So’nggi yangiliklar

10:14"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Каримжонов Искандар  0 10:08Рэтклифф нима сабабдан тен Хагни ишдан олмаганини тушунтириб берди  2 09:37"Барселона"нинг бир йўлла икки нафар етакчиси кечаги учрашувда жароҳат олди  2 09:20Гампер Кубоги. "Барселона" - "Монако" 0:3, "Барса" ҳимоячиларининг хатоси "Монако"нинг иштахасини очиб юборди  3 09:05"Челси" 10 нафар футболчисини сотувга қўйди  2 08:40Туркия чемпионати. "Ризеспор" - "Истанбул Башакшехир" 1:1, Алиқулов ўз услубида жамоани қутқариб қолди   1 08:32"Барселона" тақдирга тан берди. Каталонияликар Уильямснинг ўрнига уч нафар футболчидан бирини сотиб олмоқчи  2 08:00Sofascore. Жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолган Алиқулов кечаги учрашувда нечи баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:28Винисиусни қўлга киритиш учун саудияликлар "Реал"га дахшатли таклиф юборишга тайёр  9 01:27Туркия. Ҳусниддин Алиқулов гол уриб, жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  6 01:15"Барселона" Гампер Кубогида йирик мағлубиятга учради  9 00:33"Ланс" ҳимоячисига "Ювентус" ва "Аталанта" қизиқиш билдирмоқда  1 23:55Миржалол Қосимов: "Натижадан қониқдим, аммо жамоам намойиш этган ўйин мени ҳурсанд қилмади. Очколарни кузда санаймиз"  17 23:52Жамшид Саидов: "Биргина хато қимматга тушди"   5 23:09Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда устунликка эришган бўлсак ҳам, тўп рақиб дарвозасига кирмади"   3

Olesya SHackix: Maksimdan yaxshi murabbiy chiqishiga ishonaman Yangiliklar

Olesya SHackix: Maksimdan yaxshi murabbiy chiqishiga ishonaman

Sportchilar, ayniqsa, futbolchilarning oilalari hamisha muxlislarni qiziqtirib kelgan. Endi bu tabiiy holat.
Xorij matbuoti ham hamisha mashhur oilalarni nishonga oladi va o'z sahifalarida muntazam bu mavzuga katta etibor qaratadi. Gazetalar adadining oshishi, sayt sahifalariga tashrif buyuruvchilar sonining ortishi, ko'rsatuv tomoshabinlarining ko'payishiga oila mavzuning keng yoritilishi sezilarli tasir o'tkazadi. Bugun biz sizlarni o'zimizning SHackixlar oilasi bilan yaqindan tanishtiramiz. Maksimga ortiqcha tarif berishning hojati yo'q. Uning rafiqasi Olesya esa kasbiy yo'nalishi bo'yicha moliyachi. Kamina Olesya bilan bir mahallada katta bo'lganim uchun ularning oilasini yaxshi bilaman. Demak, bugun Olesya bilan suhbat asosida SHackixlar oilasiga yana bir bor nazar tashlaymiz.

- Olesya, keling, suhbatimiz avvalida Maksim bilan ilk uchrashuvingiz va qanday tanishganingiz haqida gapirib bersangiz.


- Bajonidil. Biz ilk bor 1995 yilning 30 avgust kuni ko'rishgandik. O'sha kuni Maksim 17 yoshga to'lgan va do'stlari davrasida tug'ilgan kunini nishonlagandi. Dugonam Maksning do'sti bilan yaqin tanish edi. Qisqasi, oqshomga u bilan birga borishimga to'g'ri kelgan. Meni davradagilarga yaqindan tanishtirishdi va kechaning o'rtalariga borib, Maksim raqs tushishga taklif qildi. Aytishim mumkin, u juda uyatchan yigit edi. Oradan bir necha kun o'tib, Maks meni uchrashuvga chaqirdi. SHaxsan o'zi emas, dugonam orqali. Uning uyatchanligini shundan ham bilsa bo'ladi.



- Maksim ilk uchrashuvda sizga qandaydir sovg'a berganmidi?

- Ha, esimda, u oq rangli shokolad va gul olib kelgandi. Biz o'sha payt yosh bo'lganimiz uchun ota-onalarimiz qaramog'ida edik. Pulni ham ulardan olardik. Hozirgidek, tilla uzuk, mashina yoki boshqa qandaydir qimmatbaho sovg'alar haqida gap ham yo'q edi. Maksimning mashinasi bo'lmagani uchun sayrga ko'pincha yayov chiqardik. SHu-shu ancha payt ko'rishib yurdik. Orada uni Rossiyaga taklif etishdi. O'zi 14 yoshidayoq Rossiya klublarida imkoniyatini sinab ko'rish maqsadida uyidan ketgandi. Xullas, ilk uchrashuvimizdan 5 yil o'tib, 2000 yili turmush qurdik. Ungacha to'y qilolmasdik. Birinchi navbatda, moliyaviy holatimiz uncha yaxshi emasdi. Dinamoga ko'chib o'tgani uchun birinchi galda, Kievdan o'zimizga kvartira xarid qilishimiz kerak edi. To'yimiz ham Kiev shahrida bo'lib o'tdi. Mavsum yakunlangach, aniqrog'i, 19 noyabr kuni do'stlar, qarindoshlar davrasida nikoh to'yimizni o'tkazdik. CHamasi 140 kishi visol oqshomida ishtirok etgandi. Dinamo rahbariyati Ukrainada mashhur Strelki guruhini to'yga to'yona sifatida taklif qilgandi. Xullas, hamma yayragan. To'yning ertasi kuni asal oyini o'tkazish uchun Tailandga jo'nab ketdik. Bizga Maksimning Dinamodagi do'stlari ham o'z oila azolari bilan hamrohlik qilishdi. Maksim 1999 yili Dinamo bilan shartnoma imzolagach, qisqa fursat ichida OAV xodimlarining nigohini o'ziga qaratgandi. Muxlislar orttirdi. Tabiiyki, ular orasida muxlisalar ham bor edi (kuladi). Albatta, rashk qilardim. CHunki kunda, kunora sevgi satrlari bitilgan maktublar kelardi. Lekin turmush o'rtog'imga ishonardim. Bu kuchli ishonch haligacha saqlanib qolgan.



- Sizda futbolga mehr Maksim sabab nish urdimi yoki ungacha ham millionlar o'yinini tomosha qilardingiz?

- Ochig'ini aytsam, futbolga qiziqmasdim. Maksim bilan tanishganimizdan so'ng asta-sekin bu sport turiga etibor qarata boshladim. Ikl bor ko'rishganimizda, u menga futbolchi ekanligini aytgandi. O'shanda so'zlariga unchalik parvo qilmagandim. SHunchaki, havaskor sifatida shug'ullanayotgan bo'lsa kerak, deb o'ylagandim. Rosti, kelajakda futbol orqali ro'zg'or tebratishi, oilani taminlashini tasavvur ham qilmaganman. Bugunga kelib, nafaqat Maksim ishtirokidagi o'yinlar, balki Evropaning ko'zga ko'ringan klublari o'rtasidagi qiziqarli uchrashuvlarni ham televizor orqali muntazam tomosha qilaman.

- Hayotda futbolchining rafiqasiga osonmi?

- O'ziga yarasha ijobiy va salbiy tomonlari bor. Qiyin tarafi - turmush o'rtog'ingiz uyda juda kam vaqt bo'ladi. Uzoq muddatli safarlar sabab ko'p vaqtini oila davrasidan tashqarida o'tkazadi. Ayniqsa, oldinlari ko'p bo'lmasdi. Dinamo tarkibida CHempionlar Ligasida muntazam safar o'yinlariga borardi. Bir necha haftaga cho'ziladigan o'quv-mashg'ulot yig'inlari, milliy terma jamoaga chaqirilgan vaqtlari... Yaqinda O'zbekiston milliy jamoasi bilan xayrlashganidan so'ng safarlari birmuncha kamaydi. Fursatdan foydalanib, Toshkentda Maksim uchun xayrlashuv o'yini tashkil etib berganlar, xususan, terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, federaciya rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Maksim ham bu uchrashuvning tashkil etilishidan g'oyat xursand bo'ldi. U faoliyati davomida terma jamoa tarkibida ko'plab rekordlarni yangiladi. O'ylaymanki, o'zbekistonlik futbol ishqibozlari Maksimdan ko'p yillik faoliyati uchun minnatdorlar.



- Oilada o'zaro kelishmovchiliklar ham bo'lib turadimi?

- Busiz iloji yo'q. Lekin juda tez kelishib olamiz. Biz uzog'i bilan 2 kun gaplashmaymiz, keyin hammasi o'z iziga tushib ketadi. Ammo bunday holatlar ko'p kuzatilmaydi. Avval boshdan kelishib olganmiz, agar urishib qolsak, araz onlari uzoq davom etmaydi. Mana, qariyb 20 yildan beri birgamiz. O'zaro xarakterimizni juda yaxshi bilamiz.

- Farzandlar tarbiyasi bilan kim ko'proq shug'ullanadi?

- Uyda ko'proq men bo'lganim uchun bu vazifa asosan mening bo'ynimda. Maks bilan ikki qizni voyaga etkazyapmiz. Katta qizim Renata 19, kichigi Kristina 12 yoshda. Ancha erta turmushga chiqqanim uchunmi, Renata bilan xuddi opa-singillardek munosabatda bo'lamiz. Lekin ikkala qizim ham futbolga qiziqmadi. Harqalay, ota kasbini davom ettirish haqida biror marta ham aytishmagan. Kristinadan yaxshigina engil atletikachi chiqishi mumkin. CHunki uning tezligi yuqori. Kristinaga aynan engil atletika bilan shug'ullanishni tavsiya qilishyapti. Biz Maksim bilan bu haqda gaplashib ko'rganmiz. Ikkala qizim ham gimnastika va raqs to'garagiga borishgan.



- Maksim qattiqqo'l otami?

- Unday deyolmayman. U juda mehribon ota. Qattiqqo'llik ko'proq menga xos (kuladi). Yoshliklarida urishib turardim. Lekin hozir ulg'ayib qolishdi. Kezi kelganida ovozimni balandlatib gapirsam, hammayoq suv quygandek jim-jit bo'lib qoladi. Maksim uyda bo'lgan vaqt, agar zarurat tug'ilsa, salgina balandroq ohangda gapirsa, shuning o'zi kifoya qiladi. Bolalarning qanday tarbiya ostida o'sishlari atrof-muhitga ham bog'liq. Do'stlari, tahsil olayotgan bilim yurtlari - bularning hammasi farzandlarning tarbiyasida aks etadi. Qizlarimga qanday muhitda tug'ilib-o'sganim, bolalik yillarim haqida gapirib beraman. Ko'z tegmasin, so'zlarimni quloqlariga olishadi. Renata ilm olishga qiziqadi. Ko'p vaqtini kitob mutolaasiga sarflaydi. Albatta, bundan birdek xursandmiz.

- Maksim futboldan tashqari, yana nimaga qiziqadi?

- Baliq ovi uning jonu dili. Qaerga borsak ham, birinchi galda qiladigan ishi - qaerda baliq ovlash mumkinligini surishtirish. Esimda, eng katta ovi 35 kg. vaznga ega bo'lgandi. Bu baliqni Toshkentda tutgandi. SHuningdek, Maksim bilyard, bouling kabi sport turlariga ham qiziqadi. O'zimga kelsak, uy hayvonlarini boqishni yaxshi ko'raman. Bir paytlar Baks laqabli ovcharka zotli itim bo'lardi. Yana Knop laqabli mushugim ham.

- Yana qanday qiziqishlari bor?

- Futbolkalarni kollekciya qiladi. O'yinlarda almashgan futbolkalari orasida ancha mashhur yulduzlarniki ham bor. Birga safarlarga borganda o'zimiz bilan olib kelgan buyumlarni ham yig'ib boramiz.



- Qaysi bayramlarni oilaviy tarzda nishonlaysizlar?

- Birinchi galda, tug'ilgan kunlarni. Lekin har doim ham Maksim uyda bo'lmaydi. Klub va terma jamoa ixtiyoriga ketgan chog'lari tavallud kunlarni o'zimiz qizlar bilan tantana qilimizga to'g'ri kelardi. Asosan Yangi yil bayramida oilamiz to'liq holga keladi. 8 mart kuni esa hamisha ham sovg'a olavermaymiz (kuladi). CHunki hozir aytganimdek, Maksim har doim ham uyda bo'lavermaydi. Lekin bundan xafa emasmiz.

- Qaysi futbolchilar bilan oilaviy bordi-keldilar yo'lga qo'yilgan?


- Maksim qaysi jamoada to'p surgan bo'lsa, albatta, o'sha klubdagi yaqin do'stlari bilan oilaviy rishtalar bog'langan, bordi-keldilarimiz bo'lgan. Keyinchalik taqdir taqozosi bilan boshqa shaharga ko'chib o'tganida ham, bir-birimiz bilan qo'ng'iroqlashib turamiz. Masalan, Arsenal klubidagi futbolchilardan Stargorodskiy, Matyuxin va Danilovning oilasi bilan juda yaqinmiz. Kievning Dinamo klubida ham ko'p do'stlar orttirgan. Ulardan Gusin, Xackevich, Belkevich, Kardash, Golovkoni aytishim mumkin. Afsuski, ulardan ayrimlari hozir oramizda yo'q.

- Sizningcha, Maksimdan qanday murabbiy chiqishi mumkin?

- Bilmadim. Hozircha u futbol o'ynashda davom etyapti. Hali murabbiylik haqida o'ylamayapti. Murabbiylik sohasini tanlagan taqdirda, undan yaxshi mutaxassis chiqishiga ishonaman. CHunki murabbiylik uchun hamma narsasi bor: tajriba, xarakter, rejim asosida ishni tashkil etish va hokazo...

- Yaqinda u tomonidan o'rnatilgan rekordni qanday qabul qildinglar?


- Albatta, bundan xursand bo'ldik. Rebrovning 123ta gollik rekordini yangilab, tarixga kirish - bu katta ish. Maksim Ukraina futboli tarixidan joy olganidan rosa quvondik. O'sha kuni tinimsiz qo'ng'iroqlar bo'ldi. Do'stlari, qarindoshlarimiz rekord bilan tabriklashdi. Bundan buyon uradigan har bir goli bilan o'z rekordini yangilab boraveradi. Lekin shuni aytishim mumkin, Maksim aynan rekordni yangilash uchungina futbol o'ynamayotgandi. Hali kuchim bor, yoshlardan jismoniy jihatdan qolishmayotgan ekanman, o'ynashda davom etaman, deb o'zi ko'p bor takrorlaydi.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика