyodkor": Akbar To'raev, Akmal SHorahmedov, SHukurali Po'latov, Javlon Ibrohimov, Ivan Miloshevich, Zabihillo O'rinboev (Vohid SHodiev, 69), Samir Bekrich (Minori Sato, 60), Sardor Rashidov (Oleg Zoteev, 76), Sardor Sobirxo'jaev, Dostonbek Hamdamov, Akromjon Komilov.
Zaxira: Pavel Bugalo, Anvar G'ofurov, Alibobo Rahmatullaev, Islom Inomov.

"Mashal": Sanjar Quvvatov, G'iyos Komilov, Siroj Hamroev, SHerzod Fayziev, Jahongir Abdumo'minov, Abbos Omonov, Abbos SHodmonov (Iskandar SHoyqulov, 78), Andrey Derkach, Mirzohid G'ofurov (Jamshid Hasanov, 46), Zohir Qo'ziboev, Mo'ydin Mamazulumov (Eldor SHomurodov, 51).
Zaxira: Botir Nosirov, Dilyaver Vaniev, Otabek SHukurov, Zafar To'raev.

Ogohlantirishlar: Jahongir Abdumo'minov 36, Andrey Derkach 51, G'iyos Komilov 68,

-------------

Uchinchi daqiqada mehmonlar darvozaboniga qizil kartochka ko'rsatildi. Mansur Saidov raqib jarima maydoni ichida Korneychuk tomonidan yiqitildi, bosh hakam ikkilanib o'tirmay darvozabonga qizil kartochka ko'rsatdi va 11 metrli jarima to'pi belgiladi. 

5-daqiqada Ruslan Kachur penaltidan hisobni ochdi.

16-daqiqada hisob tenglashdi. Bu vaziyatda Suhrob Nematov chamasi 35 metrlardan kuchli zarba bilan darvozani ishg'ol qildi - 1:1. 

Oradan uch daqiqa o'tgach mezbonlar yana oldinga o'tib olishdi. Tohir SHamsiddinovning qanotdan oshirgan to'pini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni Ruslan Kachur darvozaga yo'lladi - 2:1.

42-daqiqada Kachur xet-trikka erishdi - 3:1.

Ikkinchi bo'lim boshida Baxriddin Vahobov ikkinchi bor sariq kartochka olib maydonni tark etdi. "Buxoro" 9 kishi bo'lib qoldi...

78-daqiqada Ruslan Kachur to'rtinchi bor "Buxoro" darvozasiga to'p kiritdi  - 4:1. Bahsda "Navbahor" yirik g'alabaga erishdi.

19:00 - Navbahor (Namangan) – Buxoro (Buxoro) 4:1
Hakamlar:
H. Ro'ziev (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi
: A. Arutyunov (Toshkent).

GOL: Ruslan Kachur 5, penalti - 1:0 (Mansur Saidov). Suhrob Nematov 16, - 1:1. Ruslan Kachur 19, - 2:1. Ruslan Kachur 42, - 3:1. Ruslan Kachur 78, - 4:1.

"Navbahor": 1.Petar Denchev, 2.Alisher Samatov (11.Otabek Valijonov, 46), 5.Rahmatullo Berdimurdov, 7.Mansur Saidov, 8.Azim Ahmedov, 9.Ilhom Boydedaev (21.Azam Aliev, 63), 29.Dilshod Jabborov, 33.Tohir SHamsiddinov, 88.Ruslan Kachur, 55.Yuriy Rijko (22.SHahboz Erkinov, 57), 89.Bobur Akbarov.
Zaxira: 46.Xurshid Xo'jaev, 10.Alisher Mahmudov, 25.Elyor Jahonov, 27.Robbim Hasanov.

"Buxoro": 12.Aleksandr Korneychuk, 2.SHerzod SHaripov, 7.Suhrob Nematov, 8.Vitaliy Plamadeala (99.Farruh Turdialiev, 5), 9.Predrag Vuyovich (28.Ilya Ilin, 81), 17.Jamoliddin Ubaydullaev (11.Otabek Isroilov, 70), 20.Sanjar Asqaraliev, 21.Bahriddin Vahobov, 71.Otabek Narzullaev, 83.Dmitriy Popovich.
Zaxira: 6.Evgeniy Kochnev, 15.Ravshan Arslonov, 44.Oybek Nurboev, 88.SHukur Jumaboev.

Ogohlantirishlar: Baxriddin Vahobov 30, Alisher Samatov 33, Sanjar Asqaraliev 33, Ruslan Kachur 34,

CHetlatish: Aleksandr Korneychuk 3, Baxriddin Vahobov 47 (ikkinchi ogohlantirish),

----------

19:30 - Nasaf (Qarshi) – Lokomotiv (Toshkent) 2:5
MATNLI TRANSLYACIYA
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), D. Pislegin (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).

Gollar
: Farhod Tojiev (13, assistent - Jasur Hasanov), Dilshod Rahmatullaev (28), Ilhom SHomurodov (39, assistent- Maqsud Karimov), Aleksandr Geynrix (45, 50 har ikkalasiga ham assistent- Jasur Hasanov), Kenja To'raev (75, assistent - Farruh Sayfiev), Sadriddin Abdullaev (86)

"Nasaf": Eldor Suyunov (Mixail Naumov, 35), SHuhrat Muhammadiev, Botir Qoraev, Maqsud Karimov (Alisher Yusupov, 47), SHerzod Azamov, Erkin Boydullaev, Artur Gevorkyan, Farruh Sayfiev, Ilhom Yunusov, Kenja To'raev, Ilhom SHomurodov (Azamat Allaniyozov, 64).
Zaxira: Mixail Naumov, Laziz Ubaydullaev, Alisher Yusupov, Igor Taran, Hamza Karimov, Odilbek Hamrobekov, Azamat Allaniyozov.

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Islom To'xtaxo'jaev (Bobur Yo'ldoshev, 66), SHavkat Mullajonov, Salim Mustafoev, Ibrohim Raximov, Lutfulla To'raev, Dilshod Rahmatullaev, Fozil Musaev (Sadriddin Abdullaev, 74), Jasur Hasanov (kattasi), Aleksandr Geynrix,  Farhod Tojiev.
Zaxira: Temur Jo'raev, Bobur Yo'ldoshev, Sadriddin Abdullaev, Ivan Nagaev, Sahob Jo'raev, Artyom Filipposyan, Alisher SHog'ulomov.

Ogohlantirishlar: Farhod Tojiev (13), Salim Mustafoev (90)

YANGILASH
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика