So’nggi yangiliklar

19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  0 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  0 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  6 18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  1 18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  2 17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  7 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  1 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  1 16:26​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи?  6 15:52Расман: "Андижон"ни икки мураббий тарк этди  3 15:29Аморим МЮ ходимларининг Европа Лигаси финалига сафари учун пул тўлади  7 15:01Сеск Фабрегас "Комо"да қолади: Клуб "Байер" ва бошқа даъвогарлар таклифини рад этди  1 14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 13:51Рафинья: "Олтин тўп" мақсад эмас, асосийси – жамоавий ғалабалар"  14 13:23U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  4

Oleg Zoteev: "Andijon" o'tgan yili ajoyib tarix yozdi" Yangiliklar

Oleg Zoteev: "Andijon" o'tgan yili ajoyib tarix yozdi"

Malumki, yaqinda "Andijon" klubi tajribali futbolchi Oleg Zoteevning transferini elon qildi.

Oleg Zoteev: "Jamoani yuqori cho'qqilarga chiqishi uchun men yuragimdan o'ynayman va borimni beraman"

Endilikda uning butun diqqat-etibori "burgutlar"ga qaratilgan. 

Zoteev "Andijon"ga ko'chib o'tgach, klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Oleg, "Andijon" klubiga xush kelibsiz! "Burgutlar" azosiga aylanishingiz sababi nima bilan bog'liq?

- Rahmat. "Andijon"ga o'tishimning sabablari ko'p. Lekin bitta asosiy sababini aytaman: otam o'z vaqtida "Andijon"da o'ynagan. SHunday gap bor-ku: o'g'il otasini izidan borishi kerak. Men ham "Andijon" tarixida qolib, otamdan yaxshiroq o'ynashga harakat qilaman.

- Har qanday holatda ham "Andijon" sizga begona emas. O'zingizni uyga qaytgandek his qilyapsizmi? 

- Albatta, uyga qaytganimni his qilaman. Har doim Andijonga borganimda yoshiligimni yaxshi eslayman. Bu erda do'stlarim ko'p, ular bilan gaplashib turaman. Andijon menga juda yaqin. 

- SHuningdek, ko'pchilik sizni andijonlik deb o'ylaydi. Ushbu vaziyatga ham oydinlik kiritib o'tsangiz...

- To'g'ri, Andijonda tug'ilmagan bo'lsam ham 5 oyligimda ota-onam bilan Andijonga kelganmiz va bolaligim shu erda o'tgan. Maktabda va universitetda o'qiganman. 

- "Andijon" klubi O'zbekiston Kubogini yutdi. O'sha o'yinni ko'rgandirsiz, nima degan bo'lardingiz?

- "Andijon" Kubokni yutganida xursand bo'lganman. Finalni televizorda tomosha qilganman. To'g'risini aytsam, "Andijon" muxlislari mana shunday Kubok va chempionlikka mos. Jamoa ishqibozlari O'zbekistonda birinchi o'rinda turadi. O'ylaymanki, "Andijon" o'tgan yili ajoyib tarix yozdi. Kubokni yutishida muxlislarning hissasi juda katta bo'ldi.

- "Andijon" bu mavsumda OCHLda ishtirok etadi va sizda ham yana OCHLda to'p tepish imkoniyati bor. Buni o'ylaganingizda nimalarni his qilyapsiz?

- Ha, to'g'ri. Bu "Andijon" uchun katta sinov va katta turnir. Andijonda futbol bayrami bo'ladi. Koreyadan ketayotganimda tayyor shartnomaga qo'l qo'ymaganman, oilaviy sabab tufayli. Men O'zbekistonga qaytganman. O'shanda biz Kubokni yutganimiz uchun Osiyo CHempionlar Ligasida o'ynashimiz kerak edi, lekin men ketganman. Mana, uch yil o'tib Xudo menga yana bir imkoniyat beryapti, Osiyo CHempionlar Ligasida ishtirok etishim uchun. Bundan juda xursandman. O'ylaymanki, "Andijon"ga OCHLda qatnashish biroz osonroq bo'ladi. Sababi jamoani katta arenada kamroq bilishadi. Futbolda shunaqa narsa bor: katta klublar kichkina jamoalarga nisbatan mensimasdan o'yinga chiqadi. SHu tomonlama "Andijon"ga qulayroq kechadi. O'ylaymanki, jamoa guruhdan chiqa olsa, katta yutuq bo'ladi. Bu muxlislar uchun ham, Andijon futboli uchun ham ajoyib voqeaga aylanadi. Bor kuchimizni ishga solib, guruhdan chiqa olishimizni his qilyapman.

- Umuman, bu yil "Andijon" bilan nimaga erishishni ko'zlayapsiz?

- Bunday holatda men o'z rejalarimni Allohga aytishni xohlayman. SHuning uchun hozirda bu haqda gapira olmayman. Lekin men o'zimdagi hamma narsani beraman: tajriba, ishtiyoq. Jamoa yuqori cho'qqilarga chiqishi uchun yuragimdan o'ynayman va borimni beraman. Osiyo CHempionlar Ligasida ham muvaffaqiyatli qatnasha olishimizga umid qilaman. "Bobur Arena"da birorta ham joy qolmasligini istayman va shundagina xotirjam bo'laman. 

- Muxlislarni yaxshi bilasiz va sizdan ularning umidi katta. Ular uchun nima deya olasiz va "Bobur Arena"dagi muhitni sog'indingizmi?

- "Andijon" muxlislari O'zbekistonda tengsiz! Bolaligimda otam bilan "Navro'z" stadioniga borardim. O'shanda yaxshi eslayman: Tohir Mo'minov, Sergey Dub, Otabek Pirmatov, Orif Mamatkazin, Rustam Abdiev, Qobil Olimjonov, Qahramon Abduqodirov kabi ajoyib futbolchilar o'ynashardi. Juda zo'r atmosfera hukm surardi. Har doim stadionda bo'sh joy qolmasdi. Muxlislar devorlar ustida futbol ko'rishardi. O'ylaymanki, bu yil ham harakat qilamizki, "Bobur Arena"da joy qolmasligiga va buni o'zim ham juda xohlayman. Buning uchun g'alabalar va chiroyli o'yinlar bo'lsa shu ishni eplay olamiz, deb o'ylayman. Masalan, o'tgan yili "So'g'diyona" bilan Andijonga borganimizda qoyilmaqom atmosfera bo'ldi.

Umid qilamanki, yangi mavsumda bundan ham zo'r muhitni yaratishga harakat qilamiz. Xudo xohlasa, jonimni berib o'ynayman. Ko'proq muxlislar kirsa, o'ynash osonroq deb hisoblayman. Nimagaki, ishqibozlar qo'shimcha kuch beradilar. 2012 yili O'zbekiston milliy terma jamoasi Eronda 1:0 hisobida yutgan. Men ham o'shanda o'ynaganman. Stadionga, adashmasam, 100 mingga yaqin muxlis kirgan. Stadion to'la muxlislar bilan to'p tepish juda yoqimli. "Andijon"dagi uchrashuvlarda ham atmosfera super darajada bo'ladi va yangi mavsumda ham bundan zo'rini ko'ramiz. 

- Andijon maydonida o'tkazgan qaysi o'yin yodingizda saqlanib qolgan?

- Har doim ikkita o'yin xayolimda turadi. "Olmaliq" bilan Andijonda yutganmiz. Keyin "Bunyodkor" safida 2014 yili 2:0 hisobida g'alaba qozongandik. Ikkala uchrashuvni yaxshi o'tkazganman. Ushbu o'yinlar yodimda saqlanib qolgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика