Oleg Zoteev: "Shunchaki omad etishmayapti"
26 noy 2025 23:29
Yangiliklar
Oleg Zoteev: "Shunchaki omad etishmayapti"
O'yin haqida: "O'yin bizning scenariy ostida o'tdi. Bahsni to'liq nazorat qildik. Bitta qarshi hujumdan gol o'tkazib yubordik. Golimizni ofsayd deb hisoblashmadi. G'alaba uchun maydonga tushgandik, ammo omad etishmadi. Lekin haliyam imkoniyat bor".
- Og'ir jarohatdan qaytdingiz, hozir o'zingizni qanday his qilyapsiz?
- Tiklanish yaxshi bo'ldi, 4 oyda safga qaytdim. Hech narsa bezovta qilayotgani yo'q.
- Jamoaning eng tajribali futbolchilaridansiz. "Andijon"ning natijalari yaxshi emas, murabbiy o'zgardi. Futbolchilarda bosim bormi?
- Bosim har doim bo'ladi. Shunchaki omad etishmayapti. Oddiy vaziyatda xato qilib, gol o'tkazyapmiz. Buning ustiga asosiy darvozabonimiz jarohatda. U bo'lganida, balki hisob boshqacha bo'lardi.
- Superliga yakunlanishi bilan "Andijon" deyarli bir oy dam olishiga to'g'ri keladi, jamoaning rejalari qanday?
- Hozircha bu haqida menda malumot yo'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar