So’nggi yangiliklar

08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  0 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  2 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  11 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  2 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  14 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  5 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9

Oliy liga, 11-tur. "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Navbahor"ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Oliy liga, 11-tur. "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Navbahor"ga mag'lub bo'ldi

Bugun oliy liga 11-tur o'yinlari davom ettirilmoqda.
17:00. "Qo'qon-1912" - "Navbahor" 0:1
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), A. Raximov (Andijon)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
Gol: S.Georgiev 50 (pas O.Valijonov)

"Qo'qon-1912": 16.Andrey Baklanov, 3.Xasanboy Ergashev (17.Aziz To'xtaboev, 77), 9.Nosir Otaqo'zev, 10.Quvondiq Ro'ziev, 18.Sardor Eminov, 19.Vladimir Argun (11.Doniyor Usmonov, 64), 22.Orif Mamajonov (6.Bahodir Akramov, 82), 23.Furqat Xasanboev, 24.Ilya Ilin, 28.Aleksey Nikolaev, 29.Igor Golban.
Zaxira: 12.Aziz Ashurov 4.Qahramon Muhammadjonov 7.Izzat G'aniev 20.Xurshid Muhtorov.

"Navbahor": 1. Aleksandr Melenchuk, 2. Alisher Samatov, 7. Sanat SHixov (11.Otabek Valijonov, 46), 8. Azim Ahmedov (10.Alisher Mahmudov, 76), 9. Ilhomjon Boydadaev, 20. Ulug'bek Baqoev(c), 22. SHahboz Erkinov (17.Azamat Bobojonov, 67), 27.Robbim Hasanov, 50. Yuriy Rijko, 89. Bobir Akbarov, 91. Sergey Georgiev.
Zaxira: 46. Xurshid Xo'jaev, 4. Temur Kagirov, 6. Sunnatilla Mamadaliev, 25. Mo'ydin Mamazulunov.

Ogohlantirishlar: I.Ilin 42, I.Golban 61 - U.Baqoev 17, I.Boydadaev 27, SH.Erkinov 61, B.Akbarov 65, A.Melenchuk 75



                               MATNLI TRANSLYACIYA

Xizmatingizda Komiljon Ikromov bo'ldi.

Etiboringiz uchun rahmat!

Uchrashuv yakunlandi, 0:1.

Uchrashuv bosh hakami asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berdi

88. Ilhom Boydadaev chap qanotdan uch o'yinchini aldagan holda jarima maydoniga to'pni etkazib berdi. Bu vaziyatda "Navbahor"ning hech bir futbolchisi bu to'pga etib kela olmadi.

83. Xavfli vaziyat!!! Sardor Eminovning jarima zarbasidan etkazib bergan to'pini Nosir Otaqo'ziev golga aylantira olmadi. To'p yo'nalishi noaniq bo'ldi.

82. O'zgarish. "Qo'qon-1912" tarkibidagi Orif Mamajonov o'rniga Bahodir Akramov maydonga tushdi.

77. O'zgarish. "Qo'qon-1912" tarkibidagi Xasanboy Ergashev o'rniga Aziz To'xtaboev maydonga tushdi.

76. O'zgarish. "Navbahor" tarkibidagi Azimjon Ahmedov o'rniga Alisher Mahmudov maydonga tushdi.

75. Ogohlantirish. "Navbaho" darvozaboni Aleksandr Melenchuk hakam tomonidan ogohlantirildi.

71. Xavfli vaziyat! Doniyor Usmonov va Nosir Otaqo'ziev kombinaciyasini Usmonov golga aylantirishda xatolikka yo'l qo'ydi. Uning bergan zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

67. O'zgarish. "Navbahor" tarkibida SHahboz Erkinov o'rniga Azamat Bobojonov maydonga tushdi.

65. Ogohlantirish. "Navbahor" himoyachisi Bobir Akbarovga sariq kartochka ko'rsatildi.

64. O'zgarish. "Qo'qon-1912" tarkibidagi Vladimir Argun o'rniga Doniyor Usmonov maydonga tushdi.

61. Ogohlantirish. Uchrashuv bosh hakami Igor Golban va SHahboz Erkinovga bir-biri bilan tortishgani uchun ikkalasiga ham sariq kartochka ko'rsatdi.

58. Xavfli vaziyat!!! Xasanboy Ergashevning o'ng qanotdan etkazib bergan to'pini Bobir Akbarov qiyinchilik bilan mayondan tashqariga chiqarib yubordi.

52. Zarbaaa!!! Yana bir bir Valijonov ajoyib pas orqali to'pni Azim Ahmedovga etkazib berdi. Uning yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi.

50. Gooooollll!!! O'ng qanotdan Otabek Valijonov tomonidan etkazib berilgan to'pga Sergey Georgiev boshi bilan zarba yo'llab hisobni ochdi.

48.
Sardor Eminovning chap qanotdan bergan zarbasini Melenchuk qiyinchiliksiz egallab oldi.

46. O'zgarish. "Navbahor" tarkibidagi Sanat SHixov o'rniga Otabek Valijonov maydonga tushdi.

Ikkinchi bo'limga start berildi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!!!

45. Uchrashuv bosh hakami birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

42. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912" o'yinchisi Ilya Ilin hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

40. Zarbaaa!!! Vladimir Argunning 20 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan egallab oldi.

O'yin tempi biroz sustlashgandek. Har ikki jamoa azolari o'yinni asosan maydon markazida olib borishmoqda.

Uchrashuvning yarim soati o'tgan bo'lishiga qaramay muxlislar tashrifi hamon davom etmoqda.

32. Xavfli vaziyat! Boydadaevning chap qanotdan etkazib bergan to'pini SHixov golga aylantira olmadi. Noaniq.

Uchrashuvga tashrif buyurgan 8000 dan ziyod muxlislar o'z suyukli jamoalarini qo'llab-quvvatlashmoqda. Namangandan ham 500 dan ziyod muxlislar tashrif buyurgan.

27. Ogohlantirish. Ilhom Boydadaev.

26. O'ng qanotdan Sanat SHixov chiroyli pas orqali SHahboz Erkinovga to'p etkazib berdi. SHahbozning bosh bilan yo'llagan zarbasi biroz noaniq.

24. Zarbaaaa!!! Igor Golbanning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yuqorisidan o'tib ketdi.

Har ikki jamoa bosh murabbiylari maydon chetida shogirdlariga kerakli ko'rsatmalarni berib borishmoqda.

20. Xavfli vaziyat!!! "Navbahor" himoyachisi va darbozaboni bir-birini tushunmay qolishi jamoaga qimmatga tushishi mumkin edi. Bu vaziyatda Furqat Xasanboev qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

17. Ogohlantirish. Ulug'bek Baqoev hakamlarga etiroz bildirgani uchin hakam tomonidan ogohlantirildi.

15. O'yin judayam qiziqarli davom etmoqda. Ikkala jamoa ham "derbi" uchun borlarini berib harakat qilishmoqda.

12. Xavfli hujum! Maydon markazida to'pni qabul qilib olgan Sardor Eminov Orif Mamajonovni qulay imkoniyatga chiqardi. Lekin Mamajonov bu imkoniyatdan foydalana olmadi.

9. Xavfli vaziyat! Sanat SHixovning jarimadan yo'llagan zarbasini Ilya Ilin bartaraf etishga erishdi.


Bu esa mezbon jamoa matbuot xizmati tomonidan uchrashuvga chiqarilgan dasturlar.

8. Tezkorlik bilan qarshi xujumga o'tgan "Navbahor" jamoasi xavfli zarba berishga erishdilar. SHahboz Erkinovning chamasi 25 metrlardan bergan zarbasini darvozabon egallab oldi.

7. Orif Mamajonovning o'ng qanotdan etkazib bergan to'piga Nosir Otaqo'ziev etib kela olmadi.


Stadion atrofida "Joma" firmasi tomonidan tayyorlangan liboslar sotuvi yo'lga qo'yilgan. Bitta libos 20 ming so'mdan, sharf esa qo'shib beriladi.

Bu safargi "Vodiy derbisi" ham keskin kurashlar bilan boshlandi.

1. Uchrashuvdagi dastlabki havfli vaziyat ""Qo'qon-1912" kubi tomonidan amalga oshirildi. Vladimir Argun ikki himoyachini aldagan xolda darvozaga zarba yo'lladi. To'p biroz noaniq yo'nalish oldi.

O'yin boshlandi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика