Oleg Zoteev 100lik marrani zabt etdi
30 mar 2019 11:24
Yangiliklar
Oleg Zoteev 100lik marrani zabt etdi
2015 yildan beri "Lokomotiv" tarkibida to'p tepib kelayotgan Oleg Zoteev o'ziga xos rekord qayd etdi.
Gap shundaki, chap qanot himoyachisining "Loko" safida O'zbekiston milliy chempionatidagi o'yinlari soni 100taga etdi. Malumot uchun, Zoteev 2015 yil "Lokomotiv"da 20ta, 2016 yil 26ta, 2017 yil 25ta va 2018 yil 28ta uchrashuvda maydonga tushgan.
U shuningdek, oliy ligada "temiryo'lchilar" libosida 7ta gol urgan. Bu mavsum hisobidan esa Zoteev Superliga 1-turida "Paxtakor"ga qarshi to'p tepganini ham hisobga olsak, uning oliy liga (Superliga)dagi o'yinlari 100taga etdi. "Lokomotiv"ga kelguniga qadar "Olmaliq" va "Bunyodkor" safida harakat qilgan futbolchi har ikki klub safida jami 90ta o'yin o'tkazgandi. Endilikda uning chempionatdagi barcha o'yinlari soni 190tani tashkil qilmoqda.
Fikrlar