So’nggi yangiliklar

09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  1 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  10 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  1 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  2 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17

Oleg Zoteev qaysi klubga ketayotgani malum bo'ldi Yangiliklar

Oleg Zoteev qaysi klubga ketayotgani malum bo'ldi

O'zbekiston terma jamoasi va "Lokomotiv" klubi himoyachisi Oleg Zoteev legionerga aylanayotgani haqida xabar bergan edik.

Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Zoteev Janubiy Koreyaning "CHonnam Dragons" klubiga ko'chib o'tmoqda. Ushbu klub K2 ligada ishtirok etadi. Kecha himoyachi charter reysda Koreyaga uchib ketdi. Iyun oyi so'nggida Koreyada yozgi transfer oynasi ochiladi va mana shu muddatga qadar Zoteev 14 kunlik karantinda bo'ladi.

Malumot uchun, "CHonnam Dragons" 1994 yil tashkil etilgan. Klub o'z tarixida uch bor Janubiy Koreya futbol Associaciyasi kubogi sohibiga aylangan. O'z uy o'yinlarini 13496 tomoshabinga mo'ljallangan "Gwangyang Football Stadium" o'yingohida o'tkazib keladi. Ayni paytda jamoada mahalliy mutaxassis Jon Kyung Jun bosh murabbiy hisoblanadi. 2019 yilgi mavsumda "CHonnam" K2 Ligada 6-o'rinni egallagan edi. Bu mavsum klub 5ta o'yinda 7 ochko to'plab musobaqa jadvalining 5-pog'onasida bormoqda. Hozirgi kunda "CHonnam" safida ikki nafar legioner bor: braziliyalik Rodolfo va norvegiyalik Yulian Kristoffersen.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda Janubiy Koreya K ligasida Ikrom Aliboev, Rustam Ashurmatov, Jamshid Iskandarov va Dostonbek Tursunov kabi legionerlarimiz faoliyat olib borishmoqda. K2 ligada esa o'zbekistonlik Xurshid G'iyosov o'ynamoqda.

Oleg Zoteev 1989 yil 5 iyul kuni tug'ilgan. 2010-2012 yillarda "Olmaliq" (hozirgi AGMK) klubida faoliyat olib borgan. 2013-2014 yillarda Toshkentning "Bunyodkor" klubida o'ynagan. 2015 yil boshidan buyon "Lokomotiv" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U O'zbekiston terma jamoasida hozirga qadar 24ta uchrashuvda maydonga tushib 1ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика