So’nggi yangiliklar

19:02Ўзбекистон кубоги. "Шўртан"дан йирик ғалаба, "Навбаҳор" Тошкентда, "Машъал" Иштихонда зафар қучди  3 18:59Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" - "ФарДУ" учрашуви учун асосий таркиблар эълон қилинди  1 18:05Акобирхўжа Шукуруллаев ишлаган ўйинда меҳмон жамоага техник мағлубият ёзилди. Нимага?  0 17:57Сериал давом этади. Анчелотти Бразилия терма жамоаси билан музокараларни давом эттирмоқда  3 17:00Марказий Осиё. "Аркадағ" ва "Истиқлол" пешқадамликни бой берди, "Абдиш-Ата" кучли учликдан узоқлашди  0 16:52Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкент вилояти футбол академияси U-16 жамоасини мағлуб этди  1 16:42"Ал Ҳилол" Анчелоттига йилига 50 млн евро таклиф қилмоқда  3 16:29Лутфулла Тўраев, Садриддин Абдуллаев, Камолиддин Тожиев — U-19 чемпионатида бу йил яна кимлар мураббийлик қилмоқда? (1-қисм)  0 15:46"Футбол олами". Меҳмонлар умуман гол ура олмаган 7-тур ҳақида батафсил  0 15:09Анчелоттидан "Реал" ҳам, Бразилия федерацияси ҳам норози   4 14:10Хави ёки тен Хаг Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 14:01Азизбек Ғаниев: "БАА Ўзбекистон билан ўйинга кичкина стадионни танлаганидан хайрон қолдим"  12 13:44Етакчи лигаларни бирлаштирган Жером Перлемутер июнда Тошкентга келади  3 13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 13:13Кунде уч марта кеч қолиб, захирада қолиб кетгани учун "Барселона" ходимларидан ёрдам сўради  8

Oleksandr Kablash: “Bir kun kelib albatta kuchli klubga o'tishimni bilardim” Yangiliklar

Oleksandr Kablash: “Bir kun kelib albatta kuchli klubga o'tishimni bilardim”

Yaqinda “Nasaf” klubi yangi mavsum uchun dastlabki xaridni amalga oshirdi.
Unga ko'ra, ukrainalik hujumchi Aleksandr Kablash qarshiliklar bilan rasman shartnoma tuzdi. O'tgan mavsumning ikkinchi davrasidan “So'g'diyona” tarkibida to'p surgan hujumchi u erda o'zidan iliq taassurot qoldirdi. Uning o'yinlari esa “Nasaf” murabbiylarining hayolini “o'g'irladi”. Kablash yangi klubiga ega bo'lgach, undan dastlabki intervyuni oldik.

- “Nasaf”ga o'tganingiz bilan tabriklaymiz. Bu deyman, O'zbekistonda to'p surish sizga yoqib qoldimi?

– O'zbekistonda to'p surish chindan ham menga yoqib qoldi. Yurtingiz, bu erdagi odamlarning ochiqko'ngil va mehmondo'stligi, bir-biridan chiroyli shaharlari har qanday kishini o'ziga rom etadi. Bu erga kelganimga ko'p bo'lmasa-da, O'zbekistonda o'zimni juda qulay his qilyapman.

- Eshitishimga qaraganda, “Nasaf”da to'p surish tashabbusi o'zingidan chiqqan ekan…

– “Nasaf”da to'p surish tashabbusi o'zimdan chiqqani xususidagi uzunquloq gaplarga qo'shilmagan bo'lardim. Bunday mahalda hammasi qanday kechishi mumkin bo'lsa, shu ruhda o'tdi. Agentim “Nasaf”ning xizmatimga qiziqish bildirayotganini aytdi. SHundan keyin hammasini bafurja hal qildik. Aytishim kerakki, bu klubga qarshi o'yinlardayoq uni yoqtirib qolgandim.

- Umuman aytganda, nisbatan kuchsiz bo'lgan klubda to'p surib, keyinchalik undan kuchliroq jamoaga o'tish haqida o'ylaganmidingiz?

– “So'g'diyona”ni kuchsiz jamoa deb hisoblamayman. CHunki chempionat davomida kuchli klublarga, jumladan “Nasaf”ga qarshi juda yaxshi o'yin ko'rsatdik. “Bunyodkor” va “Lokomotiv” singari kechgan bellashuvlarda ham tarkibida yuqori saviyali o'yinchilari ko'p bo'lgan bu jamoalarga etarlicha muammo tug'dirdik. Ehtimol, bu klub tarkib va moliyaviy jihatdan nomlari yuqorida zikr etilgan raqiblar bilan bellasha olmas. Ammo shunga qaramay, “So'g'diyona” o'ziga yarasha kuchli jamoa ekanligini ko'rsata oldi. Jamoa murabbiyi Davron Fayziev shogirdlarini o'yinlarga juda yaxshi hozirlay oldi. Albatta, har qanday o'yinchi kuchliroq bo'lgan klubda to'p surishni istaydi. Bu futbol. Har qanday jamoada parvozlar va pastga sho'ng'ishlar kuzatiladi. Lekin ich-ichimdan bir kun albatta kuchliroq klubda to'p surishni istardim.

- Yangi klubga o'tayotgan paytingizda nimalarga etibor qaratasiz: o'zingiz klubga mos tushasizmi yoki aksincha?

– SHartnomaga imzo chekayotgan paytingizda bunday narsalar haqida o'ylamaysiz. Nega deganda, jamoa ichida qanday muhit hukm surayotganidan xabaringiz bo'lmaydi. Siz uchun hamma narsa mutlaqo notanish bo'ladi: murabbiy, o'yinchilar, shart-sharoit vahokazo. Klubga kelib qo'shilganingizdan keyingina hammasiga o'zingiz amin bo'lasiz.

- Nima deb o'ylaysiz, “So'g'diyona” faoliyatingizda o'ziga xos tramplin vazifasini o'tab berdimi?

– Albatta. Bu klubda to'p surib kam bo'lmadim. Kub rahbariyati, murabbiylar shtabi, o'yinchilar va muxlislardan minnatdorman. Ularning barchasiga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

- Jizzaxda to'p surar ekansiz, moliyaviy muammolarga yo'liqdingizmi?

Keling, bu savolingizga javob bermay qo'ya qolay. Faqat shuni aytishim mumkinki, jamoada hamma menga yaxshi munosabatda bo'ldi. SHaxsan menda bunday muammolar bo'lmadi.

- “Nasaf” “So'g'diyona”dan kuchli bo'lgan klubdir. Aytingchi, bu erda yanada ko'proq ishlayotganingiz o'zingizga ham bilinyaptimi? Yani, o'ziga xos farqni sezyapsizmi?

– Albatta, sezyapman. Bu erda butunlay boshqacha saviya bor. “Nasaf”ning o'zi ishtirok etadigan musobaqalarda muvaffaqiyatga erishishi uchun bu erda poydevor bor. CHunki futbolda yuqori natijaga erishish uchun ko'p narsa muhim ahamiyat kasb etadi. Bu bilan o'zim to'p surgan “So'g'diyona”ni mensimaslik fikrida emasman. Jizzaxliklar endi shakllanib borayotgan jamoadir.

- Aksariyat legionerlar chempionatimizda u qadar yorqin to'p sura olmaydilar. Sizningcha, muammo nimada?

– Men bunday deb o'ylamagan bo'lardim. Har qanday legioner yangi klubga ko'chib o'tganidan so'ng imkon qadar o'zini ko'rsatishga intiladi. Ammo keyinchalik ularning o'yinlari ko'ngildagidek chiqmay qolishi uchun qanday omillar salbiy tasir o'tkazishi mumkinligi xususida aniq bir gap ayta olmayman. SHu sabab bu savolingizga to'laqonli javob bera olmasam kerak, deb qo'rqaman.

- Ayni paytga kelib legionerlarga ham o'zlariga mos jamoa topish qiyinlashib bormoqda. Siz ham bu fikrga qo'shilasizmi?

– Albatta, bu jarayonning o'ziga xos qiyinchiliklari bo'ladi. CHunki futbolchi o'zi uchun mutlaqo notanish bo'lgan yurtga ko'chib o'tgan mahalda uning madaniyati, tili, urf-odati va o'ziga xos xususiyatlaridan butunlay bexabar bo'ladi. Qolaversa, iqlim, mahalliy taomlarga ko'nikma hosil qilish uchun malum vaqt kerak bo'ladi. SHuning uchun omadini chetda sinab ko'rishga qaror qilgan har qanday legionerga oson bo'lmaydi. Albatta, jamoadagi muhit, uning mavqei ham bunday pallada o'ziga xos ahamiyatga ega bo'ladi. Agar legioner haqiqiy professional klub safiga kelib qo'shiladigan bo'lsa, moslashish jarayoni u qadar qiyin kechmaydi.

- Kuni-kecha Osiyo Kubogi bahslariga start berildi. O'zbekiston terma jamoasining o'yinini kuzatib borasizmi?

– Albatta, kuzatib boraman. Axir shu erda yashayapman. Boz ustiga terma jamoangizda “Nasaf”dagi bir qancha sheriklarim to'p surishadi. Osiyo Kubogi bahslarini katta qiziqish bilan kuzataman.

- Ukrainada o'zbekistonlik legionerlarga qarshi o'ynashingizga to'g'ri kelganmi?


– Ha. Simferopolning “Tavriya” klubida o'ynayotgan paytimda Maksim SHackix “Arsenal”da edi va maydonda unga qarshi to'p surgandim. U Ukrainada juda taniqli o'yinchidir. Maks “Dinamo”, “Arsenal” sharafini himoya qilgan, endi esa “Goverla”da o'ynamoqda. Uning mahalliy ishqibozlar orasidagi hurmati ancha baland.

- “Nasaf” bilan bir yillik shartnomaga imzo chekkansiz, to'g'rimi? Agar hammasi ko'ngildagidek kechsa, o'rtadagi kelishuv uzaytiriladimi?


– Avvalo birinchi navbatda amaldagi shartnoma davomida o'zimdan yaxshiroq taassurot qoldirishimga to'g'ri keladi. Qolaversa, o'rtadagi kelishuvni uzaytirish faqat o'zimga bog'liq bo'lmaydi. Hammasini rahbariyat hal qiladi. Agar o'zimning yaxshi tomonlarimni ko'rsata oladigan bo'lsam, kelishuv uzaytirilishiga shubha qilmasam ham bo'laveradi. “Nasaf”da jon deb qolgan bo'lardim.

- Suhbatimiz oxirida o'zingiz haqingizda biroz to'xtalib o'tsangiz?

– Men “CHernomorec” futbol klubi maktabining tarbiyalanuvchisi hisoblanaman. Odessada tug'ilganman, mahalliy “CHernomorec” futbol maktabini tamomlaganman. Keyinchalik jamoaning yoshlar, o'rinbosarlar va asosiy tarkibida to'p surdim. 17 yoshimda bosh jamoada debyutimni o'tkazganman. SHuningdek, Ukraina o'smirlar terma jamoasida o'ynaganman. Mening birinchi murabbiyim Semyon Altman hisoblanadi. Keyinchalik o'z omadimni boshqa klublarda sinab ko'rdim. O'zbekistonga kelgunimga qadar birinchi va oliy ligalarda o'ynashimga to'g'ri keldi.

FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика